Referat mavzu: zamonaviy axborot kommunukatsiya texnologiylari I. Kirish >II. Asosiy qism reja
Download 50.86 Kb.
|
1-topshiriq
4.
Boshqarish — bu o‘ta muhim funksiya, usiz hech bir tashkilot maqsadga yo'naltirilgan faoliyat yurita olmaydi. Boshqarishning maqsadi raqobat kurashida omon qolish, ko‘proq foyda olish, muayyan bozorlarga chiqish va hokazolardir. Boshqarish aniq bir tashkilotlaming o'ziga xosligi va boshqarish maqsadlariga bogiiq holda ularni barqarorlashtirishni, sifat belgilarini saqlashni, muhit bilan iqtisodiy muvozanatni tutib turishni, tashkilotni takomiUashtirishni va u yoki bu foydali samaraga erishishni ta’minlashga imkon beradi. Boshqaruvchi qism boshqariluvchi jarayonga muayyan ta’sir ko'rsatadi. Boshqaruvchi qism boshqaruvni amalga oshirishi uchun undan boshqariladigan jarayonni boshqarish maqsadida aniq holatini qiyoslash talab etiladi, chunki shu bois boshqariladigan jarayon boshqaruvchi qismga ta’sir ko'rsatadi. Ikkala qismning bir-biriga o‘zaro ta’siri axborotni uzatish shaklida amalga oshiriladi. Shu tariqa boshqaruv tizimida doimo yopiq axborot konturi mavjud bo‘ladi. Boshqarish tizimining isblashi. Boshqarish tizimining ishlashi axborot bazasida, oldiga qo‘yilgan maqsadga muvofiq holda boshqariladigan obyekt, uning kirish va chiqishlari holati bo‘yicha amalga oshiriladi. Obyektni boshqarish boshqaruvchi ta’sirni uzatish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Tashqi muhit bilan aloqa tizimi strelka bilan ko‘rsatilgan. Boshqarishning asosiy tamoyili — teskari aloqa tamoyilidir (yopiq sikl bo'yicha boshqarish). Boshqarish jarayoni muayyan maqsadga erishishga yo'naltirilgan. Shundan kelib chiqib, boshqarish jarayonini boshqariladigan obyektdagi jarayonga muvofiq keluvchi maqsad va hajm o'rtasidagi farqni kamaytirishga intilish sifatida ko‘rib chiqish mumkin. Axborot texnologiyalari yordamida korxonalarni boshqarish - tizimli dasturiy ta'minot va komp'yuter va telekommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirish asosida boshqarish vazifalarini hal etish uchun ma'lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, saqlash, uzatish va axborotni muhofaza qilish, bilim usullari va vositalari majmuini tashkil etishdan iboratdir. Boshqaruvda axborot texnologiyalari avtomatlashtirilgan tarzda tez-tez ishlatiladi, ya'ni texnik va dasturiy vositalardan foydalangan holda boshqarish texnologiyalarini amalga oshirishni ko‘zda tutadi. Korxona boshqaruvi uchun zamonaviy axborot texnologiyalarining asosiy vazifalari kerakli ma'lumotlarni qidirish, to‘plash, qayta ishlash, saqlash, yangi ma'lumotlarni ishlab chiqish va optimallashtirishning turli xil muammolarini hal etishdan iboratdir. Vazifa nafaqat vaqtni sarflaydigan, muntazam takrorlanadigan, ma'lumotlarni qayta ishlash operatsiyalarini tanlash va avtomatlashtirish, balki samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur bo‘lgan yangi ma'lumotlarni olish uchun ularni qayta ishlash orqali ham amalga oshiriladi. So‘nggi o‘n yil ichida axborot-kommunikasiya texnologiyalari yordamida korxonalarni boshqarish, boshqaruvda sezilarli darajada imkoniyatlarni yaratmoqda, chunki ular barcha darajadagi menejerlarga va korxonalarning rahbarlariga eng yaxshi va muqobil boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy va ijtimoiy axborotni qayta ishlash va tahlil qilishning so‘nggi usullari bilan ta'minlanib kelinmoqda. Bugungi kunda axborot texnologiyalarini boshqaruvga tatbiq etish xarajatlari nafaqat to‘lash, balki daromad olish imkonini ham bermoqda. Axborot texnologiyalari yordamida korxonani boshqarish uchun ob'ektni batafsil tahlil qilish, boshqaruv vazifalari va tuzilmasini o‘rganish, shuningdek, axborot oqimlarini boshqarishni taqozo etadi. So‘rov materiallarini tahlil qilish asosida axborotni boshqarish modeli ishlab chiqilib, u axborotni qayta ishlash vazifalari va yangi axborot oqimlari o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rnatadi. Quyidagi 1-rasmda axborot-kommunikasiya texnologiyalarining asosiy funksiyalarini ko‘rish mumkin. Korxonalarga axborot-kommunikasiya texnologiyalarini jalb qilishning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: Download 50.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling