Referat mavzulari ro’yxati
Download 3.6 Mb. Pdf ko'rish
|
PARDOZ UMK (2) (2)
Mustahkamlik. Issiqlik izolyasiya materiallarida yuqori g‘ovaklik boshqa
qurilish materiallariga ko‘ra kichik mustahkamlikni ta’minlaydi. Issiqlik izolyasiya materiallarining mustahkamligi ko‘pincha 1-2 dan to 10-15 kg/sm 2 gacha tebranadi. Ayrim materiallar 50 kg/sm 2 gacha, alohida materiallar esa 100kg/sm 2 gacha va undan yuqori mustahkamlikka egalar. Bu materiallarining ko‘pi kam mustahkamligidan ularni ko‘taruvchi qurilish konstruksiyalari uchun qo‘llashga imkon bermaydi. Faqat ayrim mustahkamroq issiqlik izolyasiya materiallari o‘zini ko‘taruvchi konstruksiyalar bo‘lishi mumkin. Issiqlik izolyasiya materiallar mustahkamliligi ularning g‘ovakligiga bog‘liq: g‘ovakk oshishi bilan, qoida bo‘yicha, material mustahkamliligi pasayadi. Shu bilan bir vaqtda issiqlik o‘tkazuvchanlik ham kamayadi. Ammo issiqlik o‘tkazuvchanlikning kamayishi issiqlik izolyasiya materiallar sifatiga ijobiy, mustahkamlilikni kamayishi esa, salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun, issiqlik izolyasiya materiallarni ishlab chiqarishda faqat yuqori g‘ovak va kichik issiqlik o‘tkazuvchanlikka erishishga intilishgina emas, balki omborga joylash, transportirovkalash va ularni issiqlik izolyasiya va qurilish konstruksiyalarda qo‘llash uchun yetarli mustahkamlilikni ta’minlash kerak. Issiqlik izolyasiya materiallar mustahkamliligi - mustahkamlilik chegaralari ko‘rsatkichlari bilan xarakterlanadi: siqishda R siq , egilishda R eg va cho‘zilishda R cho‘z . Odatda issiqlik izolyasiya g‘ovakaksimon materiallar mustahkamliligini aniqlashda R siq kattaligi bilangina chegaralanadi. Tolasimon tuzilishga ega mahsulotlar mustahkamligi ko‘pincha R eg kattaligi bilan aniqlanadi. Issiqlik izolyasiya materiallar mustahkamligini baholashda ularning hajmiy og‘irligi qiymatini hisobga olish zarur. Shuning uchun, mustahkamlilikni to‘liq xarakteristikasi sifatida konstruktiv sifat koeffitsienti K xizmat qilishi mumkin, u R mustahkamlilik ko‘rsatkichining material hajmiy og‘irligi Y 0 ga munosabatini aks ettiradi. Hisoblash qulayligi uchun mustahkamlilik ko‘rsatkichini hajmiy og‘irlik kattaligiga nisbati 100 ga ko‘paytiriladi: K=(R:Y 0 )100. Masalan ko‘pik shisha va avtoklav ko‘pikbetoni siqishda bir xil mustahkamlilik chegarasiga ega, ya’ni 10 kg/sm 2 , bunda ko‘pik shishani hajmiy og‘irligi 200 kg/m 3 , ko‘pikbetonnik esa 400 kg/m 3 . Shuning uchun, konstruktiv sifat koeffitsienti ko‘pik shisha uchun (10:200)100=5, ko‘pikbeton uchun (10:400)100=2,5 ga teng. Shunday qilib, ko‘pik shisha issiqlik izolyasiya material sifatida ko‘pikbetonga nisbatan ikki baravar yaxshiroq konstruktiv sifatga egadir. Namlik. Issiqlik izolyasiya materiallarning yuqori g‘ovak tuzilishi ularni kapilyar va gigroskopik namlashga yordam beradi, bu esa materialning asosiy xususiyatlari: issiqlik o‘tkazuvchanlik, mustahkamlilik, sovuqqa chidamlilik, biochidamliklarni yomonlashtiradi. 40 Namlik – materiallarni namlanish darajasini xarakterlaydi. Materiallardagi namlik miqdori og‘irlik yoki hajm bo‘yicha foizlarda ifodalanadi. Agar materialning og‘irlik namligi W n ma’lum bo‘lsa, hajmiy namlik W ob ni quyidagi formula bo‘yicha hisoblash mumkin: W ob = 1000 О н W , bu yerda Y 0 – materialning hajmiy og‘irligi, kg/m 3 larda. Misol. Sovelit mahsulotlar og‘irlik namligi 10% ga teng. Bunday mahsulotlar hajmiy namligi, ularning hajmiy og‘irligi 400 kg/m 3 ga teng bo‘lsa: W ob = % 4 1000 400 10 1000 О Н W , Namlikning og‘irlik ifodasida absolyut va nisbiy namlikning farqlash kerak. Absolyut namlik Wa- materialdagi namlik og‘irligining absolyut quruq holatdagi og‘irligiga munosabatidir. Nisbiy namlik Wo- materialdagi namlik og‘irligining nam holatdagi material og‘irligiga munosabatidir. Absolyut va nisbiy namlik kattaliklari odatda foizlarda ifodalanadi. Absolyut namlikni nisbiyga va aksincha o‘tqazish uchun quyidagi formulalar ishlatiladi: ; 100 100 Wa Wa W O Wo Wo W a 100 100 . Absolyut namlikning sonli qiymati har doim nisbiy namlik kattaligidan kattadir. Bunda kattaliklar o‘rtasidagi farq material namligi ortishi bilan ortadi. Misol. Sovelit mahsulotlar va sovelit pastalarning nisbiy namligi mos ravishda 10% va 70% ga teng bo‘lganda, absolyut namlikni foizlarda ifodalash. Formulalarni qo‘llab, quyidagilarni aniqlash mumkin: mahsulotlar uchun 11 10 100 10 100 Wa %; pasta uchun % 230 70 100 70 100 Wa . Issiqlik izolyasiya materiallarda yuqori g‘ovak tuzilishi sababli absolyut namlikni aniqlash to‘g‘riroqdir, ammo hozirgi vaqtda bu materiallarining nisbiy namligi ko‘pincha ishlatiladi. Issiqlik izolyasiya materiallarning suv shimuvchanligi - ularning asosiy xarakteristikalaridan biridir. Yopiq g‘ovak mahsulotlar o‘zaro bog‘liq g‘ovaklarga ko‘ra kam suv shimadi. Suv shimuvchanlik faqatgina kapillyar tuzilishgagina emas, balki sorbsion(yutilish) va boshqa xususiyatlarga bog‘liqdir. Organik tuzilmali issiqlik izolyasiya materiallar noorganik tuzilmalarga ko‘ra, ko‘proq suv shimish qobilyatiga ega. Xom ashyoni qayta ishlashning ayrim usullarni qo‘llab, suv shimuvchanlik qobilyatini pasaytirishi mumkin. Masalan, QMQ bo‘yicha oddiy torfli izolyasiya plitalarda suv shimuvchanlik 180% ga yetishi mumkin, agarda torfni maxsus to‘yintirilsa, u xolda plitalar suv shimuvchanlik 50% gacha kamayadi. Bunday torf plitalar suvga chidamli deyiladi. 41 Ko‘p suv yutish qobiliyati issiqlik izolyasiya materiallarining salbiy tomoni hisoblanmaydi. Energetik uskunalar izolyasiyasi uchun qo‘llanuvchi mahsulotlar normal ekspluatatsiya sharoitlarida namlanmaydi. Konstruksiyalardagi oddiy xizmat sharoitlarida, masalan, binolarning tashqi devorlarida namlanishi mumkin bo‘lgan materiallar uchun katta suv yutish qobiliyati uning chidamlilik va issiqlik ximoya xususiyatlariga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Download 3.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling