Referat mavzulari ro’yxati
Download 3.6 Mb. Pdf ko'rish
|
PARDOZ UMK (2) (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biochidamlilik
- Sovuqqa chidamlilik
Suvga chidamlilik – materialning o‘z chidamliligini namlanishda saqlash
qobilyatidir. Materiallar suvga chidamliligini odatda Rt/Rq ga teng yumshatish koeffitsienti Kyu bilan baxolanadi, bu erda Rt- to‘yingan holatda materialni mustahkamlik chegarasi, Rq – esa quruq holatdagi mustahkamlik chegarasi. Kyu>0,75 da materiallar suvga chidamli hisoblanadi. Ko‘pincha materiallar mustahkamliligi namlanganda kamayadi. Organik materiallarda, noorganik materiallarga ko‘ra ko‘proq mustahkamlik kamayadi. Suvga chidamlilikni xom ashyoni maxsus usullar bilan qayta ishlash yo‘li bilan oshirish mumkin. Bunday usullarga xom ashyoni gidrofob moddalar bilan va issiqlik bilan qayta ishlovlarni kiritish mumkin, masalan, torfli izolyasiya plitalari ishlab chiqarishda. Konstruksiyalardagi issiqlik izolyasiya materiallarini namlikdan saqlash uchun, ularni to‘liq gidroizolyasiya qatlami bilan qoplanadi, masalan muzlatkichlarni izolyasiyalashda. Biochidamlilik issiqlik izolyasiya materiallarini suvga chidamliligi bilan uzviy bog‘liq. Biochidamlilik deganda, materialning mikroorganizm, zambrug‘lar va ayrim xashorat turlari (chumoli, termit va h. k) ning emiruvchi ta’siriga qarshiligi tushiniladi. Biochidamlilik tushunchasi faqat organik issiqlik izolyasiya materiallariga yoki tarkibida organik bog‘lovchi moddalar (kraxmal, elim) mavjud mahsulotlarga tegishli. Turli mikroorganizmlarning hayot faoliyati nam muhitda ortganligi uchun, issiqlik izolyasiya materiallar biochidamliligini oshirishning asosiy sharti bu suvga chidamlilikni oshirish va mumkin bo‘lgan namlanishdan ularni saqlashdir. Shu bilan birga, biochidamlilikni organik xom ashyoni antiseptiklar va insektofungisidlar bilan qayta ishlash yo‘li bilan oshirish mumkin (insektofungisidlar – lotincha zararli hashoratlarni yo‘qotish uchun qo‘llanuvchi zaharli moddalar). Sovuqqa chidamlilik – suvga to‘yingan materialning bir necha muzlash va erish jarayonida mustahkamligi kamaymasligi xususiyatidir. Sovuqqa chidamlilik binolarning tashqi devorlari va muzlatkich qurilmalarida qo‘llanuvchi issiqlik izolyasiya materiallari uchun muhim. Sovuqda muzga aylangan suv hajmi taxminan 9 % ga ortadi. Kapilyar- g‘ovak tuzilishga ega materiallarda bu holat ko‘pincha material mustahkamligi chegarasidan chiquvchi kuchlanish hosil qiladi, uning oqibatida material emirilishi mumkin. Bu holat yuzaga kelmasligi uchun, g‘ovaklardagi muzlayotgan suv bemalol kengayish imkonyatiga ega bo‘lishi kerak. Sovuqqa chidamlilik sabablarini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, kapillyar – g‘ovak material tarkibidagi suvning hammasi ham 0 0 C da tezda muzga aylanmaydi. G‘ovaklardagi suvlar sekin-asta muzlaydi, ayniqsa mayda g‘ovaklardagi suv yirik g‘ovaklardagidan sekinroq muzlaydi. Mayda g‘ovaklar va ingichga kapillyardagi suv - 1 0 C dan juda pastgacha bo‘lgan turli manfiy haroratlarda muzga aylanishi mumkin. N.A. Sыtovichning ma’lumotlariga ko‘ra, juda ingichga kapillyarlardagi suvning bir qismi -190 0 C haroratda ham muzlamaydi. G‘ovaklardagi suvning sekin-asta va qisman muzlashida, uning suyuq holatda qolayotgan qismi, bir g‘ovakdan boshqasiga, “zaxira” g‘ovaklarga siqib chiqariladi. 42 Agarda material bunday g‘ovaklarning etarlicha miqdoriga ega va ular materialning butun massasi bo‘yicha bo‘lsa, u holda g‘ovaklardagi suvning kengayishidan emiriluvchi samara yuzaga kelmaydi. “Xavfli” va “zaxira” g‘ovaklar o‘rtasidagi aniq munosabatga ega materiallar boshqalarga qaraganda, sovuqqa chidamli hisoblanadi. Download 3.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling