Referat mavzulari ro’yxati
Download 3.6 Mb. Pdf ko'rish
|
PARDOZ UMK (2) (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
Nazorat savollari :
1. Pardozlash materiallari qanday belgilari bo'ycha tasniflanadi? 2. Pardozlash materiallarining asosiy vazifaviy xususiyatlarini ко ‘rsating va ularni tavsiflang. 3. Asosiy ranglarni qo'shib aralashtirish qoidalari qanday? 4.Muzlashga chidamliligiga materialning zichligi qanday ta ’sir qiladi? 5. Qurilish materialining issiqlik о ‘tkazuvchanligi qaysi koeffitsiyent yordamida baholanadi? 6.Issiqlik о ‘tkazuvchanlik materialning qaysi tavsiflariga bog'liq? 29 Ma’ruza №6 Mavzu: Pardozlash va issiqlik izolyasiyasi materiallarining ishlatish sohalaridagi natijalari.Texnika va texnologiya yutuqlari. Mavzuni yoritish rejasi: 1. Pardozlash buyumlarining qurilishda tutgan o’rni. 2. Buyumlarni ishlab chiqarishda xom ashyoni sifatini yaxshilash. 3. Pardozlash buyumlari ishlab chiqarishda texnologik jarayonlarni to’g’ri boshqarish, yoqilg’i va energiyani iqtisod qilish muammolari. 4. Pardozlash buyumlari ishlab chiqarishda xom ashyo bazasini kengaytirish, sanoat chiqindilarini ishlatish va ekologiya (atrof-muhitni himoya qilish) masalalari. 5. Xulosa. Tayanch iboralar: Xom ashyo, quritish, pishirish, unumdorlik, tejamkorlik, samaradorlik, yoqilg’i, energiya, ekologiya, chiqindilar. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishib, rivojlanish sari dadil odim otib borayotgan hozirgi paytda boshqa sohalar qatorida qurilish materiallari va buyumlari ishlab chiqarish sohasida ham ichki imkoniyatlar va rezervlarni hisobga olgan holda ish olib borilmoqda. Bu soha oldidagi asosiy vazifa ko’proq samarador, qulay va shu bilan birga arzon material ishlab chiqarishdir. Ma’lumki, sifatli mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur bo’ladigan xom ashyoni boshqa respublikalardan olib kelish bir qator qiyinchiliklar bilan bog’lik. Shuning uchun qurilish materiallari va buyumlari ishlab chiqarishda, jumladan sopol buyumlar ishlab chiqarishda sanoat chiqindilarini ishlatish bir qator muammolarni hal etish imkoniyatini beradi. Bunda xom ashyo bazasini kengaytirish bilan bir qatorda korxonalarni chiqindilarini saqlash bilan bog’liq bo’lgan xarajatlardan ozod etish, atrof-muhitni muhofaza qilish imkoniyatlari ham bo’ladi. Ma’lumki O’zbekiston Respublikasi asosiy pardozbop material sopol plitkalar bo’lib, ular tashqi devorlarni koshinlash uchun eng qulay material hisoblanadi. Ularni ishlab chiqarish uchun respublikada ma’lum miqdorda xom ashyo bazasi ham mavjuddir. Qurilish ashyo buyumlar texnologiyasi kafedrasida ko’p yillardan buyon mahalliy xom ashyo va sanoat chiqindilari asosida sopol buyumlar olish ustida ishlar olib borilmoqda. Bu ishlarning natijasida mahalliy Angren tuprog’i va sanoat chiqindilari-fosfor shlaklari hamda marmar kukunlari asosida pardozbop gishtlar hamda bino fasadlari uchun ishlatiladigan pardozbop plitkalar olingan. Hozirgi paytda bu sohadagi ilmiy izlanishlar davom etmoqda. Ishdan asosiy maqsad kaolinitli tuproqlarga chinni ishlab chiqarish korxonalarining chiqindilarini qo’shib, plitkalar olish imkoniyatlarini o’rganish. Ma’lumki, sopol buyumlarni quritish jarayonlari asosan material bilan namlik orasidagi bog’lanishga va quritish rejimiga bog’liq. Adabiyotlarda keltirilishiga ko’ra, bir qator mualliflar olib borgan ilmiy izlanishlar natijasida aniqlanishicha, plastik giltuproqdan tayyorlangan sopol buyumlarda quritish jarayoni kappilyar birikkan namlikning ajralishidan boshlanadi. Bir vaqtning uzida adsorbsion birikkan namlik ham ajralib chiqadi va kappilyar 30 birikkan suvni buyumning yuzasiga surilib chiqishga olib keladi. Bunday jarayonlarning natijasida sopol massa zarrachalari orasidagi masofa qisqarib buyum o’lchamlari va hajmi kichrayadi. Nazariy izlanishlar shuni ko’rsatadiki, giltuproqdan tayyorlangan buyumlarning quritish jarayonida kichrayishi asosan sopol massa tarkibidagi kappilyar va adsorbsion (bo’sh bog’langan) suvning miqdoriga bog’liq. Bular esa giltuproqning minerologik tarkibi va sifatiga qarab o’zgaradi. Biroq, giltuproq va qo’shimchalar tayyorlangan kompleks massalarda quritish jarayonida bo’ladigan texnologik o’zgarishlar faqatgina giltuproqning xossasiga bog’liq bo’lib qolmay, qo’shimchalarning turi va miqdori, ularning suv tutib turish xusiyatiga ham bog’liq. Yuqorida keltirilganlarga asoslanib, ushbu ishda giltuproq va qo’shimchalar aralashmasidan tayyorlangan sopol gisht namunalarining quritish jarayonidagi xossalari tadqiqot qilinadi. Asosiy xom ashyo sifatida Angren tuprogi, qo’shimcha sifatida esa fosfor shlaklari va marmar kukuni ishlatiladi. Tajriba uchun namunalar DAST qoidalariga muvofiq tayyorlanadi. Quritilgan namunalarning xossalari ularning quritishga bo’lgan munosabati, namlikning ajralish tezligi va kichrayishning qiymatlarini solishtirish yo’li bilan aniqlanadi. Quritish jarayonida namlikning ajralishi quritish shkaflaridagi namunaning massasini har 0,5 soatda bir marta o’lchash yo’li bilan aniqlanadi. O’lchashlar natijasiga ko’ra quritishning sopol massa tarkibiga bog’liqligini tasvirlaydigan chiziqlar tuziladi. Bu bog’lanishlarni o’rganish natijalari shuni ko’rsatadiki, Angren tuprog’i va kompleks qo’shimchalardan tayyorlangan namunalardan namlik gaz ajraladi va 3 soatdan keyin ular doimiy massaga ega bo’ladi. Toza Angren tuprog’idan qo’shimchasiz tayyorlangan namunalarda esa bu natijaga 6-7 soatda erishiladi. Tajribalar shuni ko’rsatadiki, namlikning ajralishi qo’shimchalarning miqdoriga bog’liq. Eng kichik ruxsat etilgan namlikka erishish uchun giltuproqning o’zidan tayyorlangan namunalarda 5 soat 10, 15, 20% fosfor shlaklari qo’shilgan namunalarda esa 2, 1, 5 va 2 soat vaqt talab qilinadi, ya’ni quritish tezligi 3-4 marta tezroq boradi.Demak fosfor shlaki qo’shilganda sopol buyumlarning quritish jarayonida ancha kiskaradi. Bunday natijaga sopol massaning boshlangich suv talabchanligi ozligi va qo’shimchalar suv tutib turish qobiliyati pastligi sababli erishiladi. Namunalarning quritish jarayonidagi kichrayishi oz bo’lib 2,2-3,2%ga teng, faqat Angren tuprog’idan qo’shimchasiz tayyorlangan namunalarda bu ko’rsatgich 6,4 %ga teng. Hozirgi paytda O’zbekiston Respublikasi sanoat korxonalarining turli tarmoqlarida asosiy yoqilg’i sifatida tabiiy gaz yoqilg’isidan keng miqyosda foydalaniladi. Gaz yoqilg’isidan foydalanishda qurilish materiallarining ko’plab turlari: gisht, sopol plitkalar va buyumlar, sement, va x.k. turlari ishlab chiqarilmoqda.Ayniqsa sopol buyumlar ishlab chiqarishda, quritish va pishirish texnologiya jarayonlarini amalga oshirishdagi yuqori harorat hosil bo’lishda tabiiy gaz yoqilg’isidan unumli va tejamli foydalanishning ahamiyati kattadir. Ilmiy izlanishlar va taxlil etishlar shuni ko’rsatadiki sopol buyumlar ishlab chiqarilayotgan sanoat korxonalarida, quritish va pishirish uchun sarflanayotgan yoqilg’ini bahosi, ishlab chiqarilayotgan mahsulot umumiy bahosining qariyib 4/1 qismini tashkil etadi. 31 Qurilish industriyasi korxonalarida g’isht ishlab chiqarish uchun amalda asosan tunelli va xalqasimon ko’rinishli issiqlik agregatlaridan foydalanilayapti. Bu ko’rinishdagi kursatuvchi uskunalar va pechlar bir qancha qulayliklardan tashqari bir qator muhim kamchiliklarga egadir: – pech kanalining ko’ndalang kesimi bo’yicha katta xarajatlar farqi mavjudligi (280÷420 0 C). – quritish va pishirish jarayoni davrining uzoq vaqt davom etish, loyihaviy texnologik tartibga mos kelmasligi. – tayyorlangan mahsulot birligiga nisbatan yoqilg’i sarfi miqdori ortiqligi. – foydalanishga ko’p sonli ishchi kuchi talab etilishi va mahsulot sifatining pastligi v ax.k. Bu kamchiliklarning mavjudligi natijasida hozirgi paytda foydalanilayotgan tunelli pechlarda ishlab chiqarilayotgan har 1000 dona g’isht uchun sarflanayotgan yoqilg’ining miqdori, pech loyiha quvvati bo’yicha 220 kg shart yoqilg’idan, amalda esa 280-320 kg shart yoqilg’i tashkil etayapti. Buyumni ishlab chiqarishda bu kamchiliklarni bartaraf etish asosiy yo’llaridan biri, bir qatorli ketma-ket qurituvchi va pishiruvchi issiqlik agregatlarning 1,2 yangi ko’rinishdagi gaz yoqilg’isi bilan ta’minlash sxemasini ishlab chiqarish va amalga tadbiq etishdir. Shunday qilib sopol buyumlar ishlab chiqarishda yoqilg’i resurslarini tejashdan asosiy yo’llaridan biri, issiqlik agregatlarida yoqilg’i berilishining to’g’ri sxemasini tashkil etishdir. Buning natijasida har bir oraliq maydonda ishlatilayotgan buyumning bir xil haroratda ishlashuvini va yuqori miqdorda issiqlik uzatilish qiymati hosil qilishadi. Teplotexnikaviy hisoblash natijalari shuni ko’rsatadiki taklif etilayotgan issiqlik agregatlarida, issiqlikning uzatilishi qiymati amaldagi tunelli pechlarda nisbatan 3-4 marotaba ko’pdir. Bu ko’rsatgich yoqilg’i resurslarini katta miqdorda tejashga va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatini oshirishga olib keladi. ..Pardozbop tosh buyumlar toshni qayta ishlash korxonalarida tayyorlanadi. Bu korxonalarning asosiy maxsuloti bino va qurilmalarni tashqi va ichki pardozlash uchun ishlatiladigan pardozbop toshlar, plitalar. Chiqariladigan mahsulotning xossasiga ko’ra toshlar qayta ishlaydigan korxonalarning quvvati unumdorligi quyidagicha bo’lishi mumkin: mustahkam toshlar ishlab chiqaradigan korxonalar 25, 50, 100 ming m 3 . Boshqa toshlar - 50, 100, 200, 300, 500 ming m 3 . Pardozbop plitalar tayyorlanish usuliga ko’ra 3 turga bo’linadi: qoliplangan yoki presslangan, arralab olingan, tosh bo’laklaridan kleylangan. Bularga bog’lovchi sifatida sement epoksid smolalar va x.k. ishlatiladi. Plitalarning yuzasi mozaika yoki guldor ornamentli qilib chiqariladi. Tog‘ jinsining turi va tayyor mahsulotga bo’lgan talablarga ko’ra pardozbop plitalar ishlab chiqarish texnologiyasi quyidagicha asosiy operatsiyalardan iborat: arralash, silliqlash (shlifovka-polirovka) atroflarini silliqlash, kerakli o’lchamda kesish. Tosh kesadigan stanoklar (arralaydigan) 3 xil bo’ladi: ramali, diskli, elastik. Shlifovka-polirovka stanoklari asosiy uskunalar bo’lib tosh buyumlar ishlab chiqarishda sarf bo’ladigan mehnatning 70% ularga ketadi. Ularning turlari ko’prikli, radialkonsol, tipidagi, konveyerlik. Marmar, granit plitalarga konveyerlik stanoklarda ishlov beriladi. Tosh materiallar ishlab chiqarish sanoati bu tabiiy toshlarni qazib olish, maydalash, boyitish korxonalarini o’z ichiga oladi. 32 Pardozbop tosh materiallarni qazib olish va ishlov berish sanoati marmar, granit, oxaktosh kabi toshlar tayyorlanadigan korxonalar, shlifovka qiladigan korxonalar kiradi. Xulosa qilib aytganda: respublikamizda qurilish materiallariga, shu jumladan pardozbop ashyo buyumlariga bo’lgan talabning oshishi tufayli, bu buyumlarning yangi turlarini yaratish, ularning sifatini muttasil oshirish, yangi texnologik jarayonlarni joriy qilish ustida izchillik bilan, samarali ilmiy – tadqiqot ishlari olib borishga to’g’ri keladi. Bunday texnologiyalarni yaratish mahsulotning tan narxini kamaytiradi va ekologiya, ya’ni atrof-muhitni muhofaza qilish muammolarini ijobiy hal etishda katta rol o’ynaydi. Ushbu kursni o’qib tugatgan talabalar kelajakda shunday ishlarni bajarib biladigan mutaxassislar bo’lib yetishadilar. Download 3.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling