Referat mavzulari ro’yxati
Qoplamaga plastik holda ishlov berish
Download 3.6 Mb. Pdf ko'rish
|
PARDOZ UMK (2) (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qoplamaga yarimplastik holda ishlov berish
- Qoplamaga qattiq holatda ishlov berish
- Sun’iy marmardan pardozbop materiallar.
Qoplamaga plastik holda ishlov berish - ohak qumli suvoq uchun ko’p
qo’llaniladi. Purkash orqali, boshqa ranglarning purkalishi orqali, metal chyotkalar yordamida torslanishi, metal relefii va rezina valikni yurgizish orqali suvoqlanadi. Yuza qatlamini plastik suvoqlashda foyelar, xollar va bufetlar uchun cheklanmagan imkoniyatlarni ochadi. Qoplamaga yarimplastik holda ishlov berish - to’ldiruvchiga boglik holda mayda va yirik faktura ko’rib chiqiladi. Ishlov berishni taroq va sikllar bilan amalga oshirish mumkin. Marmar va granit suvoq olish uchun (NBA kushish ham mumkin) dekorativ qorishma surtilib qirg’ich yoki kelmani yurgizish orqali olish mumkin. Dekorativ qorishmaga - keramik materiallardan olingan chiqindilarni qo’shish mumkin. Qotib boshlangan yuzani 10-15% li tuz kislotasi bilan ishlov berish mumkin. Qoplamaga qattiq holatda ishlov berish - natijada qo’pol holatdagi maydalangan tosh yuzasi hosil bo’ladi. Kislota bilan ishlov berilgan suvoq iqtisodiy jihatdan afzal. Ohak, marmar va pigmentlar qo’llanilmasa ham bo’ladi. Tosh suvoqlarda to’ldiruvchi rangini qoplama rangiga qarab aniqlanadi. Dekorativ suvoqlari tayyorlashda quruq aralashmalar qo’llash tavsiya etiladi, bu ish hajmini kamaytiradi, mustahkamligini ta’minlaydi. Quruq aralashmalarni suv bilan yoki ohak suti bilan qorishtirish kifoya etiladi. Quruq pigmentlar o’rniga pasta qo’llanilsa, buyalgan qorishmaning mustahkamligi oshadi. Sun’iy marmardan pardozbop materiallar. Tosh, g’ishtli, betonli va yog’och konsruksiyalar yuzalarini qoplashda qo’llash mumkin. Oselkali marmar - uni tayyorlash jarayoni qorishma tarkibini tayyorlashdan boshlanadi. Asosiy material bo’lib yuqori mustahkam gips hisoblanadi. Kerakli rasmlar va ranglarni olish: uchun gipsga yorug’ bardosh pigmentlar 15% dan ko’p bo’lmaganda qo’shiladi. Keyingi texnologik jarayon quyidagicha amalga oshiriladi: Maxsus shitga quriq gips qatlamini tushaydilar. Avval fonni asosiy ranglarini tushaydilar, keyin o’rtacha ranglarni, undan so’ng asosiy ranglarni tushaydilar. Qatlamlarning qalinligi 200 mm gacha bo’lishi mumkin: Bu shit yoniga bitta yoki bir nechta yog’och shitlar o’rnatiladi. Quruq aralashmani shu shitlar ustiga olib o’tiladi. Quruq aralashmaning qalinligi kerakli marmar qalinligidan 2 baravar qalin bo’lishi kerak. Ramkani to’ldirib turgan quruq aralashmani kelma yoki reyka bilan tekislanadi va yupqa doka bilan yopiladi. Keyin yelim qorishma bilan to’la to’yinguncha to’yduriladi. Sepish usulidan tashqari marmar xamiri shitga tayyor gips xamiri xaltali qatlamlar bilan joylashtirilishi mumkin. Buning uchun asosiy fon rangi tushiladi, keyin boshqa belkurak bilan marmar rasmi joylashtirila boriladi. Dog’li rasmli marmar olish uchun qatlamga boshqa rangdagi hamir tushaladi. Marmar xamirini yuza qismiga tushamadan oldin uni suvoq, gips aralashmasi bilan surkaladi. Shundan keyin shitda tayyorlangan gips xamiri yuza qatlamiga olib kelinadi va uni devorga qaratib quyib gruntga qattiq bosiladi. Shitni yechib olinadi, hamipni esa xaltaning uchlari bilan ushlab turiladi, belkurak bilan tekislanadi va kul bilan urib chiqiladi. Qatlamning bazi joylarida qolib ketgan xavo belkurak teshik qilinib xavo chiqarilib yuboriladi. Marmar xamirini yuzaga belkurak bilan ham quyish mumkin. Asosiy fon xamiri kul bilan tushaladi. Rasm solish uchuy kerakli rangdagi past hamir ustidan kesilgan bo’laklarga quyiladi. Arxitektura detallari marmar xamiridan qilinishi mumkin. Mapmarning qotishi jarayonidan 2-3 soatdan so’ng usti tozalanadi. Yuzasini shlifovka 20 qilishda suv bilan namlanadi. Tekismas joydarda yoki yoriqlar paydo bo’lgan bo’lsa gips qorishmasidan shpatellash mumkin. Keyingi jarayon bu marmarni polirovkalash. Yuza yelim qorishma bilan qoplanadi va 1-2 kun davomida uni qora oselka bilan polirovka qiladi. Bu jarayon natijasida suv bilan namlanadi. 6-7 kunlik quritishdan keyin sun’iy marmarni yaltiraguncha voskali pasta bilan tozalanadi. Oselkali sun’iy marmar portlandsementdan tayyorlanishi ham mumkin. Download 3.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling