Referat mavzulari ro’yxati


Takrorlash uchun savollar


Download 3.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/151
Sana06.11.2023
Hajmi3.6 Mb.
#1751897
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   151
Bog'liq
PARDOZ UMK (2) (2)

Takrorlash uchun savollar: 
1. Issiqlik izolyasiya materiallari deb nimaga aytiladi? 
2. Issiqlik izolyasiya materiallarining qurilishda qo’llanilishi haqida gapiring. 
3. Issiqlik izolyasiya materiallarini rivojlantirish yo’llari. 
Ma’ruza.№ 2 
Mavzu: Fanning “Beton to‘ldiruvchilari texnologiyasi ”va boshqa fanlar 
bilan o‘zaro bog‘liqligi. 
Reja: 
1. G‘ovak to‘ldiruvchilar asosidagi yengil betonlar to‘g‘risida tushuncha. 
2. Pardozlash va issiqlik izolyasiya materiallarining boshqa fanlar bilan o‘zaro 
bog‘liqligi. 
3.Keramzit ishlab chiqarish texnologiyasi va qo‘shimchalar. 
 
Tayanch iboralar: beton, sement, keramzit, marmar, plitka, pigment, ohak, 
qum, gulli pol, kamporit, karboporit , keramporit, barxan qumlari. 
Respublikaning asosiy tarmoqlari orasida qurilish materiallari salmoqli o‘rin 
egallaydi. Bu esa o‘z xom ashyo bazasiga egaligimiz, sanoat, qurilish materiallari va 
uy joy konstruksiyalariga bo‘lgan yuqori ehtiyoj va malakali mutaxassislarning borligi 
bilan belgilanadi.
Respublikamizda temirbeton konstruksiyalarini g‘ovak to‘ldiruvchilar asosidagi 
yengil betonlardan tayyorlash talab qilinadi. Toshkent arxitektura qurilish instituti 
professori L.M.Botvina va uning shogirdlari tomonidan Respublika xom ashyo bazasi 


10 
asosida sun'iy g‘ovak to‘ldiruvchilar (keramporit, barxan qumlari asosida olinadigan 
yengil to‘ldiruvchilar, kamporit, karboporit va boshqalar)ni ishlab chiqarish 
texnologiyalari ishlab chiqilgan. Bu sun'iy g‘ovak to‘ldiruvchilarni ishlab chiqarish va 
ulardan samarali beton va konstruksiyalarini olish dolzarb vazifadir. Bular ma'lum 
miqdorda binolarni yengillashtirish masalalarini hal qiladi. Konstruksiyalarini
yengillashtirish armatura va sement miqdorini tejashga, konstruksiyalarni ko‘ndalang 
kesimini kamayishiga va ularning oralig‘ini uzaytirishga olib keladi.
Beton to‘ldiruvchilarini ishlab chiqarishni rivojlantirishda asosiy yo‘llanmalar 
quyidagilar bo‘lishi kerak: to‘ldiruvchilar sifat darajasi va samarasini oshirish; ishlab 
chiqarishda mehnat sarfini kamaytirish, yuqori sifatli to‘ldiruvchilarni ko‘plab ishlab 
chiqarishni tashkil etish, beton to‘ldiruvchilarini ishlab chiqarish texnologiyasini 
tubdan yaxshilash uchun eng zamonaviy texnologik jarayonlarni keng ko‘lamda
tadbiq qilish; yuqori unumdor avtomatik uskunalarni ishlatish; to‘ldiruvchilar 
hossalarini aniqlashda xom ashyo mahsulotlarning sifatini boshqarish va nazorat 
sistemasini eng sifatlisini qo‘llash; hisoblash texnikasidan keng foydalanish; 
chiqindiga chiqarmaydigan va resurslarni tejamlash texnologiyasini qo‘llash; sanoat 
chiqindilari va ikkilamchi mahsulotlarni keng ko‘lamda qo‘llash; ishchi, energiya va 
material resurslarini tejamkorligini oshirish maqsadida ishlab chiqarish rezervlaridan 
foydalanish darkor.

Download 3.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling