Referat mavzulari ro’yxati
Download 3.6 Mb. Pdf ko'rish
|
PARDOZ UMK (2) (2)
Tayanch iboralar: fasad, ichki devor, tashqi devor, pol, pardoz, bezatish, gil tuproq, kaolin, bentonit, glazur, angob, plastiklik. Sopol buyumlarga chiroyli ko’rinish berish va tashqi ta’sirlarga chidamliligini oshirish uchun ularni sirtini Yupqa (0,1-0,3mm) sir (glazur) yoki angob bilan qoplanadi. Sir parda kuydirilgandan keyin shishasimon qoplamaga aylanib, buyumning ko’rkamligini oshiradi va texnik hamda ekspluatatsion xossalarini yaxshilaydi. Sir (glazur) issiqqa chidamli, mustahkam, qattiq;, yuzasi yaltiraydi. Sirning shaffof va bug’iq, rangsiz va rangli, yaltiroq; va xira xillari bo’ladi. Sir tarkibida 52 kaolin, kvars qumi, dala shpati, bur, dalomit ishqoriy va ishqoriy-yer metall tuzlari, bor-kislota, bura, qurgoshin, rux oksidlari va x.k.lar bo’lishi mumkin. Angob oq yoki rangli gillardan tayyorlanib quritilgan buyumlarni sirtiga Yupqa qilib surtiladi. Angob pishirish paytida sirga o‘xshash erimaydi, ya’ni Shishasimon qavat hosil bo’lmaydi. Shuning uchun angob qoplangan buyumlarning Yuzasi xira bo‘ladi. O‘z xossalariga ko‘ra angob asosiy sopol buyumga yaqin bo‘lishi kerak. Fasadbop pardozbop buyumlar quyidagi turlarga bo‘linadi: 1. Ishlatish turiga ko’ra – panellar, yirik bloklar, monolit konstruksiyalarni qoplash uchun plitkalar. 2. Konstruktiv vazifasiga ko’ra: ham devor ham pardoz uchun ishlatiladigan buyumlar (gisht, toshlar ( litsevie), faqat bezak uchun ishlatiladigan. 3. Fasadlarning Yuzasiga ko’ra: glazurli (sirli), angobli, ikki qavatli, terrakotali (tabiiy holatdagi). 4. O‘lchamlariga ko‘ra: gisht, toshlar, har xil o’lchamdagi plitkalar. 5. Ishlab chiqarish usullariga ko’ra: a) qoliplash usuli bilan olinadigan. b) yarim quruq presslash usuli bilan olinadigan. v) Quyma usul bilan olinadigan. Plitkalarning yuzasi silliq yoki dag’ir-bug’ir bo’ladi, orqa tomoni dag’ir-bug’ir yaxshi yopishadigan. Plitkalarning tuzilishi birday tekis bo’lishi, yoriqlar, teshiklar va xokazo bo’lmasligi kerak. Suv shimuvchanligi 2-10% (rangli tuproq uchun 12%) gacha. Sovuqbardoshligi 25-35. Bug’ o’tkazuvchanligi kerakli darajada bo’lishi kerak. Sopol materiallari va devor panellar yuzasi yaltiroq va go’zallashtirish uchun glazurlar ishlatiladi. Glazurlar asosan 2 xil usulda tayyorlanadi: quruq glazurlar va fritlar. Glazurlarning tarkibi sopol buyum tarkibiga yaqin bo’lib, issiqliqdan kengayish koeffitsienti bir-biriga teng yoki juda yaqin bo’lishi mumkin, aks holda buyum yuzasida turli xil yoriqlar paydo bo’ladi. Glazurlar tayyorlash uchun eng asosiy xom ashyo kvars qumi, kaolin, dala shpati, qurg’oshin oksidi, bor kislotasi va boshqa moddalar ishlatiladi. Glazurlar buyumning yuzasiga surkaladi va erish temperaturasigacha pishiriladi. Glazurlarni yashil qilish uchun kobalt oksidi, ko’k rang uchun xrom oksidi uchun mis III oksidi, temir III oksidi yoki xlorli tilla oksidi ishlatiladi. Glazurlar yaltiroq bulmaganlari emal deb ataladi. Devor panellari uchun glazurlangan dekorativ to’ldiruvchilar ishlab chiqarishning yangi usullari. Bu materialning ishlab chiqarishdan maqsad atmosfera va ob-havoning har qanday o’zgarishlari ta’siriga bardoshli pardoz ishlari uchun keng ko’lamda qo‘llash mumkin. Bu materialning go’zalligi tarifi tabiatdagi barcha chiroyli tomonlarni o’z ichiga oladi. Granit, marmar va x.k. materiallar yuzalarini yaltiroq va ranglar berishda ana shu glazur ishlatiladi. Dekorativ to’ldiruvchi ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida, devor panellari uchun, glazur xom ashyolari ko’p bo’lgan joylar tanlab olinadi. Ma’lumki ko’pchilik yengil chiquvchi glazurlar silikat shishalardan iborat. Glazurlarning ximiyaviy tarkibi va temperatura bardoshligi ma’lum bo’ladi. 53 Yengil chiquvchi glazurlardan quyidagi oksidlar chiqadi. Na 2 O, K 2 O, CaO, Br 2 O 3 , Al 2 O 3 bu oksidlarni ularning tuzlari orqali olib kelish mumkin. Ular suvda yaxshi qorishadi. Masalan: Na 2 CO 3 , NaNO 3 , K 2 CO 3 , H 3 BO 3 , Ca(NO 3 ) 2 . 3H 2 O Al 2 (NO 3 ) 3 . 9H 2 O. Keltirilgan tuzli qorishmalar 150-200 0 S temperaturada 2-4 soat davomida ushlab turiladi. Bu glazurni Shu temperaturada pishirish davomida tosh yuzasiga chukib mahkamlanib qoladi. Laboratoriya ishlari olib borilganda glazur xom ashyosi mufel pechida kuydirildi. Bunday dekorativ xususiyatga va fizik-mexanik harakterga ega bo’ladi. Glazurli to’ldiruvchi xom ashyoni texnologiyasi TOMSK keramik materiallar ishlab chiqarish zavodida to’liq avtomatlashtirilgan rolikli pechda sinab ko’riladi. Bu glazur natijalari bo’yicha qurilishda, pardoz ishlarida va atmosfera ta’siriga chidamli material olindi. Pardoz uchun yana bir tuzli glazur qorishmasi sinab kurildi. To’ldiruvchi olov bardoshli keramikaga yuklanib quritish shkafida 150-200 0 S isitilib tuzli qorishma bilan qayta ishlandi. Quritish 20-30 minut davomida ushlab turiladi. Shunday keyin kuritish shkafidan chiqarilib uni pishirish pechiga yuboriladi. Bu pechda glazur 740-900 temperaturada 40-60 minut davomida pishiriladi. Shu asosda glazur materiali tayyorlanadi. Uning o’lchamlari devor panellari uchun 1m 2 . Shunday qilib glazur tayyorlashning 2ta yangi usullari ko’rib chiqildi. Bu glazurlarni bezak va pardoz ishlari uchun keng miqyosda qo‘llash mumkin. Download 3.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling