Referat mavzulari ro’yxati
Download 3.6 Mb. Pdf ko'rish
|
PARDOZ UMK (2) (2)
Nazorat uchun savollar:
1. Sopol materiallar xom ashyosiga qanday qo‘shilmalar qo‘shiladi? 2. Sopol materiallar uchun ishlatiladigan xom ashyolar qanday tayyorlanadi? 3. Sopol materiallar va buyumlar qanday usullarda qoliplanadi? 4. Qoliplangan sopol buyumlar qanday quritiladi? 3-AMALIY MASHG‘ULOT Mavzu: Pardozbop g‘isht va toshlar. Nazariy qism Asosiy bog‘liqliklar va hisoblash formulalari Tayanch iboralar: giltuproq,pishirish,qurilish keramikasi,pishiq g’isht, bezak plitkalar,cheripetsa, klinkerli g’isht,issiqlikni tejash,ekologiya,mustahkamlik,korroziyaga bardoshlilik. Binolarning fasadlarini qoplash uchun asosan pardozbop g‘isht va toshlar, kichik o‘lchamli fasad plitkalari va gilam nusxa qoplama sopol materiallar ishlatiladi. Pardozbop g‘isht va toshlar to‘g‘ri shaklli, qirrali va bo‘yog‘i bir xil bo‘ladi. O‘ng tomoni silliq, bo‘rtma va fakturalangan bo‘lishi ham mumkin. Pardozbop g‘isht va toshlarning rangi to‘q qizildan to oq sariq ranggacha bo‘ladi. Bunday materiallar yuqori sifatli va oson eriydigan oqish gillardan tayyorlanadi, hozirgi vaqtda ular eng ko‘p ishlatilmoqda. Bulardan tashqari pardozlash materiallari sifatida “angobli” va “sirlangan” g‘ishtlar xam ishlatiladi. G‘isht va toshlar yaxlit va ichi kovak qilib yasaladi. Tayyorlash texnologiyasi yarim quruq yoki plastik usullarda-sopol g‘isht tayyorlash kabidir. Pardozbop g‘isht va toshlar shakli va ishlatish joyiga qarab “oddiy” va “profilli” g‘isht va toshlarga bo‘linadi. Oddiylaridan devorlarning tekis qismlarida, profillilaridan esa karnizlar, tortqilar, belbog‘lar va hokazolarda foydalaniladi. Pardozbop g‘isht va toshlar fasadlarning tashqi yuzalariga va kirish zallari, zina |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling