Referat mavzulari ro’yxati
Download 3.6 Mb. Pdf ko'rish
|
PARDOZ UMK (2) (2)
Q
Q Q bo‘ladi. Yaxshi issiqlik izolyasiyasida kattaligi 95-97% ga etadi. Issiqlik izolyasiyasini o‘rnatishning boshlang‘ich harajatlari juda tez, qoida bo‘yicha, bir yildan kam vaqtda o‘zini oqlaydi. Issiqlik izolyasiyasi sanoat uskunalari va truboprovodlarni faqat issiqlik sarfi va sovuqdan saqlabgina qolmasdan, ko‘pgina hollarda ishlab chiqarish rejimlarini barqarorlashtirish va texnologik jarayonlarini intensifikatsiyalashga yordam beradi. Masalan, elektr stansiyalar bug‘li turbinalarining issiqlik izolyasiyasi yaxshi bo‘lmasa, turbinadardagi podshipniklarning kuchli tebranishi tug‘iladi, bu esa uni ishga tushirish va ekspluatatsiya qilishga to‘sqinlik qiladi. Temir-yo‘l transportida issiqlik izolyasiyasi harakatdagi vagonlarda ishlatiladi, masalan yo‘lovchi va izotermik vagonlar. Issiqlik izolyasiya sanoati uchun tabiiy xom ashyoning ko‘p sonli turlari va boshqa sanoat tarmoqlarining turlicha chiqindilari – xom ashyo bazasi hisoblanadi. Barcha mumkin bo‘lgan tog‘ jinslari mineral paxta va uning asosida issiqlik izolyasiya mahsulotlar ishlab chiqarish uchun xom ashyo bo‘lib xizmat qiladi: bazalt, granit, diabaz, diorit, traxit va boshqa vulqonsifat jinslar; dolomit va mergal. Noorganik issiqlik izolyasiya materiallarini ishlab chiqarish uchun xom ashyo resurslarining turlari, sanoat chiqindilari ichida birinchi o‘rinni metallurgiya, domna shlaklari egallaydi. Domna shlaklari mineral paxtasini ishlab chiqarish uchun amalda tuganmas xom ashyo zahirasini tashkil qiladi. TES bug‘li o‘choqlarida changsimon yoqilg‘i yoqishda hosil bo‘lgan kulni issiqlik izolyasiya betonlar tayyorlash uchun ishlatiladi. Organik issiqlik izolyasiya materiallarni ishlab chiqarish uchun xom ashyo sifatida yog‘och, torf, alohida turdagi qishloq xo‘jalik ekinlari pichani, hamda ayrim yovvoyi ekinlarning poyalari, masalan qamish ishlatiladi. Issiqlik izolyasiya plastmassalar turli kimyoviy tarkibi sintetik smolalaridan fenol, polistirol va boshqa tarkiblar ishlab chiqiladi. Issiqlik izolyasiya materiallarni tayyorlash uchun xom ashyoni kompleks qo‘llash va shu asosda issiqlik izolyasiya materiallar ishlab chiqarishni boshqa ishlab chiqarish bilan kooperatsiyalashni amalga oshirish tavsiya qilinadi. Masalan domna shlaklaridan mineral paxtani metallurgiya kombinatlarida, shisha tolalarini shisha zavodlarida, yog‘och tolali va fibrolit plitalarni uy-joy qurish kombinatlarida, gazslangan plastmassalarni esa kimyo sanoati korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil qilish foydalidir. Issiqlik izolyasiya materiallar sanoatini yaqin yillarda rivojlantirishning asosiy masalalari: a) xom ashyo bazasini kengaytirish; 9 b) issiqlik izolyasiya materiallar ishlab chiqarishni oshirish va sifatini yaxshilash maqsadida ishlab chiqarish texnologik jarayonlarini mukammallashtirish; v) yuqori samarali texnologik uskunalar bilan korxonalarni ta’minlash; g) to‘liq zavod tayyorligi bilan issiqlik izolyasiya mahsulot va konstruksiyalarni ishlab chiqishga o‘tish va ulardan qurilish maydonchalari va montaj uchastkalarida issiqlik izolyasiya moslamalarni yig‘ish (montaj qilish); d) ishlab chiqarishda mehnatning xavfsiz va sog‘lom sharoitlarini ta’minlash. Sopol buyumlar O’zbekistonda qadimgi zamonlardan beri keng ishlatilib kelingan. XIII-XV asrlarda Amir Temur, Ulugbek davrlarida qurilgan va butun dunyoga mashhur bo’lagan tarixiy yodgorliklar bunga misol bo’ladi. Qadimiy Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlaridagi tarixiy obidalarda asosan pardozbop gishtlar, yuzi sirlangan qoplama taxtachalar ishlatilgan. Bunday ashyolarning mustahkamligi, chidamliligi, rangi, ko’rkamligi hozirgacha yaxshi saqlanib qolgan. Pardozbop taxtachalar va gishtlar hozirgi kunda ham binolarning fasadlarini (old qismini) bezashda keng ishlatilmoqda. Bunday taxtachalar Respublikamizdagi ko’pgina yirik binolarda, uy-joy qurilishida ishlatilmoqda. Masalan: Toshkentdagi san’at muzeyi, Alisher Navoiy nomli teatr binosi, Toshkent sirki, Paxtakor metro stansiyasi. Xalqlar do’stligi muzeyi bir qator turar-joy binolari va x.k.larda pardozbop ashyo sifatida har xil sopol plitkalar, pardozbop gishtlar ishlatilgan. Download 3.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling