129
tarkibida 40-50% olif bo‘lib, ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlatiladi. Bunday bo‘yoqlarga
masalan: titanli va sinkli belila kiradi. Moy bo‘yoqlar
olif va ularning tarkibiga
kiruvchi pigmentning turi hisobga olib ishlatilishi lozim. Natural olifli bo‘yoqlar
ko‘priklar, gidrotexnik inshootlarda va tayanchlarning po‘lat qurilmalarini, shuningdek
namdan saqlash
niyatida deraza romlari, pollar va boshqa yog’och
elementlarni
bo‘yashda ishlatiladi.
Tabiiy Yelim va anorganik bog‘lovchi moddalar asosidagi bo‘yovchi
tarkiblar
Sementli bo‘yoqlar. Sementli bo‘yoqlarda bog‘lovchi modda oq portlandsement
hisoblanadi. Bular tarkibiga solinadigan pigmentlar ishqorga chidamli bo‘lishi lozim.
Suv saqlash qobiliyatini oshirish maqsadida so‘ndirilgan ohak kukuni va kalsiy xloridi
solinadi, atmosfera ta’siriga chidamli bo‘lishi uchun esa gidrofob moddalar-mыlonaft,
kalsiy stearati solinadi. Sementli bo‘yoqni taxminiy tarkibi (massaga nisbatan %
hisobida): sement-75, so‘ndirilgan ohak kukuni -15, pigment-6, kalsiy xloridi-3,
gidrofob qo‘shimcha-1-1,5. Bu bo‘yoqlar tosh, g‘isht, beton, suvoq va boshqa g‘ovak
ashyolarni bo‘yashda, shuningdek namligi yuqori ichki
xonalarning yuzalarini
ranglash uchun xizmat qiladilar.
Ohakli bo‘yoqlar. Ohakli bo‘yoqlarda bog‘lovchi sifatida so‘ndirilgan ohak
ishlatiladi. Bo‘yoq tarkibida ishqorga chidamli anorganik pigmentlar va oz
miqdorda
qo‘shimchalar–osh tuzi va kalsiy xlor qo‘shadilar. Ohakli bo‘yoq qoplamalar ohakning
karbonizatsiyalanishi tufayli mustahkam bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: