Referat mavzulari ro’yxati


Gilam nusxa-mozaika quyma plitkalarning


Download 3.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/151
Sana06.11.2023
Hajmi3.6 Mb.
#1751897
TuriReferat
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   151
Bog'liq
PARDOZ UMK (2) (2)

Gilam nusxa-mozaika quyma plitkalarning 20 turdagi o‘lchamlari ishlab 
chiqariladi: chekkalari 25, 35, 50, 75, 100 va 125 mm bo‘lgan kvadrat va 25x100 mm 
to‘g‘ri burchakli plitkalar va hokazo. qalinligi 2,5 mm va old yuzasi turli rangli 
bo‘ladi. 
Plitkalardan tayyorlangan qurama gilamlar panellar yuzalarini qoplash va 
ko‘rinish joylarni pardozlash uchun qo‘llaniladi. 
Polbop sopol plitkalar gil massasidan kam gil qo‘shimchalar va bo‘yovchi 
aralashmalar yoki ularsiz zichlash va keyinchalik qovushgunga qadar pishirish yo‘li 
bilan tayyorlanadi. 
Sopol plitkalardan qilingan pollar suv o‘tkazmaydi, ediruvchi kuchlarga chidamli 
oson yuviladi, kislota va ishqorga ham chidamli bo‘ladi. Sopol plitkalardan qilingan 
pollarning kamchiligi: issiqlikni o‘ziga juda ko‘p oladi, zarblarga qarshiligi past va 
juda sermehnatdir. Sopol plitkalar jamoat binolarining kirish zallarida, ayrim 
korxonalarning ishlab chiqarish xonalarida va boshqa joylarda ishlatiladi.
So‘nggi yillarda sopol plitkalarning yangi turi – rasm seriografik usulda qoplangan 
yirik o‘lchamli plitkalar (200x200x11 mm)jamoat binolarida pol materiali sifatida 
keng qo‘llanilmoqda. 
Gilam nusxa- koshinkor quyma 
plitkalar 
Pollar uchun mo‘ljallangan yirik 
o‘lchamli sopol plitkalar 


156 
Yoqlari 23 va 48 mm bo‘lgan kvadrat va to‘g‘ri burchakli mozaik plitkalarning 
qalinligi 6 va 8 mm bo‘ladi. Plitkalarning rangi oq, sariq, qizil, kul rang va boshqa 
ko‘rinishda bo‘lishi mumkin, suv shimib olishi 4%gacha. Zavodda mozaik plitkalar 
suvda eriydigan yelimlar bilan kraft qog‘ozning kvadrat taxtalariga ma’lum rasmga 
ko‘ra taqsimlab yopishtiriladi.
Mozaikali plitkalardan gilam nusxalar yasalishi pollar tayyorlashda sarflanadigan 
mehnatni ancha kamaytirishga imkon beradi, choklarning ko‘p bo‘lishi esa bunday 
pollarning sopol plitkalaridan yotqizilgan pollarga nisbatan sirpanchiqligini 
kamaytirish imkonini beradi. 

Download 3.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling