Referat mavzulari ro’yxati


Erituvchilar va suyultiruvchilar


Download 3.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/151
Sana06.11.2023
Hajmi3.6 Mb.
#1751897
TuriReferat
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   151
Bog'liq
PARDOZ UMK (2) (2)

Erituvchilar va suyultiruvchilar. Erituvchilar asosan polimer va kauchukli 
bo‘yoq, lak, emal va boshqa ba’zi bo‘yoq tarkiblar tayyorlashda qo‘llaniladi. Erituvchi 
sifatida ko‘pincha, uglevodorod mahsulotlaridan: atseton, skipidar, benzol, loklar 
kerosini, uayt-spiriti, solvent-naftasi va aralashma eritgich R-4 ishlatiladi.Erituvchilar 
yupqa qatlam hosil qiluvchi pigmentlarni eritmasdan faqatgina bo‘yovchi tarkiblarni 
qovushqoqligini, yopishqoqligini kamaytirish uchun mo‘ljallangan. Suyultiruvchilar 
vazifasini quyuq moyli bo‘yoqlarda alif, suvli emulsiyalarda suv bajaradi. 
AQSHning Perdyu universiteti olimlari binolarni sovitishda mablag‘larni ancha 
tejashga imkon beruvchi bo‘yoq ishlab chiqishdi.


122 
Foto: Free-Photos 
Yangi bo‘yoq o‘zi qoplangan sirtdan 95 foiz quyosh nurini qaytara oladi. 
“Bunday bo‘yoq u bilan bo‘yalgan uyni sovitadi va shu tariqa uyni yozda sovitishga 
ketadigan xarajatlarni kamaytiradi. Bunday uyda konditsionerni kamroq yoqishga 
to‘g‘ri keladi”, deb 
ta’kidlashmoqda
 olimlar. 
Ularning aytishicha, bunday xossaga ega bo‘yoqlar avval ham taqdim etilgan, biroq 
ular quyosh nurlarini kamroq darajada qaytargan. 


123 
Bo‘yoq tarkibida nisbatan arzon va ultrabinafsha nurlarni kamroq yutuvchi kalsiy 
karbonatdan iborat to‘ldirgich va kalsiy karbonatning turli o‘lchamdagi zarralari bor. 
Bu zarralar quyosh nurini yaxshi qaytaradi va salqinlikni uzoq vaqt saqlaydi. 
Olimlar yangi bo‘yoqni ikki kun davomida ochiq havoda sinovdan o‘tkazishgan va u 
bilan qoplangan material atrof-muhit haroratidan 1,7 daraja sovuqroq bo‘lganini 
aniqlashgan. Tungi vaqtda esa ushbu material atrof-muhit haroratidan 10 daraja 
sovuqroq bo‘lgan. 
Quyosh nurlari binolar, fazoviy kemalar va sun’iy yo‘ldoshlarni sovutishning arzon 
uslubiga aylanishi mumkin. Bu holat ularni yorug‘likni filtrdan o‘tkazuvchi bo‘yoq 
bilan bo‘yalsa yuz beradi. Yangilik Isroilning SolCold firmasi mutaxassislari 
tomonidan ixtiro qilindi. 
Issiq ob-havoda konditsionerlardan foydalanish tufayli elektr energiyasini iste’mol 
qilish hajmi oshadi hamda bu energotarmoqlar va foydalanuvchilarning hamyoniga 
jiddiy yuk bo‘lib tushadi. Yaron Shenxav va SolCold firmasidan bo‘lgan uning 
hamkasblari sovutishning elektr energiyasi talab etilmaydigan muqobil usulini o‘ylab 
topishdi. «Bu xuddi muz qatlamini tomga qo‘yib qo‘yishdek gap, u qanchalik qalin 
bo‘lsa, quyosh ham shuncha qattiq qizdiradi», - dedi tadqiqotchi. 
Texnologiyaga lazerli sovutish prinsipi asos qilib olindi: yorug‘lik nurining ma’lum bir 
materiallar bilan o‘zaro harakati haroratni Selsiy bo‘yicha 150 darajaga tushirishi 
mumkin, sababi materiallar molekulalari o‘zlari bilan deyarli bir xil bo‘lgan yorug‘lik 
zarrachalarini singdiradi, hamda ko‘proq energiyaga aylanuvchi yuqori chastotali 
fotonlarni keltirib chiqaradi. Energiya yo‘qotilishi bilan material harorati ham 
pasayadi. 
Shenxav bu texnologiyani quyosh nuri bilan sinab ko‘rishga qaror qildi. «Binoning 
issiqligini singdirish va uni nur ko‘rinishida qayta chiqarish mumkin, - deydi u. – 
Quyosh charaqlab turar ekan, bino sovutilishda davom etadi». 
Muammo shundaki, quyosh spektri lazer nuridan ancha kengroq. Shuning uchun 
olimlar xuddi shu vazifani tarqalgan yorug‘likning bir necha chastotasida bajaruvchi 
materialni yaratishdi. Ular ikki qatlamdan iborat bo‘lgan bo‘yoqni ixtiro qilishdi. 
Uning ustki qatlami ba’zi quyosh nurlarini filtrdan o‘tkazsa, ichkisi issiqlikni nurga 
aylantirib, o‘zini atrofdagidan past haroratga qadar sovutadi. 


124 

Download 3.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling