Referat mavzulari ro’yxati
Download 3.6 Mb. Pdf ko'rish
|
PARDOZ UMK (2) (2)
Fibrolit
Yog’och tolali va mineral bog’lovchi asosida presslash yo’li bilan olinadi. Issiqdan izolyasiya, akustik material sifatida ishlatiladi. Urtacha zichligiga ko’ra markalari 300, 350, 400, 500. Govakligi 77-87%. Egilishdagi mustaxkamligi 0,4-1,2 MPa. Suv shimuvchanligi zichligiga boglik bulib quruq holatda 0,099-0,151 vt m 0 C. Namlik oshishi bilan issik o’tkazuvchanligi oshadi. Namlik 1% ga oshsa (xajmga nisbatan) issik o’tkazuvchanlik 5-14% oshadi. Fibrolitning tuzilishi ochik govaklardan iborat bulgani uchun tovush yutuvchanligi yaxshi tovush yutish koeffitsienti – 0,4. O’tga chidamliligi ga ko’ra qiyin yonadigan material hisoblanadi. Ishlov berish oson, buyash, suvoq qilish mumkin. Ishlab chiqarish usuli: nam va quruq usul. Ko’proq quruq usul ishlatiladi. Ishlab chiqarish texnologiyasi: 1. Xom ashyoni tayyorlash-yog’ochni tolalarga ajratish, quritish. 2. Aralashma tayyorlash-yog’och tolasi sement bilan aralashtiriladi yog’och:sement 1:2,3gacha. Shixtaga qo’shiladigan suv miqdori 45-50%. 3. Qoliplash. 4. Issiq ishlov berish. 100 Qurilishda pardoz ishlari uchun ham foydalaniladi. Yog’och juda sifatli va kurkam materialdir. Hozirgi vaqtda O’zbekistonda yog’och zaxiralari juda kamdir. Shuning uchun chet el davlatlardan yog’och materiallari olib kelinadi. Pardozbop materiallar yog’ochdan turli xil dizayn kurinishidagi buyumlar tayyorlanadi. Ular binoga chiroy va kurkamlik baxsh etadi. Ularga: parket pollar xam kiradi. Parket pollar xam xar xil buladi: parket doskalar, mozaikali parketlar, parketli shitlar va donali parketlar. Ular dub, buk, yasen, klenlardan olinadi. Parket doskalar 1200:300 mmgacha uzunlikda va 145:202 mm eniga, qalinligi 25:18 mm dan ishlab chikariladi. Ustki kismi qattiq yog’och bilan qoplanadi. Yuzasi laklanib tekislanadi. Ular asosan yog’och qoldiqlaridan qilinadi. Parket doskalar pollar kabi yog’och balkali plitalarga yoki temirbeton yopmalarga yotqiziladi. Ular yaxshi tovush izolyasiyasida xizmat qiladi. Mozaikali parketlar hozirgi paytda keng tarqalgan yopma poldir. Bu xil parketlar ishlab chiqarish oddiyligi va iqtisodiy samaradorligi, turli xil bezaklari bilan pol uchun xizmat qiladi. Ular tushalganda kvadrat shaklida bo’ladi. 400x400 mm, 480x480 mm, 600x600 mm. Ular ikki xil ko’rinishda bo’ladi: 1. Ustki qismida kraft-qog’oz yopishtirilgan holda, ular tushalgandan keyin yuzasi olib tashlanadigan yoki parket pol tushalgandan keyin yuzasi olib tashlanmaydigan qilib tushaladi. Mozaikali parket pol asosi yaxshi tukilgan va bir xil o’lchamda bo’lishni talab qiladi. U sement qumli tushamaga suv va kley aralashmasi bilan yopishtiriladi. Ularning o’lchamlari yog’och materialdan chiqqan ortiqcha yog’ochlardan turli me’morlarga pol ko’rinishini har xil turlarda, kompozitsiyasini boyitishga yordam beradi. Shuning uchun o’lchami katta bo’lmagan parketlar har xil ko’rinishdagi archa shaklida, shashka shaklida va xar xil ranglarda foydalanilishi mumkin. Parket shitlar parket doskalar kabi turli xil o’lchamda iglab chikariladi. Bu tur parketlar mexnatni ko’p talab etganligi va iqtisodga tejamliligi bo’lganligi sababli qurilishlarda kamroq ishlatiladi. Shitlar yuza qismi va asosdan iborat. Ustki qismi ortiqcha yog’ochdan qilinadi, asosi esa fanerlar yoki yog’och plitalardan qilinadi. Konstruksiyasiga qarab ular xar xil reykalardan tashkil topgan va asosi perpendikulyar reykalardan qilingan tiplarda bo’ladi. Parket shitlar ramkali va reykali asoslari qalinligi 30-40mm, chunki ularga yaxshi forma etkazilganda kulay bulishi uchun yog’och plitalardan tashkil topgan asosli 20-30 mmli buladi. Ular sementli qum ustida yaxshi yotqiziladi. Reykalarning qalinligi asosi ikki reykali shitlar uchun 40 mm bulishi kerak. Ularning ustki kismi kimmatbaxo yog’ochdan bezatiladi. Donali parketlar yukori sifatli va kimmatbaxo yog’ochdan kilingan materialdir. U to’gri burchakli ulchamlari, uzunligi 150: 500 mmgacha, eni 30: 90 mm, qalinligi 15: 18mm buladi. Ularning ustki kismi shunday chikarilganki, ular yotqizilgandan keyin tozalanadi va tekislanadi. Toza pol ostidagi asos betonli, yog’ochli va boshqa xillar bo’lishi mumkin. Yog’ochli asosga parketlar mix bilan qoqiladi va boshqa xil asosga ega, kley yoki mastika bilan yopishtiriladi. Donali parket qurilish talablariga buncha yaxshi javob bermaydi. Qurilishda yog’och materialdan ya’ni yunib tayyorlangan pardoz uchun ishlatilgan buyumlar ham foydalaniladi. Bularga: metall va yog’ochdan yasalgan zinapoyalarga va balkonlarga tutkichlar, pol uchun plintuslar, deraza va oynalarga nalichniklar, tushama devor va potoloklarga, deraza osti doskalar. Yunib tayyorlangan detallar yumshoq barglilar olxa, beryoza, osinalardan qilinadi. Bu materialar 101 uzugligiga kengayadigan qilib chiqariladi. Ularni lestvennitsa, el, pixta va tersisdan qilinishiga yul qo’yilmaydi. Ikki xil profillilar tavsiya qilinadi, 74 mm.li va 54 mm.li. Plintuslar 4 xil bo’ladi. Ikkita bo’yicha uzaytirilgan (54 mm) va va ikkita qisqa (38, 25 mm). Deraza va eshik romlariga tutkichlar qilinadi. Ular asosan qarag’aydan qilinadi. Ular 2 xilda: keng 74mm gacha va ingichka 34 mm gacha qilinadi. Ular maxsus aralashmalarga tuyintiriladi, laklanadi va buyaladi. Ular turli yog’ochlardan balki qoldik reykalardan qilinadi. Deraza osti doskalari sosna va eldan tayyorlanadi. Ular 2 xilda chikariladi. Uzunligi 700x1600 mm gacha, qalinligi 34mm va uzunligi 1900:2800 mm gacha, qalinligi 42 mm. Deraza osti doskalari yopishtirilgan bruslardan tayyorlanadi. Oldindan yunib tayyorlangan detallar - tutkichlar, plintuslar, nalichniklar va deraza osti doskalar ikki marta buyaladi. Fanerlar yupqa yog’och qatlamlari tolalarini bir-biriga tik quyib yelim bilan yopishtirib tayyorlanadi. Bu qatlamlar yuqori sifatli, tanasi to’g’ri bo’lgan qattiq, zirk daraxti, terak hamda karagaydan ishlanadi. Maxsus dastgohlarning keng va juda o’tkir pichogi yordamida aylanib turuvchi xaridan yupqa qatlam faner shponi ishlanadi. Fanerning o’lchamlari 72,5x183sm, qalinligi 0,15: 1,2 sm buladi. Faner tayyorlashda ishlatiladigan elim xossalariga karab u suvga chidamsiz va suga chidamli xillarga bo’linadi. Suvga chidamlisi qayin daraxtining shponidan tayyorlanadi, bunday fanerning shponlari maxsus sintetik smolalardan olingan yelimlar bilan yopishtiriladi va 7, 9, 11 qatlam bo’ladi. Oq qayin yog’ochdan ishlangan shponlarni pakelit yelimlari bilan yopishtirib fanerlar olinadi. Ular BFS, BFV-1, BFV-2 markalarga bo’linadi. Download 3.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling