Referat mavzu: zamonaviy axborot kommunukatsiya texnologiylari I. Kirish >II. Asosiy qism reja


Operasion nazorat qilish tamoyili


Download 50.86 Kb.
bet8/13
Sana13.01.2023
Hajmi50.86 Kb.
#1090771
TuriReferat
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
1-topshiriq

1.Operasion nazorat qilish tamoyili (real vaqtda boshqaruvga asoslanadi).
2.Boshlang‘ich boshqaruv tamoyili (nazorat qilish ob'ektining holati to‘g‘risidagi ma'lumotlarni to‘plash va tahlil qilish, uning holatini modellashtirish va prognozlashtirish, nazorat qilish tadbirlarini rejalashtirish, ularni amalga oshirish bo‘yicha qarorlarni qabul qilish uchun bevosita qo‘llab-quvvatlash, ijrochilarga ularning yechimlarini taqdim etish va vaqtida bajarilishini nazorat qilishdan iboratdir).
3. Korxonalarda tashqi va ichki muhit ta'siri o‘zgarishini hisobga olib nazorat qilish tamoyili.
4. Vertikal va gorizontal aloqa liniyalari va korxona oqimlarining o‘zaro bog‘liqligini amalga oshirish imkonini beradigan tarmoqni boshqarish tamoyili.
Ta'kidlash kerakki hozirgi vaqtda korxona boshqaruvida quyidagi axborotni boshqarish tizimlari ishlatiladi:
1. ERP (Enterprise resource planning). ERP tizimi bu – ERP strategiyasini, ya'ni ishlab chiqarish va turli operatsiyalarni integratsiyalash, mehnat resurslarini boshqarish, moliyaviy menejment va aktivlar boshqaruvining tashkiliy strategiyasini amalga oshiruvchi maxsus dasturiy paket.
2. CRM (Customer Relationship Management) tizimlari. Axborot-kommunikasiya texnologiyalari nuqtai nazaridan qaraganda CRM – bu xodimni mijozlar bilan munosabatlarini boshqarish vositasi bo‘lib, tashkilotlarga ularning o‘zaro aloqasini qayd qilish, daromad olish imkoniyatlarini mumkin qadar kengaytirish va tashkiliy, me'yoriy qoidalarga rioya qilish samaradorligini oshirish imkonini beradi. Berilgan axborot-kommunikasiya texnologiyalari mijozlar bilan ularning xususiy ehtiyojlarini izohlash orqali uzoq muddatli va daromadli o‘zaro munosabatlarni yaratishga yo‘naltirilgan. CRM-tizimi mijoz haqidagi ma'lumotlarni aniqlashtirishni amalga oshiruvchi komp'yuter dasturi bo‘lib, ushbu tizim yordamida yangi mijozlarni jalb qilish va avvalgi mijozlarni yo‘qotmaslik, xarajatlarni pasaytirish, mehnat unumdorligini oshirish va natijada savdo hajmi va daromadni ko‘paytirish, tashkilot raqobatbardoshliligini oshirish kabi maqsadlarda qo‘llaniladi. 
CRM-tizimi mijoz va sheriklar bilan hamkorlikning aniq va ravshan jarayonini tashkil etish, samarali marketing va savdo tashkil etish, mijozlar sodiqligini shakllantirish, tashkilot barcha xodimlari ishini kelishilgan tarzda nazorat qilish vazifalarini bajaradi. Belgilangan vazifalarni bajarish jarayonida zamonaviy CRM-tizimi quyidagi komponentlarga ega bo‘lishi zarur: 
- aloqa va mijozlar bazasini boshqarish
- savdoni boshqarish; 
- telefon orqali savdo (telemarketing); 
- vaqtni boshqarish (taym-menejment); 
- mijozlarga xizmat ko‘rsatish (sotuvdan keyingi xizmat); 
- marketingni boshqarish (so‘rovnoma, anketa to‘ldirish);
- yuqori rahbariyat uchun hisobot
- boshqa axborot tizimlari bilan o‘zaro bog‘lanish;
- ma'lumotlarni bir-biriga moslashtirish;
- elektron savdoni boshqarish (tashkilot veb-sayti bilan bog‘lanish, mijozlar va sheriklar uchun portal); 
- mobil savdoni boshqarish (komp'yuter, noutbuk yoki uzoqdan foydalana olish). 
3. BI (Business Intelligence) korxonaning analitik faoliyati uchun axborotni qo‘llab-quvvatlash tizimidir. Ushbu tizim analitik ma'lumotlar to‘plami va axborotni qayta ishlash vositalaridan iborat. Bundan tashqari OLPS tizimlari (On Line Processing Systems) ham korxonada axborot-kommunikasiya texnologiyalarining rivojlanishida muhim tizim hisoblanib, ular ERP va boshqa tizimlardan ma'lumotlarni to‘plash uchun va to‘plangan ma'lumotlarning keyingi tahlili uchun foydalaniladigan ma'lumotlar omboridir. 
Boshqaruv jarayonlarida shaxsiy kompyutеrlardan foydalanishning nazariy asoslari va ularni milliy iqtisodiyotning turli tarmoq va sohalariga tadbiq qIlish usullarini o‘rganadi.
Axborot va axborot texnologiyalari boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun yuqori qiymatga ega bo‘lgan maxsus mahsulot sifatida ishlaydi. Jarayonlar bo‘yicha nazorat harakatlari tashkilotning boshqaruv xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Biznеs jarayonlarining turlari va soni har bir kompaniya uchun individualdir. Kеyinchalik barcha tabaqalashtirilgan biznеs-jarayonlar bir nеchta asosiy yo‘nalishlarga birlashtirilishi mumkin, ularning har biri uchun avtomatlashtirishni umuman va alohida jarayonning bir qismi sifatida amalga oshirish mumkin:

Download 50.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling