Referat mavzulari ro’yxati


Download 3.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/151
Sana06.11.2023
Hajmi3.6 Mb.
#1751897
TuriReferat
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   151
Bog'liq
PARDOZ UMK (2) (2)

Sintetik smololar. Mineral paxtali mahsulotlar ishlab chiqarishda eng samarali 
bog‘lovchi modda-bu sintetik smoladir.
Shu maqsadda ishlatiluvchi sintetik smola quyidagicha bo‘lishi kerak: 
a) suv va boshqa eritmalarda yaxshi erishi; 
b) tolalar yupqa qatlam bilan qoplanishi uchun oson disperglanishi ; 
v) tolaga nisbatan yaxshi adgeziyaga ega bo‘lishi ; 
g) termoreaktiv, ya’ni qayta isitilganda yumshamasligi
d) o‘zicha eskirishga moyil bo‘lmasligi kerak. 
Bu shartlarga ko‘proq fenol-formaldegid va karbamid-formaldegid smolalar 
javob beradi. 
Mineral tolani yelimlash uchun qo‘llaniluvchi fenolspirtlar quyidagi tarkibga 
ega bo‘lishi kerak: 
a) 50 % dan kam bo‘lmagan quruq qoldiq ;
b) 9 % dan ko‘p bo‘lmagan erkin fenol. 
Fenolspirtlardan smolalarning ishchi eritmasini olish uchun suv bilan 
aralashtiriladi. Aralashmaning zaruriy darajasining tajriba yo‘li bilan ya’ni 
fenolspirtlarga eritma xiralashtirmaydigan shunday suv miqdorini qo‘shish bilan 
topiladi. Fenolspirt : suv munosabati 1 : 2 dan 1 : 10 gacha (og‘irlik bo‘yicha) 
tebranadi. Ishchi eritma konsentratsiyasi quyidagi formula bilan aniqlanadi
K


n
b

1

bu yerda K
s
– smolaning ishchi eritmasining konsentratsiyasi, % da;
b – fenolspirtdagi quruq qoldiq miqdori, % da;
n – 1 og‘irlik birlikdagi ishchi smola eritmasini olish uchun, qo‘shiladigan suv 
miqdori. 
Qattiq va akustik mineral paxtali plitalarni tayyorlashda fenolspirtlarni 
polivinilatsetat emulsiya bilan aralashtrib ishlatiladi. So‘nggi vaqtlarda, ko‘p 
komponentli bog‘lovchilar, ya’ni sintetik smolalar aralashmasidan tashkil topgan yoki 
mineral paxtali mahsulotlar elastikligini oshiruvchi turli plastifikatorli smolalar 
kompozitsiyasini o‘zida aks ettiruvchi bog‘lovchilar keng qo‘llanilmoqda. 
Noorganik bog‘lovchi moddalar. Mineral paxtali mahsulotlarga eruvchan 
shisha, portlandsement va ayrim boshqa noorganik bog‘lovchi moddalar qo‘shish 
imkoniyati 30-yillarda A.I Jilin tomonidan o‘rganilgan. 
Bunday mahsulotlarning harorat chidamliligi organik bog‘lovchi moddali 
mahsulotlarga qaraganda yuqori, lekin ular katta hajviy og‘irlikka (400-500 kg/m
3
), 
kichik chidamlilikka (0,5-1,5 kg/sm
2
) va kamroq elastiklikka ega. Bu xususiyatlar 
ularni organik bog‘lovchi moddali mahsulotlarga nisbatan kam samarali qiladi. 


47 
Mineral paxta va uning mahsulotlari qurilishning turli sohalarida keng 
qo‘llaniladi. Uy-joy qurilishida mineral paxta quyidagilar uchun ishlatiladi: 
- g‘ishtli, beton va yog‘och uylarda devorlarni isitish va qavatlararo to‘sishlarda; 
- zavodda ishlab chiqarilgan yig‘ma uylar to‘siqli konstruksiyalar elementlarini 
isitishda: shit va sinchlar – yog‘och uy qurishda, panellar – temir-beton uy 
qurishda; 
- binolar to‘siqli konstruksiyalarini xonalar shovqin izolyasiyasi uchun to‘ldirish 
va shovqin yutish maqsadida devor va shiftlar ichki yuzalarini qoplashda. 
Uy-joy qurilishda ko‘pincha mineral paxta matlar qo‘llaniladi: tikma, sintetik 
smolali va boshqa bog‘lovchi moddali. Mineral paxta isituvchili devor panellari 5-
rasmda ko‘rsatilgan. 6-rasmda esa mineral paxta isituvchili ko‘tarma va engil g‘isht 
devorlari konstruksiyalari, quyidagi-rasmda esa sirpanuvchan opalubka 
(Shvetsiya) yordamida ko‘tarilgan 8-9 qavatli uylarni isitish ko‘rsatilgan. 
Mineral paxta isituvchi binolarni to‘siqli konstruksiyalarida quyidagicha
Sanoat qurilishida mineral paxta, plitalar ko‘rinishida ishlab chiqarish 
binolarining tomsiz
yopmalarini isitish uchun qo‘llaniladi. 
5-расм. Минерал пахта иситувчили девор панеллари. а – уч қатламли темир – бетон 
панел: 1 – вибропрокат қобиқ; 2 – ярим қаттиқ минерал пахта плита; б – асбестоцемент панел: 1 – 
асбестоцемент лист; – минерал пахтали мат ёки
плита 

Download 3.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling