Referat mavzulari ro’yxati
Download 3.6 Mb. Pdf ko'rish
|
PARDOZ UMK (2) (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Erituvchilar va suyultiruvchilar.
- Polimerli bo‘yoq va tarkiblar Bo‘yoq tarkiblari va xillari.
To‘ldirgichlar
To‘ldirgichlar ko‘pincha oq rangga ega bo‘lib, pigmentlarni tejash, bo‘yoqga alohida xossalar, masalan yuqori mustahkamlik, kislotaga bardoshlik va olovbardoshlik berish uchun erimaydigan anorganik moddalardir. Bo‘yovchi tarkiblar uchun to‘ldirgichlar sifatida kaolin, maydalangan talk, changsimon kvars, asbest changi, slyuda va boshqa xil maydalangan ashyolar ishlatiladi. Kukun to‘ldirgichlar qo‘shilganda bo‘yoq tarkiblarning xususiyatlari bir muncha o‘zgaradi, ya’ni ularning mustahkamligi ortadi, fizikaviy xossalari anchagina yaxshilanadi. Bu esa bo‘yoq tarkibini ko‘pgina moylarda ishlatishga imkon tug‘diradi. Bo‘yoq tarkiblar va buyum sirtini tekislashda tuyilgan talk, qum, changsimon kvars, andezit, diabaz, asbest ishlatiladi, qorishmalar tayyorlashda esa asosan kaolin changi va shunga o‘xshash mayin to‘ldirgichlar ishlatiladi. Erituvchilar va suyultiruvchilar. Erituvchilar asosan polimer va kauchukli bo‘yoq, lak, emal va boshqa ba’zi bo‘yoq tarkiblar tayyorlashda qo‘llaniladi. Erituvchi sifatida ko‘pincha, uglevodorod mahsulotlaridan: atseton, skipidar, benzol, loklar kerosini, uayt-spiriti, solvent-naftasi va aralashma eritgich R-4 ishlatiladi. Erituvchilar yupqa qatlam hosil qiluvchi pigmentlarni eritmasdan faqatgina bo‘yovchi tarkiblarni qovushqoqligini, yopishqoqligini kamaytirish uchun mo‘ljallangan. Suyultiruvchilar vazifasini quyuq moyli bo‘yoqlarda alif, suvli emulsiyalarda suv bajaradi. Polimerli bo‘yoq va tarkiblar Bo‘yoq tarkiblari va xillari. Polimer bo‘yoqlar pigmentlarni polimer yoki perxlorvinil smolasi eritmasidagi suspenziyasi hisoblanadi. Bino va inshootlarning fasadlarini bo‘yashda ko‘pincha kremniy organik emallar, perxlorvinilli bo‘yoq, 127 epoksidli-poliamidli kompozitsiyalar ishlatiladi. Bunday bo‘yoqlar tashqi muhit ta’siriga chidamli bo‘lib, o‘z rangini to 10-12 yilgacha saqlab turadi, uni changdan artish va suv bilan yuvish mumkin. Kauchukli bo‘yoqlar xlorkauchukning erituvchidagi suspenziyasidir. Kauchuk bo‘yoqlar kimyoviy chidamli va yuqori suv chidamlilikga ega bo‘lganligi sababli metall va temirbeton konstruksiyalarini korroziyadan himoyalashda ishlatiladi. Efirsellyulozali bo‘yoqlar nitro-yoki etilsellyulozaning erituvchilardagi aralashmasidir. Bu bo‘yoqlar nisbatan tez quriydi. Download 3.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling