Referat mavzulari ro’yxati


Takrorlash uchun savollar


Download 3.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/151
Sana06.11.2023
Hajmi3.6 Mb.
#1751897
TuriReferat
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   151
Bog'liq
PARDOZ UMK (2) (2)

 
Takrorlash uchun savollar: 
1. Pardozlash buyumlari qurilishda qanday vazifalarni bajarishini va ularni 
ahamiyatini tushuntiring? 
2. Bir xil vazifani bajaradigan bir necha xil buyumlardan birini tanlaganda qaysi 
ko’rsatkichlarda amal qilish kerak. 
3. Buyumlarni ishlab chiqarishda texnologik jarayonlarni to’g’ri boshqarish 
uchun nimalarga e’tibor berish kerak. 
4. Sanoat chiqindilarini ishlatishning ahamiyatini tushuntirish.
Ma’ruza № 7 
Mavzu: Issiqlik izolyasiya materiallarining klassifikatsiyasi
Reja: 
1. Qurilish materiallarining g‘ovaklik tushunchalari. 
2. Issiqlik izolyasiyalovchi plitalar turlari.
 
Tayanch iboralar: Issiqlik izolyasiya material,mikrog‘ovak , makrog‘ovak, 
plastinkasimon, asbestodiatomit, sovelit, g‘ovak beton, ko‘pik shisha, penopolistirol, 
alyuminiy folgasi, 
 
Issiqlik izolyasiya materiallar tuzilishining bosh xususiyati bu ularning 
yuqori g‘ovakligidir. Material g‘ovakligi deb, material tarkibidagi barcha
g‘ovaklarning umumiy hajmining materialning umumiy hajmiga nisbati aytiladi.
G‘ovaklik materialning g‘ovaklar bilan to‘liqlik darajasini ko‘rsatadi va odatda
hajm bo‘yicha foizlarda ifodalanadi. Materialning g‘ovak va zichlik qiymatlari 
o‘zaro bir-birlarini 100% gacha to‘ldiradilar. G‘ovak qancha ko‘p bo‘lsa, zichlik
shuncha kam bo‘ladi, va aksincha.
G‘ovaklar deb, materialdagi mayda bo‘shliqlarga aytiladi, ular odatda havo yoki 
suv bilan to‘ldiriladi. Qurilish materiallarining makrog‘ovak va mikrog‘ovak
tushunchalari farqlanadi. Materialning makrog‘ovak tuzilishi ko‘z bilan ko‘rinuvchi
nisbatan yirik g‘ovaklar mavjudligi bilan harakterlanadi. Materialning mikrog‘ovak
tuzilishi faqatgina mikroskopda ko‘rinuvchi juda mayda g‘ovaklar mavjudligi bilan 
farqlanadi. Issiqlik izolyasiya materiallar ikki xil g‘ovaklarga ega. Amalda bu 


33 
materiallar xususiyatiga asosan ularning makrog‘ovakgi ta’sir ko‘rsatadi. Shuning 
uchun, qayerda issiqlik izolyasiya materiallar g‘ovagi haqida fikr yuritilsa, o‘sha 
yerda ularning makrog‘ovak tuzilishi nazarda tutiladi.
Issiqlik izolyasiya materiallarning makrog‘ovak tuzilishi g‘ovaksimon, 
donador, tolasimon, plastinkasimon yoki aralash bo‘lishi mumkin. G‘ovaksimon 
tuzilish g‘ovaklar bir xilligi va ularning materialda bir tekis taqsimlanishi bilan 
farqlanadi. G‘ovaklar odatda sferaga yaqin bo‘lgan shaklga ega. Bunday tuzilish 
g‘ovak beton, ko‘pik Shisha, gazlangan plastmassalar va ayrim boshqa materiallarga 
mos. Donador tuzilishga sochiluvchan materiallar ega bo‘ladilar. Bunday 
materiallar g‘ovak miqdorini, ularning granulometrik tarkibi bilan aniqlanadi.
Granulalar shakli va o‘lchamlari bo‘yicha qanchalik bir jinsli bo‘lsa, shunchalik 
materialning g‘ovagi yuqori bo‘ladi.
Tolasimon tuzilish mineral yoki organik tolali materiallar uchun harakterlidir: 
asbest, mineral va shishali paxtalar, o‘simlik tolalari. Plastinkasimon tuzilish faqat
tarkibida slyuda bargchalari bo‘lgan vermikulitda uchraydi. Aralash tuzilish
masalan, tola va donador kukunli materiallarda uchrashi mumkin: asbestodiatomit, 
sovelitli va boshqa mahsulotlar. Materialdagi g‘ovaklar yopiq, ya’ni
umumlashmagan, yoki ochiq, o‘zaro bog‘langan bo‘lishi mumkin. Odatda issiqlik
izolyasiya materiallar ham yopiq, ham ochiq g‘ovaklarga ega bo‘ladilar. Ayrim
hollardagina materialda faqat yopiq yoki faqat ochiq g‘ovaklar bo‘ladi.
Materialning umumiy g‘ovagi R 
ob
yopiq R 
3
va ochiq R 

g‘ovaklar yig‘indisiga 
teng:

ob 
= R 
3
+ R 
0
Umumiy g‘ovakni, ya’ni barcha yopiq va ochiq g‘ovaklar yig‘indisini ko‘pincha 
haqiqiy yoki mavjud g‘ovak deyiladi. Umumiy (haqiqiy) g‘ovak kattaligi R 
ob
ni 
hisoblash uchun materialning solishtirma γ
u
va hajmiy γ
0
og‘irligini bilish kerak:
Ochiq g‘ovakni ayrim xollarda tahminiy g’ovak deb ham ataladi, chunki 
materialni suv shimdirish yo‘li bilan g’ovakni aniqlashda, materialdagi barcha 
haqiqiy g‘ovaklarning haqiqiy hajmi emas, bu hajmning faqat o‘zaro birlashgan 
g‘ovaklardan tashkil topgan qismi o‘rnatiladi. Xuddi Shu g‘ovaklar materialga 
namlik kiruvchi kapillyarlarni tashkil qiladi. Ochiq g’ovak R 
0
ni suv bilan
to‘ydirilgan σ 
v
va quritilgan holatdagi σ 
s
material namunasi og‘irliklari farqini 
uning hajmi V ga bo‘lib aniqlanadi:
Ayrim issiqlik izolyasiya materiallar uchun haqiqiy g’ovakning o‘rtacha
qiymati boshqa qurilish materiallari g‘ovagi bilan taqqoslanishi jadvalda ko‘rsatilgan.


34 
Turli materiallarning haqiqiy g‘ovagi qiymati
2-jadval. 
Material 
G’ovak % da 
Material 
G’ovak % da 
Po’lat 

Issiqlik 
izolyasiyalovchi 
trepel g’isht 
60-75 
Granit, mramor 
1,2-0,8 
Ko’pik shisha 
85-90 
Og’ir beton 
9-17 
Yog’och 
tolali 
g’ovak 
plitalar 
82-87 
Gilli g’isht 
24-33 
G’ovak plastmassalar 
90-98 
Yog’och 
67-73 
Issiqlik 
izolyasiyalovchi 
g’ovak betonlar 
50-90 
Turli issiqlik izolyasiya materiallarining g‘ovagi katta chegaralarda tebranadi. 
G‘ovak issiqlik izolyasiya materiallarida g‘ovaklar o‘lchamlari odatda 3-5 mm dan
oshmaydi. ko‘pikbeton g‘ovaklarining o‘rtacha diametri 0,4-2 mm ga, 
gazobetonniki 0,2-0,4 mm ga teng. Samaradorligi yuqori bo‘lgan issiqlik
izolyasiyalovchi materiallar qatoriga quyidagilar kiradi: g‘ovak plastmassa,
mineral momiq, Shisha momiq, mineral-momiqli to‘shamalar, ko‘pchitilgan perlit 
va boshqalar. Plitalar tayyorlash uchun qo‘llaniluvchi penopolistirol tarkibidagi havo 
98% ni tashkil qiladi. Bu esa uning yuqori issiqlik izolyasiyalovchi xususiyatlarga ega 
bo‘lishini ta’minlaydi. Ushbu material issiqqa chidamliligi, biochidamliligi, suvga 
chidamliligi, sizot suvlarini ifloslantirmasligi bilan ajralib turadi. Penopolistirol suv 
qo‘shilgan kislotalar, konsentratsiyalangan, suvsiz ba’zi kislotalar, tuzlar va
ishqorlarning eritmalari, ba’zi organik erituvchilar ta’siriga turg‘un. Alanga ta’sir
qilganda polistirol yonuvchi tomchilar hosil qilmaydi, shu bilan birga u yonganda 
ajralib chiquvchi gazsimon mahsulotlarning ta’siri yog’och yonganda ajralib
chiquvchi mahsulotlar zaharli ta’siridan kamroq.
Rossiya korxonalarida ishlab chiqariluvchi issiqlik izolyasiyalovchi plitalar PSB-S-
15, PSB-S-25, PSB-S-35 markali o‘zi o‘chib qoluvchi penopolistiroldan 
tayyorlanadi. Plitalarning o‘lchamlari: 1000 x 1000 mm i 1400 x 1000 mm qalinligi: 
20, 30, 40, 50, 60, 70, 80, 90, 100 mm va 2000 x 1000 mm o‘shanday qalinlikda va
500 mm ( 1.1-rasm).
7-1-rasm. Penopolistirolli issiqlik izolyasiyalovchi plitalar 


35 
Penopolistiroldan tayyorlangan plitalar tomlarning konstruksiyalarida, devorlarning 
tashqi issiqdan izolyasiyasida, ko‘p qatlamli panellarning issiqdan izolyasiyalovchi
qatlamlarida, yopmalar konstruksiyalarida, poydevor qurilishida, yo‘l qurilishida 
ishlatiladi.
Hozirgi kunlarda binolarning yer osti qismlarida joylashgan maydonlaridan 
unumli foydalanish, ayrim hollarda ularni turar joy xonadonlariga aylagtirish amaliyoti
keng qo‘llanilmoqda. Bunday xonadonlarda komfortli iqlimni yaratish, energiya
sarflanishini qisqartirish va kondensatsiyalanish hodisasining oldini olish uchun 
ularni ishonchli issiqdan izolyasiyalash lozim (1.2-rasm).
Poydevorlarni Roofmate tashqi izolyasiyasi suv o‘tkazmaydigan membrana 
ustidan o‘rnatilib inshootning yuk ko‘taruvchi konstruksiyasini butunlay o‘rab 
turadi va membranani mexanik shikastlanishlardan saqlab turadi. Energiya 
tejamkorlik, komfortli sharoitlarni ta’minlash va binoni himoyalash uchun 
chordoq va yerto‘la qavati orayopmalarining ishonchli issiqlik izolyasiyasini 
ta’minlash zarur hisoblanadi. «Stirofoam» bunday maqsadlar uchun zaminga 
tushadigan yukka bog‘liq ravishda Flormate 200 yoki Flormate 500 issiqlik 
izolyasiyalovchi plitalardan foydalanadi. Biroq bunday maqsadlar uchun binoning 
konstruksiyasi va uning vazifasidan qat’iy nazar orayopma plitaning usti yoki 
ostidan o‘rnatiluvchi har qanday ekstruzion plitalardan foydalanish mumkin.
7-2–rasm. Poydevor va bino yer osti qismini issiqdan izolyasiyalash: 1 – sementli-
qumli styajka; 2 – gidroizolyasiya; 3 –pol osti beton to‘shamasi ; 4 – polietilen plenka; 
5 – Ursa foam; 6 – chaqiq tosh; 7 – qum; 8 – poydevor; 9 – devor ; 10 – qayta ko‘mish 
grunti
Muzlatgich kameralar va muz arenalari pollarini qurishda zamin gruntlarini 
muzlashdan himoyalash uchun nafaqat issiqlik izolyasiyasini balki qizdiruvchi 
elementlarni ham o‘rnatish talab etiladi. Bunday turdagi pollar eng murakkab 
konstruksiyalar qatoriga kiradi va uzoq foydalanish muddatiga ega bo‘ladi. Ularni 
qurishda isssiqlik izolyasiyalovchi plitalarni qo‘llash shu kabi konstruksiyalarning
yuqori sifatli bo‘lishini ta’minlaydi. Plitalar erkin holatda g‘isht termasi kabi 
bevosita orayopma plitaning yoki zichlangan shag‘alning ustiga teriladi. Plitalar
qurilishning ketishiga qarab har qanday ob-havo sharoitlarida ham terilishi 
mumkin.
Hususiy uy-joy qurilishida binolarning chordog‘i hajmida mansardlar 
qurilishining ortishi tom konstruksiyalarining o‘zgarishiga olib keldi. Bugungi kunda 
uy-joy binolari tomlarining eng keng tarqalgan turi nishabli tom bo‘lib qoldi. Bunday


36 
tom hajmida odamlarning ma’lum ehtiyojlarini qondirish uchun mo‘ljallangan
xonadaonlarni qurishni ko‘zda tutish mumkin. Shu bilan birga tom orqali issiqlik
yo‘qotilishini minimal darajagacha yetkazish talab etiladi.Sovuqlik ko‘prikchalari
hosil bo‘lishining oldini olish uchun esa izolyasiyalovchi qatlamning uzluksiz
bo‘lishini ta’minlash lozim. Bunga issiqlik izolyasiyasini stropilalar ustidan
o‘rnatganda erishish mumkin. Tomning bunday konstruksiyasi mansardlarni
Shunday loyihalashni talab qiladiki, bunda yog’och stropilalar ichkaridan ko‘rinib 
turishiga erishiladi.
Bunday hollarda yog’och to‘shama (yog’och-taxtali obshivka) stropillar
ustidan o‘rnatiladi va u ichki pardozlash bo‘lib ham xizmat qiladi. Bunda obshivka 
ustidan yoziluvchi plyonkali bug‘dan izolyasiya (membrana) issiqlik
izolyasiyasining tagida, ya’ni uning issiq tomonida bo‘lib qoladi. Boshqa bir
variant bo‘yicha diffuzion gidroizolyasiyalovchi qatlamni (Tivek plyonkasi, Ursa 
gidroizolyasiyasi) issiqlik izolyasiyasining bevosita ustidan bajariladi.
7-3.-rasm. Nishabli tomni Ursa seko strom bilan isitish: 1 –Ursa* seko storm 
gidroizolyasiyasi; 2 – havoli tirqish; 3 – Ursa* issiqlik izolyasiyasi; 4 –Ursa* seko 500 
bug‘-izolyasiyasi
Oxirgi yillarda turli o‘lchamli va shaklli bloklarni olinmaydigan opalubka elementlari
sifatida ishlatish taklif qilinmoqda. Buning natijasida qurilishning muddatlarini 
keskin qisqartirish, narxini pasaytirish, transport harajatlarini kamaytirishga 
erishilmoqda. Bunday bloklarni qo‘llash balandligi 15 m gacha bo‘lgan ob’ektlar 
qurilishida ruxsat etiladi (1.4-rasm).
«Inteko» (Moskva) firmasi Polialpan uch qatlamli panellarda penopoliuretanli 
plitalardan (zichligi 30 kg/m 3 , l = 0,03 Vt/(m 0 K) ) foydalanadi.
.
7-4-rasm. Penopolistirol plitali olinmaydigan opalubka
Panellarning tashqi qatlamlari uchun qalinligi 0,5 mm bo‘lgan alyuminiy 
qotishmasidan olingan loklangan listlar ishlatiladi. Listlarning sirti dekorativ


37 
suvoqning, yog‘ochning va boshqa materiallarning ko‘rinishini imitatsiya qiladi.
Panellarning ichki qatlami qalinligi 0,05 mm bo‘lgan legirlangan alyuminiy
folgasidan bajariladi. Panellarning uzunligi 12000 mm va undan kattaroq,
qalinligi -25 mm va 50 mm, eni - 500 va 420 mm. Panellar yuqori issiqlik-
texnikasi ko‘rsatkichlari bilan tavsiflanadi, bu esa o‘z navbatida binolarning
isitilishi uchun harajatlarning keskin kamayishiga olib keladi.
Ular yilning istalgan vaqtida tez o‘rnatiladi, uzoqqa chidamli, yuqori dekorativ 
sifatlarga egaligi bilan ajralib turadi. VMT (Rossiya) firmasi Stoterm (1200x3000x24 
mm) uch qatlamli panellarini tayyorlash uchun poliuretandan (l = 0,035- 0,041 Vt/(m 0 
K), r = 55 kg/m3) foydalanadi. Panellarning tashqi qatlamlari: penopolivinil-
xloriddan, alyuminiy folgasidan, gipstolali plitalardan, po‘lat listlardan, alyuminiy 
qotishmalaridan bajarilishi mumkin. Panellar ma’muriy binolar, muzxonalar, savdo
markazlari, omborxonalar, garajlar va boshqa ob’ektlarning turli pardadevorlarini 
qurish uchun yaroqlidir. Issiqlik ta’minoti, issiq va sovuq suv ta’minoti uchun
mo‘ljallangan yangi po‘lat quvurlarning penopoliuretanli izolyasiyasi quyidagi
xossalarga ega: l = 0,023 Vt/(m 0 K) va 90 min davomida qaynatganda suv 
yutuvchanligi 3,3 % dan ortiq emas. Bunday izolyasiya uzoq vaqt +130 °S gacha
va qisqa vaqt +150 °S gacha harorat ta’sirga mo‘ljallangan.
«Eteka» (Rossiya) firmasi listli va o‘ramali penopolietilen isitgich Vilatermni
ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan. Ushbu materialning xossalari quyidagicha: (r = 
35 kg/m 3 , l = 0,035 Vt/(m 0 K) bo‘lib, u pollarni va quvurlarni -60 dan +100 °S
gacha haroratlarda issiqdan izolyasiyalash uchun mo‘ljallangan.
Material elastik, biochidamli, ekologik xavfsiz, yengil qirqiladi, shtamplanadi, 
payvandlanadi, yelimlanadi, ikkilamchi foydalanish uchun yaroqli. 
Penopolietilendan tayyorlanuvchi Vilaterm buyumlari olov bilan bevosita 
kontaktda bo‘lgandagina yonadi va bunda zaharli moddalar ajratib chiqarmaydi. 
Vilaterm deyarli barcha qurilish materiallari bilan qo‘shilishi mumkin – yog’och, 
beton, gips, ohak va boshqalar. Undan yig‘ma va yaxlit quyma binolarning to‘suvchi 
konstruksiyalari choklarini zichlashda, deraza bloklarini isitishda, sovuq va issiq suv 
ta’minoti tizimlari quvurlarini izolyasiyalashda foydalaniladi.
«Strom-S» (Rossiya) penopolietilendan tayyorlanuvchi va bir- yoki ikki 
tomonlama alyuminiy folgasi bilan qoplangan, aks ettiruvchi issiqlik-, bug‘- 
shovqindan izolyasiyalovchi materiallarni ishlab chiqaradi. Bu material nursimon 
energiyaning 97% ni aks ettirish xususiyatiga ega. Folgoizolon (l = 0,037 Vt/m °C) -60
dan +100 °C gacha haroratlarda tavsiya etiladi. U biochidamliligi bilan ajralib
turadi va uy-joy, sanoat va fuqaro qurilishida orayopmalarni, devorlarni, pollarni,
chordoq va yerto‘la xonadonlarini izolyasiyalash uchun ishlatiladi. Aks ettiruvchi 
Folgoplast – alyuminiy folgasi bilan bir yoki ikki tomonlama qoplangan tolasimon
to‘r bo‘lib nursimon energiyaning 97% ni aks ettirish xususiyatiga ega.
Folgoplast -60 dan +250 °C gacha haroratlarda qo‘llaniladi.O‘lchamlari 0,84x20 m 
bo‘lgan o‘ramalar ko‘rinishida ishlab chiqariladi. Material yirtilishga o‘ta 
mustahkamligi, texnologik qulayligi, biochidamliligi, zararli moddalar ajratib
chiqarmasligi bilan ajralib turadi va bug‘dan, shamoldan, issiqlikdan izolyasiyalash 
uchun yaroqlidir.
Binolarning devorlari, tom qoplamalari, orayopmalari, chordoqlari va
yerto‘lalarini issiqdan izolyasiyalash uchun polistirolbetondan tayyorlanuvchi devor 
bloklari va issiqlik-izolyasiyalovchi plitalari ham qurilish amaliyotida keng 
tarqalmoqda. Bir qator firmalar shisha-mineral momiqdan tayyorlanuvchi issiqlik 


38 
izolyasiyalovchi materiallarni ishlab chiqarish va qurilish ob’ektlariga yetkazib 
berishga ixtisoslashmoqda. Ushbu sohada eng mashhurlaridan biri shtapelli Shisha 
tolalari asosida olinuvchi Ursa mahsulotlari hisoblanadi. Ursa mahsulotlari P-15 va
P-20 rusmli issiqlik izolyasiyalovchi plitalari ko‘rinishida ishlab chiqariladi (1.5-
rasm).
7-5-rasm. Ursa issiqlik izolyasiyalovchi plitalari
Ursa issiqlik izolyasiyalovchi plitalari nishabli konstruksiyalar va
pardevorlarda qo‘llash uchun tavsiya etiladi. Ular konstruksiyalarning ulanishi 
murakkab va etish qiyin bo‘lgan joylarini sifatli izolyasiyalashda juda ham qo‘l keladi.
Yuqorida sanab o‘tilgan barcha materiallar shunisi bilan e’tiborliki, ular ishlash
uchun juda ham qulay va issiqlik izolyasiyalash ishlarini bir ishchining kuchi 
bilan bajarish imkoniyatini beradi. Ko‘pchilik xorijiy firmalar nafaqat shisha
tolasidan, balki turli tog’ jinslarining tolalaridan (bazalt va boshqalar) ham issiqlik 
izolyasiyalovchi buyumlar ishlab chiqarmoqdalar.

Download 3.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling