Referat mavzulari ro’yxati
Polimerli emulsion bo‘yoqlar
Download 3.6 Mb. Pdf ko'rish
|
PARDOZ UMK (2) (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Polimersementli bo‘yoqlar.
- Loklar va emal bo‘yoqlar Loklar.
Polimerli emulsion bo‘yoqlar. Polimerli emulsion bo‘yoqlar asosan ikki bir-
birovi bilan aralashmaydigan suyuqliklardan iborat. Ustuvor hamda qatlamlarga ajralmaydigan emulsiya olish uchun emulgator solinadi. Ularga lignosulfonatlar (SDB), sovunnaft, ko‘pik kanifol va boshqalar kiradi. Emulsion bo‘yoqlar zararsiz, ichki va tashqi pardozlash ishlarida ishlatiladi. Polivinilatsetat bo‘yog‘i polivinilatsetatning suvli dispersiyasidagi pigmentdan va dibutilftalat suyultiruvchisidan iborat. Beton, suvoq, yog’ochlarni bo‘yashda ishlatiladi. Akrilatli bo‘yoqlar atmosfera ta’siriga yuqori chidamliligi sababli bino va inshootlarning fasadini, shuningdek nam sharoitda ishlatiladigan binolarni pardozlashda ishlatiladi. Ular oq, qizil va boshqa ranglarda chiqariladi. Suvga chidamli emulsiyali bo‘yoq bilan qoplangan yuzalarni suv bilan sovunlab yuvsa bo‘ladi. Polimersementli bo‘yoqlar. Bunday bo‘yoqlar asosan polimerning suvli dispersiyasi va oq portlandsementdan iborat bo‘lib, unga ishqorlar, quyosh nuriga chidamli pigmentlar va to‘ldirgichlar solinadi. To‘ldiruvchi sifatida ohak uni, talk va shunga o‘xshashlar ishlatiladi. Polimer bog‘lovchi sifatida polivinilatsetat, perxlovinilatsetat yoki perxlorvinil emulsiyasidan foydalaniladi. Bu bo‘yoqlar binolarning ichki va tashqi yuzalarini qoplashda ishlatiladi. Loklar va emal bo‘yoqlar Loklar. Loklar deb sun’iy yoki sintetik smolalarning, bitumning, oliflarning uchib ketuvchi eritmalarda tayyorlangan, yupqa pardasimon qoplama hosil qiluvchi bo‘yoqlarga aytiladi. Biroq yuzaga lokning yupqa qatlami surtilsa, eritgich uchib ketib, rangsiz, yaltiroq yoki noyaltiroq mustahkam parda hosil bo‘ladi. Parda hosil qiluvchi moddaning turiga qarab bitumli, spirtli, smolali, moy-smolali loklar va nitroloklarga bo‘linadilar. Lokning tarkibi asosiy komponentlardan tashqari suyultiruvchi, qotiruvchi va lok qoplamasi sifatini yaxshilovchi boshqa maxsus qo‘shilmalardan iborat. Bitumli (asfaltli) loklar uchib ketuvchi eritgichdagi bitumning kolloidli qorishmasidir. Bunday loklar suvga chidamli qora rangli pardalar hosil qiladi. Bu loklar kanalizatsion va gaz quvurlarni, sanitar-texnik uskunalarning metall qismlarini va shunga o‘xshashlarni korroziyaga qarshi qoplash uchun ishlatiladi. Bitum-moyli loklar qo‘l tutgichlarini, to‘siqlarni va boshqa metall qismlarni bo‘yash uchun ishlatiladi. Tarkibidagi o‘simlik moyi loklarni sovuqda elastikligini saqlaydi va qoplama tez «qarimaydi». Spirtli loklar va polituralar tabiiy va sun’iy smolalarning spirtdagi eritmasi hisoblanadi, ular sariq, jigarrang va boshqa ranglarda yuzalarini qoplashda hamda mebelsozlik sanoatida keng ko‘lamda qo‘llaniladi. Nitrolaklar sellyuloza hosilalarining 127rganic eritgichlardagi eritmalari bo‘lib, odatda suyultiruvchilar bilan birga tayyorlanadi. Nitrolok tez quriydi, jigarrang yoki 128 sariq rang yaltiroq parda hosil qiladi. Ular asosan yog’och buyumlar va mebellarni bo‘yashda qo‘llaniladi. Nitroloklar tez yonadi; qurish jarayonida o‘zidan zararli bug‘lar chiqaradi, shuning uchun ulardan foydalanishda nihoyatda hushyor bo‘lib va mehnat xavfsizligi qoidalariga rioya qilish zarur. Smolali moysiz loklar sintetik smolalarning 128rganic erituvchidagi emulsiyasidir. Mochevin-formaldegid, poliefir smolalari asosidagi loklar, parket pollar, yog’och tolali taxtalar (DVP) va duradgorlik buyumlarini qoplash uchun ishlatiladi. Download 3.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling