Referat mavzulari ro’yxati


Download 3.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/151
Sana06.11.2023
Hajmi3.6 Mb.
#1751897
TuriReferat
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   151
Bog'liq
PARDOZ UMK (2) (2)

 Xom ashyo materiallari. Yog’och qirindili plitalarni tayyorlash uchun ikkita 
asosiy xom ashyo turi zarur: Yog’och va bog‘lovchi modda sifatida sintetik smola 
ishlatiladi. Plitalarning xususiyatini yaxshilash uchun, asosiy aralashmaga ozgina 
miqdorda qo‘shiluvchi gidrofobizatorlar, antiseptik va antipirenlar kerak. 
Yog’och qirindisini qayin, dub, buk, qarag‘ay (sosna), archa (el) va boshqa 
bargli va ignabargli daraxt yog’ochlaridan tayyordash mumkin. 
Qattiq va og‘ir daraxtlardan, yYengilroq va yumshoq daraxtlarga qaraganda, 
kam mustahkamligi va zichligi kam bo‘lgan plitalar olinadi.
 


164 
Qirindiga aylantirish uchun turli ko‘rinishdagi noishchi yog’och, qisqa va uzun 
yog’ochlar, va yog’ochni qayta ishlash chiqindilari – gorbil, qirqindi, reykalarni 
ishlatilish mumkin. 
Nazorat uchun savollar: 
1.Yog’och tolali plitalar ishlab chiqarish texnologiyasini aytib bering. 
2. Yog’och tolali plitalarni ishlab chiqarish texnologiyasini tushuntiring? 
3. Yog’och qirindili plitalar ishlab chiqarish uchun xom-ashyolar 
nimalardan iborat? 
4 . Yog’och tolali plitalar ishlab chiqarish uchun xom-ashyolar 
nimalardan iborat? 
 
5-AMALIY MASHG‘ULOT 
Mavzu: Yog‘och qirindili plitalarni ishlab chiqarish.. 
Nazariy qism 
Asosiy bog‘liqliklar va hisoblash formulalari 
 
Tayanch iboralar: yog’och,mikrostruktura,selluloza,ignabargli 
daraxtlar,nuqsonlar,yog’och sortamenti,yonuvchanlik,chirish,yog’och buyumlari. 
Yog’och tolali plitalar deganda, yog’ochni ketma-ket tolasimon massaga 
maydalash, qoliplash berish va issiqlik bilan qayta ishlash yo‘li bilan olinuvchi yirik 
o‘lchamli plita yoki listlar tuShuniladi. 
Yog’och tolali plitalar turli xususiyatlar bilan ishlab chiqariladi, bu xususiyatlar 
ularni faqat issiqlik izolyasiya materiallar sifatidagina emas, balki konstruktiv, bezak 
va akustik maqsadlarda ishlatishga imkon beradi. 
Mustahkamlik, hajmiy og‘irlik, g’ovak va boshqa xossalarga ko‘ra, yog’och 
tolali plitalar ikki guruhga bo‘linadi: 
a) izolyasion, yuqori g‘ovak, vakuum-qoliplash va quritish yo‘li bilan Yog’och 
tolali massadan olinadi; 
b) qattiq, yuqori zichlikka ega, yog’och tolali massadan vakuum-qoliplash va 
issiq presslash yo‘li bilan olinadi. 
Izolyasion plitalar izolyasion va izolyasion-bezaklilarga, qattiq plitalar esa 
yarim qattiq va juda qattiqlarga bo‘linadi. 
Hajmiy og‘irlik. Plitalarni alohida turlarga kiritish uchun asosiy ko‘rsatkich 
sifatida hajmiy og‘irlik xizmat qiladi. Izolyasion guruhga kiruvchi plitalarda barcha 
issiqlik izolyasion materiallarda qabul qilingani kabi, hajmiy og‘irlikning yuqori 
chegarasi; qattiq(presslangan) plitalar guruhida – hajmiy og‘irlikning quyi 
chegarasining mumkin bo‘lgan qiymatlari o‘rnatiladi.
Alohida tur plitalar uchun tashqi belgi – bu zichlik darajasiga bog‘liq bo‘lgan 
qalinlikdir; zichlik qanchalik kam bo‘lsa, plitalar shunchalik qalin bo‘ladi. Izolyasion 
plitalar 8 dan 25 mm gacha, qattiq plitalar esa 3 dan 8 mm gacha qalinlikka ega. 
Plitalar uzunligi va bo‘yi ham zichlik darajasiga bog‘liq: eng zich plitalar katta 
mustahkamlik va katta o‘lchamga ega. Qattiq plitalar uzunligi 3600 mm gacha va eni 
1800 va 1600 mm bo‘lishi mumkin. Bu o‘lchamlar chegaraviy emas va kattalashishi 
ham mumkin.
Yog’och tolali plitalarning katta o‘lchamlari ularning qurilish mahsulotlari 
sifatidagi afzalliklaridan biridir. Shunga ko‘ra, yog’och tolali plitalarni devorlar uchun 
ishlatish katta mehnat sarfi talab qilmaydi va qurilish montaj ishlarini industrlashga 


165 
yordam beradi: xonadagi devorni o‘rnatish uchun odatda xona balandligiga teng 2-3 
uzunlikdagi plitalarni qo‘yish talab qilinadi. 
Yog’och tolali plitalarning fizik-mexanik xususiyatlar harakteristikasi quyidagi 
jadvalda keltirilgan.
Yog’och-tolali plitalar xususiyatlar ko‘rsatkichlari 
1-jadval 
Xususiyatlar 
Plita turlari 
izolyasion 
izolyasion 
bezakli 
yarim 
qattiq 
qattiq 
juda qattiq 
Hajmiy og‘irlik 
kg/m
3
250 dan ortiq 
emas 
350 dan ortiq 
emas 
400 dan 
kam emas 
850 dan 
kam emas 
950 dan 
kam emas 
Bukishdagi 
mustahkamlik 
chegarasi kg/sm
2

kam emas 
12 
20 
150 
400 
500 
Issiqlik 
o‘tkazuvchanlik
0.06 
0.08 
K u z a t i l m a g a n 
koeffitsienti 
kkal/m•soat•grad 
Hajmiy og‘irligi 150 kg/m
3
gacha bo‘lgan izolyasion plitalarda bukishdagi 
mustahkamlik chegarasi 4 kg/sm
2
dan kam emas va issiqlik o‘tkazuvchanlik 
koeffitsienti 0,047 kkal/m•soat•grad dan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Plitalarni ishlatish 
chegaraviy harorati 100
0
C ga teng. 
Yog’och tolali plitalarni issiqlik o‘tkazuvchanligi, boshqa materiallar singari, 
ularning g‘ovakligiga bog‘liq: g’ovak oshishi bilan issiqlik o‘tkazuvchanlik kamayadi. 
Hajmiy og‘irligi 250 kg/m
3
bo‘lgan issiqlik izolyasion plitalar g‘ovakgi taxminan 80% 
ga yaqin. Qattiq plitalar g‘ovakgi izolyasion plitalarga ko‘ra, taxminan 2 marta kichik. 
Mayda va shu bilan birga bir tekis taqsimlangan g’ovak bunday plitalardagi past 
issiqlik o‘tkazuvchanlikning asosiy sababchisidir. Yog’och tolali izolyasion plitalar 
issiqlik o‘tkazuvchanligi ularning namligiga bog‘liq. 

Download 3.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling