Referat mavzulari ro’yxati
Download 3.6 Mb. Pdf ko'rish
|
PARDOZ UMK (2) (2)
Pigmentlar
Pigmentlar mayin tuyilgan suvda, organik erituvchilarda va bog‘lovchi moddalarda erimaydigan, lekin ular bilan yaxshi aralashib bo‘yovchi tarkib hosil qiladigan rangli kukundir. Bo‘yoqlarning faqatgina rangi emas, balki ulardan hosil qilingan qoplamalarning uzoq muddatga chidamligi ham pigmentlarga bog‘liq. Tarkibiga ko‘ra pigmentlar 125 mineral va organik guruhlarga bo‘linadi, mineral pigmentlar esa o‘z navbatida tabiiy va sun’iy bo‘ladi. Organik pigmentlarga pardozchilik qurumi, grafit va yuqori bo‘yash xususiyatiga ega bo‘lgan organik bo‘yovchi moddalar- yorug‘chidamli sariq va to‘qsariq, qizil va ko‘k pigmentlar kiradi. Tabiiy pigmentlarga bo‘r, ohak, mo‘miyo, temir surik, kinovar, sun’iy pigmentlarga esa xom ashyoga kimyoviy yo‘l bilan qayta ishlov berib olinadigan oq bo‘yoq, krona, ultramarin, pardozchilik lazuri va boshqalar kiradi. Oq pigmentlar. Oq pigmentlarga belila, bo‘r, ohak, alyuminiy upasi kiradi. Titanli belila-ikki oksidli titan (TiO 2 ) kukuni. Uning qoplovchanlik qobiliyati Yuqori, yorug‘likka va atmosfera ta’siriga chidamli, ishlash uchun qulay va kishi organizmiga zararli ta’sir qilmaydi. Titanli belila 125rgan, yog’och, suvoqlarni bo‘yashda ishlatiladigan moyli, emalli va boshqa tashqi va ichki bo‘yoqlar tayyorlashda ishlatiladi. Rux belilasi asosan ZnO dan iborat bo‘lib yorug‘chidamli va zararsizdir. Lekin, qo‘rg‘oshinli oq bo‘yoqday ishqorlar ta’siriga yetarli chidamlikka ega emas.Litoponli belila cho‘ktirilgan 125rgani SO 4 lardan iborat bo‘lib, yorug‘lik ta’sirida sarg‘ayadi. Shu sababli uni ichki pardozlashda ishlatiladi. Qo‘rg‘oshin belilasi-oq rangli talqon bo‘lib, qo‘rg‘oshin karbonatidir- 2RbSO 3 Rb(ON) 2 . Bu pigment zaharli bo‘lganligi uchun qurilishda kam ishlatiladi. Oltingugurt birikmalari va gazlar ta’sirida qorayadi. Shuning uchun ultramin bilan aralashtirish mumkin emas. Qo‘rg‘oshinli oq bo‘yoq asosidagi bo‘yoqlar 125rgan qurilmalarni zanglashdan saqlashda, hamda 125rganic inshoatlarni tashqi qismidagi buyumlarni ranglashda ishlatiladi. Alyuminiy pigmentining zarralari yapaloq bo‘lib, uning moyli bo‘yog‘I 125rgan konstruksiyalarni korroziyadan himoyalash maqsadida ishlatiladi, hosil bo‘lgan yupqa qatlam suvga chidamli, ultrabinafsha nurlarini o‘tkazmaydi va uzoqqa chidamlidir. Bo‘r oq pigment va rangli pigmentlarni oqartirishda to‘ldiruvchi sifatida ishlatiladi. Havoyi ohak, asosan, binolarning fasadini oqlashda ishlatiladi. Sariq pigmentlarga oxra va kronalar kiradi. Rux kronasi (rux xromati) asosan, 125rgan qoplamalarni antikorrozion bo‘yashda ishlatiladi, qo‘rg‘oshin kronalar xromat va sulfat qo‘rg‘oshindan iborat bo‘lib, inson salomatligiga zararli. Shu sababli, bu pigment bilan ishlayotganda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish kerak. Oxralar temir gidroksidi va tuproq qo‘shimchasidan iborat. Uning rangi och sariqdan to oltinranggacha bo‘lishi mumkin. Jigarrang pigmentlar guruhiga umbra va boshqa temir surigi va mumiyodan olinadigan aralashma pigmentlar kiradi. Umbra mayin tuyilgan tuproq bo‘lib, Fe 2 O 3 , MnO 2 va boshqa qo‘shimchalar bilan bo‘yalgan hisoblanadi. Yashil pigmentlarga xrom oksidi, yashil sink va boshqa aralash pingmentlar kiradi. Xrom oksidi ishqorlar, kislotalar va yuqori haroratlarga chidamlidir, yashil-ko‘k rangni olish uchun xrom oksidi tarkibiga ultramarin solinadi. Yashil sink kronalar, pardozlash lazuri va to‘diruvchi (bariy sulfati) aralashtirib olinadi. Bu pigment ishqorlar ta’siriga chidamlidir. Ko‘k pigmentlarga 125rganic125y125e va pardozlash lazuri kiradi. Ultramarin-nihoyatda mayin mayda qilib tuyilgan ko‘k rangli talqon bo‘lib, kaolin bilan soda va oltingugurt (yoki ko‘mir va trepeldan) pishirib olinadi. 126 Ultramarin kislotalar ta’siriga chidamsiz, ammo yorug‘lik va ishqor ta’sirida aynimaydi va buzilmaydi. Buyoqchilik sanoatida ultramarinning rangi asta o‘zgarib boradigan besh turda ishlab chiqariladi: UXK, US, UM-1, UM-2, UM-3. Lazur-ranglash kuchi juda yuqori bo‘lgan yorug‘lik ta’siriga chidamli, ko‘k rangli sun’iy pigment, u alohida yoki talqonsimon to‘ldirgichlar bilan aralashtiririb chiqariladi. Sof lazur yorug‘likka juda chidamli, ko‘k rangli pigment, u alohida yoki talqonsimon to‘ldirgichlar bilan aralashtirib chiqariladi. Sof lazur yorug‘likka juda chidamli, ammo uni rux va titan belilasi bilan aralashtirilsa, rangi sezilarli ravishda ayniydi. Lazur juda tatimli bo‘lgani uchun, uning bir chimdimi ham oq pigmentlarni bo‘yay oladi. Lazurning kimyoviy tarkibi Fe 4 [Fe(CH) 6 ] 3 . Eng arzon va qurilishda ko‘p tarqalgan qizil pigmentlarga tabiiy va sun’iy mo‘miyo, temir va qo‘rg‘oshin surigi, redoksayd kiradi. Temir surigi och qizil rangli temir oksidi kukunidan iborat. Mo‘miyo – temir oksidi sarg‘ishdan qizil ranggacha bo‘lgan gil tuproqli pigmentlardir. (Fe 2 O 3 ,FeO). Gil tuproq qizdirilib sun’iy mo‘miyo olinadi. Mo‘miyo yuqori berkituvchanlik qobiliyatiga ega, shu bilan birga, u yorug‘lik va atmosfera ta’sirlariga chidamli. Qora va kul rang pigmentlarga marganets peroksidi mayin tuyilgan, grafit, qurum ishlatiladi. Pigmentlarning asosiy xossalariga mayinlik darajasi, qoplash 126rgan‘yash qobiliyati, yog‘talabchanligi, yorug‘ chidamligi, atmosfera ta’siriga chidamliligi va boshqalar kiradi. Download 3.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling