Referat mavzulari ro’yxati
Yog’och tolali plitalar turlari va xususiyatlari
Download 3.6 Mb. Pdf ko'rish
|
PARDOZ UMK (2) (2)
Yog’och tolali plitalar turlari va xususiyatlari. Yog’och tolali plitalar deganda,
yog’ochni ketma-ket tolasimon massaga maydalash, qoliplash berish va issiqlik bilan qayta ishlash yo‘li bilan olinuvchi yirik o‘lchamli plita yoki listlar tuShuniladi. Yog’och tolali plitalar turli xususiyatlar bilan ishlab chiqariladi, bu xususiyatlar ularni faqat issiqlik izolyasiya materiallar sifatidagina emas, balki konstruktiv, bezak va akustik maqsadlarda ishlatishga imkon beradi. Mustahkamlik, hajmiy og‘irlik, g’ovak va boshqa xossalarga ko‘ra, yog’och tolali plitalar ikki guruhga bo‘linadi: a) izolyasion, yuqori g‘ovak, vakuum-qoliplash va quritish yo‘li bilan Yog’och tolali massadan olinadi; b) qattiq, yuqori zichlikka ega, yog’och tolali massadan vakuum-qoliplash va issiq presslash yo‘li bilan olinadi. Izolyasion plitalar izolyasion va izolyasion-bezaklilarga, qattiq plitalar esa yarim qattiq va juda qattiqlarga bo‘linadi. Hajmiy og‘irlik. Plitalarni alohida turlarga kiritish uchun asosiy ko‘rsatkich sifatida hajmiy og‘irlik xizmat qiladi. Izolyasion guruhga kiruvchi plitalarda barcha issiqlik izolyasion materiallarda qabul qilingani kabi, hajmiy og‘irlikning yuqori chegarasi; qattiq(presslangan) plitalar guruhida – hajmiy og‘irlikning quyi chegarasining mumkin bo‘lgan qiymatlari o‘rnatiladi. Alohida tur plitalar uchun tashqi belgi – bu zichlik darajasiga bog‘liq bo‘lgan qalinlikdir; zichlik qanchalik kam bo‘lsa, plitalar shunchalik qalin bo‘ladi. Izolyasion plitalar 8 dan 25 mm gacha, qattiq plitalar esa 3 dan 8 mm gacha qalinlikka ega. Plitalar uzunligi va bo‘yi ham zichlik darajasiga bog‘liq: eng zich plitalar katta mustahkamlik va katta o‘lchamga ega. Qattiq plitalar uzunligi 3600 mm gacha va eni 1800 va 1600 mm bo‘lishi mumkin. Bu o‘lchamlar chegaraviy emas va kattalashishi ham mumkin. 96 Yog’och tolali plitalarning katta o‘lchamlari ularning qurilish mahsulotlari sifatidagi afzalliklaridan biridir. Shunga ko‘ra, yog’och tolali plitalarni devorlar uchun ishlatish katta mehnat sarfi talab qilmaydi va qurilish montaj ishlarini industrlashga yordam beradi: xonadagi devorni o‘rnatish uchun odatda xona balandligiga teng 2-3 uzunlikdagi plitalarni qo‘yish talab qilinadi. Yog’och tolali plitalarning fizik-mexanik xususiyatlar harakteristikasi quyidagi jadvalda keltirilgan. Yog’och-tolali plitalar xususiyatlar ko‘rsatkichlari 3-jadval Xususiyatlar Plita turlari izolyasion izolyasion bezakli yarim qattiq qattiq juda qattiq Hajmiy og‘irlik kg/m 3 250 dan ortiq emas 350 dan ortiq emas 400 dan kam emas 850 dan kam emas 950 dan kam emas Bukishdagi mustahkamlik chegarasi kg/sm 2 , kam emas 12 20 150 400 500 Issiqlik o‘tkazuvchanlik 0.06 0.08 K u z a t i l m a g a n koeffitsienti kkal/m•soat•grad Hajmiy og‘irligi 150 kg/m 3 gacha bo‘lgan izolyasion plitalarda bukishdagi mustahkamlik chegarasi 4 kg/sm 2 dan kam emas va issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti 0,047 kkal/m•soat•grad dan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Plitalarni ishlatish chegaraviy harorati 100 0 C ga teng. Issiqlik izolyasiya va akustik maqsadlar uchun yog’och tolali plitalarning ikki turi mo‘ljallangan: izolyasion va izolyasion-bezakli. Qattiq guruhga kiruvchi yog’och tolali plitalarni qurilishda bezak va konstruktiv materiallar, hamda mebel ishlab chiqarishda ishlatiladi. Issiqlik texnik xossalar. Yog’och tolali plitalarni issiqlik o‘tkazuvchanligi, boshqa materiallar singari, ularning g‘ovakligiga bog‘liq: g’ovak oshishi bilan issiqlik o‘tkazuvchanlik kamayadi. Hajmiy og‘irligi 250 kg/m 3 bo‘lgan issiqlik izolyasion plitalar g‘ovakgi taxminan 80% ga yaqin. Qattiq plitalar g‘ovakgi izolyasion plitalarga ko‘ra, taxminan 2 marta kichik. Mayda va shu bilan birga bir tekis taqsimlangan g’ovak bunday plitalardagi past issiqlik o‘tkazuvchanlikning asosiy sababchisidir. Yog’och tolali izolyasion plitalar issiqlik o‘tkazuvchanligi ularning namligiga bog‘liq. Qurilishda pardoz ishlari uchun ham foydalaniladi. Yog’och juda sifatli va ko’rkam materialdir. Hozirgi vaqtda Uzbekistonda yog’och zahiralari juda kamdir. Shuning uchun chet el davlatlardan yog’och materiallari olib kelinadi. Pardozbop materiallar 97 yog’ochdan turli xil dizayn ko’rinishidagi buyumlar tayyorlanadi. Ular binoga chiroy va ko’rkamlik baxsh etadi. Ularga: parket pollar ham kiradi. Parket pollar ham har xil bo’ladi: parket doskalar, mozaikali parketlar, parketli shitlar va donali parketlar. Ular dub, buk, yasen, klenlardan olinadi. Parket doskalar 1200:300 mmgacha uzunlikda va 145:202mm eniga, qalinligi 25:18mm dan ishlab chiqariladi. Ustki qismi qattiq yog’och bilan qoplanadi. Yuzasi laklanib tekislanadi. Ular asosan yog’och qoldiqlaridan qilinadi. Parket doskalar pollar kabi yog’och balkali plitalarga yoki temirbeton yopmalarga yotqiziladi. Ular yaxshi tovush izolyasiyasida xizmat qiladi. Mozaikali parketlar hozirgi paytda keng tarqalgan yopma poldir. Bu xil parketlar ishlab chiqarish oddiyligi va iqtisodiy samaradorligi, turli xil bezaklari bilan pol uchun xizmat qiladi. Ular tushalganda kvadrat shaklida bo’ladi. 400x400mm, 480x480mm, 600x600mm. Ular ikki xil ko’rinishda bo’ladi: 1. Ustki qismida kraft-qog’oz yopishtirilgan xolda, ular tushalgandan keyin yuzasi olib tashlanadigan yoki parket pol tushalgandan keyin yuzasi olib tashlanmaydigan qilib tushaladi. Mozaikali parket pol asosi yaxshi tukilgan va bir xil o’lchamda bo’lishni talab qiladi. U sement qumli tushamaga suv va kley aralashmasi bilan yopishtiriladi. Ularning o’lchamlari yog’och materialdan chiqqan ortikcha yog’ochlardan turli me’morlarga pol kurinishini har xil turlarda, kompozitsiyasini boyitishga yordam beradi. Shuning uchun o’lchami katta bo’lmagan parketlar har xil ko’rinishdagi archa shaklida, shashka shaklida va har xil ranglarda foydalanilishi mumkin. Parket shitlar parket doskalar kabi turli xil o’lchamda iglab chiqariladi. Bu tur parketlar mehnatni ko’p talab etganligi va iqtisodga tejamliligi bo’lganligi sababli qurilishlarda kamroq ishlatiladi. Shitlar yuza qismi va asosdan iborat. Ustki qismi ortiqcha yog’ochdan qilinadi, asosi esa fanerlar yoki yog’och plitalardan qilinadi. Konstruksiyasiga qarab ular har xil reykalardan tashkil topgan va asosi perpendikulyar reykalardan qilingan tiplarda bo’ladi. Parket shitlar ramkali va reykali asoslari qalinligi 30-40mm, chunki ularga yaxshi forma yetkazilganda qulay bo’lishi uchun yog’och plitalardan tashkil topgan asosli 20- 30 mmli bo’ladi. Ular sementli qum ustida yaxshi yotqiziladi. Reykalarning qalinligi asosi ikki reykali shitlar uchun 40 mm bo’lishi kerak. Ularning ustki qismi qimmatbaho yog’ochdan bezatiladi. Donali parketlar yuqori sifatli va qimmatbaho yog’ochdan qilingan materialdir. U to’g’ri burchakli o’lchamlari, uzunligi 150: 500 mmgacha, eni 30: 90 mm, qalinligi 15: 18mm bo’ladi. Ularning ustki qismi shunday chiqarilganki, ular yotqizilgandan keyin tozalanadi va tekislanadi. Toza pol ostidagi asos betonli, yog’ochli va boshqa xillar bo’lishi mumkin. Yog’ochli asosga parketlar mix bilan qoqiladi va boshqa xil asosga ega, kley yoki mastika bilan yopishtiriladi. Donali parket qurilish talablariga buncha yaxshi javob bermaydi. Qurilishda yog’och materialdan ya’ni yunib tayyorlangan pardoz uchun ishlatilgan buyumlar ham foydalaniladi. Bularga: metall va yog’ochdan yasalgan zinapoyalarga va balkonlarga tutkichlar, pol uchun plintuslar, deraza va oynalarga nalichniklar, tushama devor va potoloklarga, deraza osti doskalar. Yunib tayyorlangan detallar yumshoq barglilar olxa, beryoza, osinalardan qilinadi. Bu materialar uzug’ligiga kengayadigan qilib chiqariladi. Ularni lestvennitsa, el, pixta va tersisdan qilinishiga yo’l qo’yilmaydi. Ikki xil profillilar tavsiya qilinadi, 74 mm.li va 54 mm.li. Plintuslar 4 xil bo’ladi. Ikkita bo’yicha uzaytirilgan (54mm) va ikkita qisqa (38, 25 mm). 98 Deraza va eshik romlariga tutqichlar qilinadi. Ular asosan qarag’aydan qilinadi. Ular 2 xilda: keng 74mm gacha va ingichka 34 mm gacha qilinadi. Ular maxsus aralashmalarga to’yintiriladi, laklanadi va bo’yaladi. Ular turli yog’ochlardan balki qoldiq reykalardan qilinadi. Deraza osti doskalari sosna va eldan tayyorlanadi. Ular 2 xilda chiqariladi. Uzunligi 700x1600mm gacha, qalinligi 34mm va uzunligi 1900:2800 mm gacha, qalinligi 42mm. Deraza osti doskalari yopishtirilgan bruslardan tayyorlanadi. Oldindan yunib tayyorlangan detallar - tutqichlar, plintuslar, nalichniklar va deraza osti doskalar ikki marta bo’yaladi. Fanerlar yupqa yog’och qatlamlari tolalarini bir-biriga tik quyib yYelim bilan yopishtirib tayyorlanadi. Bu qatlamlar yuqori sifatli, tanasi to’g’ri bo’lgan qattiq, zirk daraxti, terak hamda qaragaydan ishlanadi. Maxsus dastgohlarning keng va juda o’tkir pichogi yordamida aylanib turuvchi haridan yupqa qatlam faner shponi ishlanadi. Fanerning o’lchamlari 72,5x183sm, qalinligi 0,15: 1,2 sm bo’ladi. Faner tayyorlashda ishlatiladigan yYelim xossalariga qarab u suvga chidamsiz va suvga chidamli xillarga bo’linadi. Suvga chidamlisi qayin daraxtining shponidan tayyorlanadi, bunday fanerning shponlari maxsus sintetik smolalardan olingan yelimlar bilan yopishtiriladi va 7, 9, 11 qatlam bo’ladi. Oq qayin yog’ochdan ishlangan shponlarni pakelit yelimlari bilan yopishtirib fanerlar olinadi. Ular BFS, BFV-1, BFV-2 markalarga bo’linadi. Organik issiq izolyasiya materiallariga tolali plitalar (DVP) fibrolit, torf plitalar, qamish plitalar va ko’pchitilgan plastmassalar kiradi. Download 3.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling