Referat mavzulari ro’yxati
Download 3.6 Mb. Pdf ko'rish
|
PARDOZ UMK (2) (2)
Ma’ruza № 8
Mavzu: Ishlab chiqarishda yo’goch qirindali plitalarni qo’llash. REJA: 1. Yog’och qirindili plitalarni ishlab chiqarishdagi o’rni. 2. Smolalar shartlari. 3. Plitalar xususiyatini yaxshilash uchun xom ashyo. Yog’och qirindili plitalarni ishlab chiqarishda bog‘lovchi modda sifatida termoreaktiv sintetik smolalar xizmat qiladi. Bunday smolalar quyidagi shartlarni bajarishi lozim: a) smolaning mumkin bo‘lgan eng kam sarfida yog’ochning alohida bo‘lakchalarini o‘zaro qattiq yopishtirishi, ya’ni yog’ochga yaxshi adgeziyaga ega bo‘lishi; b) plitalarning issiq presslashda tez qotishi va uzoq muddat xizmat qilishi; v) plitalarning suvga chidamlilik bo‘lishi; g) oqish rangli bo‘lishi, chunki to‘q rangli smolalar plitalarni bo‘yab, keyin ularni fakturasiz qo‘llab bo‘lmaydi; d) hidsiz va toksik aralashmalarsiz bo‘lishi. 104 Bu shartlarga ko‘ra ko‘proq fenol va karbamid smolalar mos keladi. Fenol smolalar karbamidga qaraganda, plitalarga suvga chidamlilik beradi. Shu bilan birga, karbamid smolalar fenol smolalardan arzon, shuning uchun ularni yog’och qirindli plitalar tayyorlashda ishlatilishi foydalidir. Plitalar xususiyatini yaxshilash uchun xom ashyo aralashmaga gidrofobizatorlar, antiseptik va antipirenlar qo‘shiladi. Plitalarning suv shimuvchanligini 5-6% gacha kamaytirish va suvga chidamlilikni oshirish uchun gidrofob qo‘shilmalar sifatida parafinli suv emulsiyasi ishlatiladi. Antiseptiklar sifatida ftorli natriy, natriy pentaxlorfenoliyat va boshqa moddalar xizmat qiladi. Antipirenlar – bu oltingugurt va fosfor kislotalarining ammoniy tuzi yoki buradir. Davriy presslash usuli bilan Yog’och –qirindili bir qatlamli plitalar ishlab – chiqarish texnologik sxemasi Yog’och Smola Bo‘ktirish Gidrofobizator qo‘shish Issiq suv basseyni (parafinli emulsiya) Po‘stloqdan ajratish Antiseptiklar qo‘shish Po‘stoq ajratuvchi baraban (Na F va boshqalar) Shoxlarni arralash Antipirenlarni qo‘shish Balansirli arra (NH 4 ) 2 SO 4 va boshqalar Qirindi olish Yelemli aralashma Qirindi stanogi tayyorlash Qirindilarni quritish Yelemli aralashma miqdori Quritish uskunasi Qirindi seperatsiyasi Seperator Aralashtirish Aralashtirgich Plitalarga shakl berish Nastilkali mashina Plitalarni presslash Ko‘p qatorli press Plita yuzasini bezash Plitalar ombori 105 Tolasimon massani olish yog’ochdan po‘stini shilish, shoxlarni kesish, maydalash va tolasimon massani hosil qilish, navlashdan iborat. Izolyasion plitalarni tayyorlash tolasimon massaga shakl berish va quritishdan iborat. Qattiq plitalar quritilgandan so‘ng yoki quritishsiz termik qayta ishlanadi, bu issiqlik presda preslash va alohida kameralarda “aklimatizatsiya” lash bilan amalga oshiriladi. Yog’och tolali plitala ishlab chiqarish texnologik sxemasi qo‘yida keltirilgan. Yog’och tolali plitalar ishlab chiqarish texnologik sxemasi chiqindi yog’ochlar, qirindilar Yog’ochni po‘stidan ajratish Po‘st ajratuvchi baraban Shoxlarni aralash Mexanik kolumlar Yog’ochlarni tayyorlash Yoruvchi mashinalar Tola olish Difibrator yoki rafinerlar Gidro massani olish Massali baseyenlar Gidro massani to‘yintirish Massali baseynlar Gidro massani qo‘yiltirish Quyultiruvchilar Gidro massaga shakl berish Quyuvchi mashinalar Quritish Issiq presslash Ko‘p yarusli Ko‘p qatlamli press quritish uskunalari Mexanik qayta ishlov Akklimatizatsiya Formatli stanoklar Akklimatizatsiya kamerasi Izolyasion plitalar Mexanik qayta ishlov Formatli stanoklar 106 Plitalarni bo‘yash Bo‘yoq sepish asbobi Izolyasion plitalar Qattiq plitalar Tayyor mahsulot ombori Yog’och tolali plitalarga ishlov berish. Yog’och tolali plitlarning barcha turlari oson mexanik qayta ishlanadi: plitalarni kesish, arralash, hamda unga mix qoqish mumkin. Plitalar yuzasini o‘rnatilgandan so‘ng, bo‘yash yoki oboylar bilan yelimlash mumkin. Yog’och tolali plitalarning turi va vazifasiga ko‘ra, izolyasion plitalar yuzasi, odatda to‘siq konstruksiyalar ichida ishlatiluvchi plitalar qayta ishlanmaydi. Oshxona, vanna va yuvinish xonalari devorlarini bezash uchun qattiq plitalar ishlab chiqarish jarayonida sintetik smolalar bilan to‘ydiriladi va suvga chidamli emal bilan qoplanadi. Natijada plitalar chiroyli tashqi ko‘rinishga ega bo‘lib, keramik plitali devorlarni eslatadi. Suvga chidamlilik. Yog’och tolali plitalarning barcha turlari gigroskopikdir va suv shimadi; yuqori suv shimish xususiyati va gigroskopiklik izolyasion plitalarning katta g‘ovakgi natijasidir. Shimilgan namlik plitalar sifatini buzadi: ular shishadi, o‘z o‘lchamlarini o‘zgartiradi, mustahkamlik kamayib, issiqlik o‘tkazuvchanlik o‘sadi. Bundan tashqari, bunday plitalar yog’ochni yemiruvchi uy zamburug‘lari rivojlanishi uchun qulay muhit yaratadi. Suvga chidamlilikni oshirish uchun tolasimon massani gidrofob moddalar bilan to‘ydiriladi. Akustik xossalar. Yog’och-tolali plitalarni ko‘pincha qurilishda akustik maqsadlar uchun ishlatiladi. Izolyasion plitalarni tovush izolyasiyasi uchun ham, tovush yutish uchun ham ishlatish mumkin. Tovush yutuvchi konstruksiyalarda asosiy qatlam izolyasion yog’och-tolali plitalar, mineral yoki shishavand paxtali mahsulotlardan bajarilib, qattiq plitalar yordamchi (oblitsovka) material sifatida xizmat qilishi mumkin. Yog’och tolali plitalardan tayyorlangan tovush yutuvchi konstruksiyalar bir qatlamli va ikki qatlamli bo‘lishi mumkin: birinchi holda ular teshilgan izolyasion plitalarning faqat bir qatlamidan, ikkinchi holda esa teshik plitalarning ikkitasi o‘zaro yopishtirilgan bo‘ladi. Bunday konstruksiyadagi 12,5-16 mm qalinlikdagi izolyasion plitalar tovush yutuvchi qatlam, 3-4 mm qalinlikdagi qattiq plitalar ko‘pincha dekorativ harakterga ega tashqi qoplamani o‘zida aks ettiradi. Ikki qatlamli plitalar 0,4 dan kam bo‘lmagan o‘rtacha tovush yutish koeffitsientiga (200 dan 2000 gs gacha) ega bo‘lishi kerak. Bir qatlamli tovush yutuvchi plitalar sifatida hajmiy og‘irligi 250-300 kg/m 3 bo‘lgan izolyasion – bezakli plitalar eng qulay hisoblanadi. Teshilgan plitalarda o‘rtacha tovush yutish koeffitsienti (200 dan 2000 gs gacha) 0,4 dan kam emas, ariqchali plitalarda esa 0,3 dan kam emasdir. Hajmiy og‘irligi 180 kg/m 3 va qalinligi 32 mm bo‘lgan maxsus akustik plitalarning tovush yutish koeffitsienti 0,98 gacha etishi mumkin. G‘adir-budur yuzali plitalar silliq plitalarga nisbatan tovushni yaxshi yutadi. Tovush izolyasiyasi maqsadi uchun qoplama materiallar sifatida izolyasion yoki yaxshisi, 20 mm qalinlikdagi izolyasion-bezakli plitalar ishlatilishi mumkin. Download 3.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling