Referat mavzulari ro’yxati
-2-rasm. Ko’p rangli qilib
Download 3.6 Mb. Pdf ko'rish
|
PARDOZ UMK (2) (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ichki devorlarga qoplanadigan materiallar
3-2-rasm. Ko’p rangli qilib sirlangan sopol plitkalar xonalari, o‘tish joylari va boshqa xonalarning ichki devorlariga terish uchun ishlatiladi. Fasadbop sopol plitkalar yarim quruq zichlash usulida tayyorlanadi. Fasad plitkalarning asosiy o‘lchami 250x140x10, poypeshbop plitkalarniki 150x75x7, “kabanchik” turlariniki 125x60x7 mm. Bundan tashqari “romb”, “gulbarg”, “diagonal”, “piramidali”, “to‘lqin”, “shar” turlardagi fasadbop me’moriy - badiiy plitkalar chiqariladi. Fasadbop plitkalarning yuza qismi silliq, sirlanmagan va sirlangan, turli ranglarga bo‘yalgan bo‘lishi mumkin. Sement qorishmasi bilan yaxshilab yopishishi uchun ularning orqa tomonida chuqurchalar o‘yilgan. Fasadbop plitkalarning suv shimib olishi 2-8%, sovuqqa chidamliligi kamida 8 bosqichga teng. Fasadbop plitkalardan devorlarning tashqi va ichki yuzasini qoplash uchun, alohida me’morchilik elementlarini pardozlash uchun, shuningdek turar joy va jamoat binolari kirish zallari va zina xonalarida foydalaniladi. Gilamnusxa sopolak har xil rangli, sirlangan va sirlanmagan kichik o‘lchamli plitkalardan iborat. Bitta yoki bir necha rangli plitkalar “gilam” ko‘rinishida teriladi, bunda o‘ng yuzasi bilan kraft kog‘ozga yopishtiriladi. Qorishma bilan yaxshi yopishishi uchun plitkalarning orqa tomoni taram-taram qilinadi. Gilamnusxa koshinkor plitkalarning o‘lchamlari 48x48 va 22x22 mm, qalinligi 4 mm bo‘lib, ulardan tayyorlangan gilamlar o‘lchami esa 724x464 va 672x424 mm ga teng bo‘ladi. Plitkalarning suv shimish darajasi 12%dan oshmasligi, sovuqqa chidamliligi esa kamida 25 bosqich bo‘lishi kerak. Hozirgi vaqtda gilamnusxa – koshinkor plitkalar tashqi devor panellarini, transport va sport inshootlari, savdo va boshqa korxona binolari devorlarini qoplash uchun keng ishlatiladi. Ichki devorlarga qoplanadigan materiallar. Turar joy, jamoat va sanoat binolarining ayrim xonalariga sanitariya-gigiena va badiiy manzara berish, shuningdek, qurilma-larni nam va alanga ta’siridan himoyalash uchun devorlarga sopol plitkalar qoplanadi . Devorlarga qoplash uchun sirlangan qoplama (fayans) shuningdek, gilamnusxa-koshinkor plitkalar ishlatiladi. Download 3.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling