Referat mavzulari ro’yxati


Download 3.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/151
Sana06.11.2023
Hajmi3.6 Mb.
#1751897
TuriReferat
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   151
Bog'liq
PARDOZ UMK (2) (2)

Ma’ruza № 13-14 
Mavzu . Bo‘yoqlarning xom ashyosi. Bo‘yoqlarning ishlatilishi.
Reja: 
1. Umumiy ma’lumotlar. 
2. Bo‘yovchi tarkiblarning asosiy tashkil qiluvchilari 
3. Polimerli bo‘yoq va tarkiblar. 
4. Loklar va emal bo‘yoqlar. 
5. Oliflar va moyli bo‘yoqlar 
6. Tabiiy Yelim va anorganik bog‘lovchi moddalar asosidagi bo‘yovchi tarkiblar
 
Umumiy ma’lumotlar 
 
Lok va bo‘yoq ashyolar deb qurilish buyumlari, qurilmalari yoki ularning 
qismlarining yuzalariga suyuq holatda yupqa qatlam holda surtiladigan va qurigandan 
keyin parda bo‘lib qoplab turadigan tarkiblarga aytiladi. Lok va bo‘yoq ashyolarga: 
1) xomaki suvoq va surtiladigan qorishmalar
2) buyoqlar 
3) buyoqlarni tayyorlash uchun kerakli bog‘lovchi modda va pigmentlar
4) loklar; 
5) loklar va buyoqlarni erituvchi va suyultiruvchilar; 
6) plastiklovchi, qotiruvchi va boshqa maxsus qo‘shimchalar kiradi. 
Lok-bo‘yoq ashyolarni asosan binolarning fasad yuzalarini me’moriy pardozlashda 
qo‘llaydilar, ular xonalarga chiroyli ko‘rinish berib, kerak bo‘lgan sanitariya va 
gigiena sharoitlarini barpo qiladilar. Ba’zan lok-buyok ashyolari konstruksiyalar 
ashyolarini atrof muhit ta’sirlari natijasida buzilishlaridan himoya qilishga 124rga 
yordam ko‘rsatadi. 
Bo‘yovchi tarkiblarning asosiy tashkil qiluvchilari 
Bog‘lovchi moddalar 
Bo‘yovchi tarkiblarda bog‘lovchi modda sifatida quyidagilar ishlatiladi: polimer–
polimer bo‘yoqlar, loklar, emallarda; kauchuklar-kauchukli bo‘yoqlarda; sellyulozalar 
hosilalari-nitrloklarda; oliflar-moyli bo‘yoqlarda; yelimlar (hayvon va kazein 
yelimlari)-yelimli bo‘yoqlarda; anorganik bog‘lovchi moddalar-sementli, ohakli, 
silikatli bo‘yoqlar. Bo‘yoq tarkibini tayyorlash uchun foydalaniladigan bog‘lovchilar 
shartli ravishda quyidagi asosiy guruhlarga ajratilgan: moyli.suvli tarkiblar uchun
hamda emulsiyalar.
Bog‘lovchi modda bo‘yoq tarkibining asosiy tashkil qiluvchisi bo‘lib bo‘yoqning 
quyuq-suyuqligini, hosil bo‘ladigan pardaning mustahkamligini, qattiqlik va uzoqqa 
chidovchanligini belgilaydi. Bundan tashqari bog‘lovchi asos bilan adgeziyasiga qarab 
ham tanlanadi. 

Download 3.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling