Referat mavzulari ro’yxati


Download 3.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/151
Sana06.11.2023
Hajmi3.6 Mb.
#1751897
TuriReferat
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   151
Bog'liq
PARDOZ UMK (2) (2)

 
Ma’ruza № 9 
Mavzu: Issiqlik izolyasiya materiallarining klassifikatsiyasi
Reja: 
1. Mineral paxta ishlab chiqarish uchun xom ashyo bazasi. 
2. Mineral paxta ishlab chiqarish uchun bog’lovchi moddalar turlari. 
Xom ashyo materiallari 
 
Mineral paxta ishlab chiqarish uchun tabiiy xom ashyo turli tog‘ jinslari va 
sanoat chiqindilaridan, asosan metallurgiya, ko‘proq domna shlaklaridan foydalaniladi. 
Mineral paxta ishlab chiqarish uchun xom ashyoga qo‘yiluvchi asosiy talablar, 
vagrankalarda xom ashyo qizitishda quyidagichadir:


43 
a) past haroratda eruvchi va yopishqoqlikning sezilarli intervaliga ega eritmani 
olishga imkon beruvchi kimyoviy tarkib atmosfera, temperatura va boshqa 
omillar ta’siriga chidamli paxta olishni ta’minlaydi;
b) xom ashyo bo‘laklari chidamliligi va termik turg‘unligi, bu ularni vagrankada 
maydalamasdan va chang-to‘zonli katta miqdorda hosil qilmasdan eritishga 
imkon beradi; 
v) xom ashyoni tarqalganligi, bunda mineral paxta bevosita iste’mol joylarida yoki 
shunga yaqin joylarda notransportabellik sababli ishlab chiqarilishi lozim
g) xom ashyo olish qulayligi va uni dastlabki ishlovi murakkab emasligi. 
Tog‘ jinslari. Mineral paxta ishlab chiqarishda keng qo‘llanuvchi cho‘kma, 
magma va metamorf tog‘ jinslari zahiralari cheksizdir. Keng tarqalgan cho‘kma 
jinslarga tuproqli va karbonatli jinslar kiradi. 
Bu tog‘ jinslari kimyoviy tarkibidagi tebranishlar odatda ushbu maqsad uchun 
qo‘llashni chegaralamaydi: xom ashyodagi alohida komponent-larning zaruriy 
munosabatiga mos xom ashyo aralashmasi – shixta, odatda ikki, ayrim hollarda esa 
uchta xom ashyo turidan tuzilgan tarkib bilan erishiladi. 
Ko‘p hollarda mineral paxta ishlab chiqarish uchun tuproq engil eruvchan 
hisoblanadi.
Mineral paxta ishlab chiqarish uchun ishlatiluvchi karbonatli tog‘ jinslariga 
ohak, dolomit va mergel kiradi. 
Dolomitli mergellarning kimyoviy tarkibi bir qator hollarda boshqa xom ashyo 
turini qo‘shmasdan, ishlab chiqarishni engillashtirib yuqori sifatli paxta olishga imkon 
beradi. Xususan, bunday xom ashyo – bu Moskva viloyati dolomitli mergelidir. 
Mineral paxta ishlab chiqarish uchun xom ashyo sifatida magmatik jinslar: 
bazalt, gabbro, granit, diabaz, diorit, sienit ham xizmat qilishi mumkin. Bu jinslar 
ko‘pincha nordon hisoblanadi. Ulardagi kremnezem tarkibi 45 dan 75 % gacha 
tebranadi. Ulardan ayrimlari tarkibida temir oksidilari va metall ishqorlarining ma’lum 
miqdori mavjud bo‘lib, ular zaruriy elastikdagi qotishma olishga yordam beradi. 
Metamorfik tog‘ jinslariga masalan, tuproqli slanets kiradi. Mineral paxta 
ishlab chiqarish uchun cho‘kma va magmatik tog‘ jinslaridan ko‘ra, metamorfik tog‘ 
jinslari kam ishlatiladi. 

Download 3.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling