Referat mavzulari ro’yxati
Download 3.6 Mb. Pdf ko'rish
|
PARDOZ UMK (2) (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moyli smola loklar
- Smola loklar.
Emulsiyali bo‘yoqlar. Polimerli suv (polimer emulsiyasi) bilan pigmentlarni
qorishtirib tayyorlangan emulsiyali bo‘yoqlar qurilishda juda ko‘p ishlatilmoqda. Shulardan biri PVA smolasidan tayyorlangan emulsiyani pigmentlar bilan qorishtiryb olingan bo‘yoqlardir. Bo‘yoq parda mo‘rt bo‘lmasligi uchun emulsiyaga plastifikator dibutilftolat qo‘shiladi. Bu turdagi bo‘yoqdar zavoddan qurilishga quyuq bo‘tqasimon holatda keltiriladi va suv bilan suyultirib ishlatiladi. 131 Smola, bitum va shu singari parda hosil qiluvchi moddalarni uchuvchan eritmalarda suyultirib loklar olinadi. Buyum yuzasiga surtilgan lok erituvchining uchib ketishi hisobiga tez qurib, qattiq, yupqa va yaltiroq parda hosil qiladi. Qurilishda ko‘p ishlatiladigan loklarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin. Moyli smola loklar – tabiiy yoki sintetik smolalarni tez quriydigan moylarda eritib, ularga sikkativ va suYultirgichlar qo‘shib olingan lok. Moy bilan smolalarni aralashtirib olingan loklar qurigandan keyin buyum yuzasida qattiq va yaltiroq parda hosil qiladi. Ammo, bunday loklar spirtli loklarga qaraganda sekinroq quriydi. Unga 3–12 soatdan so‘nggina chang yopishmaydi, 1–3 kunda esa u batamom quriydi. Bunday loklar tarkibida moy miqdori smolaga nisbatan 2–4 marta ko‘p. Moyli smola loklari surtilgan buyum yaltiroq, mustahkam, suv va atmosfera ta’siriga chidamli bo‘ladi, ishlatishga tayyor holda chiqariladi. Ularni yanada suYultirish lozim bo‘lsa, ozgina skipidar yoki eritkich benzin qo‘shish kifoya. Ular binoning ichki va tashqi yuzalarini bo‘yash, Shuningdek, chidamli shpaklyovka va gruntlar tayyorlash uchun ishlatiladi. Smola loklar. Sintetik smolalarni 131rganic eritmalarda eritish yo‘li bilan moysiz sintetik loklar olinadi. Qurshshshda eng ko‘p ishlatiladigan bunday loklardan biri mochevina-formaldegid va gliftal smolalardan olinadigan Mch-26 yoki Mch-52 markali loklardir. Ular juda qattiq, rangsiz, tiniq, yuqori haroratga va suvga chidamli, Shuningdek, ishqalanishga mustahkam bo‘lgan parda hosil qilib qotadi. Mch-26 va Mch-52 markali loklar pollar yuzini qoplash va boshqa ishqalanishga ko‘p ishlaydigan buyumlarni loklash uchun ishlatiladi. Bo‘yoq tarkiblar klassifikatsiyasi 5-jadval Bo‘yoq tarkibining ishlatilish sohasiga ko‘ra nomi Ishlatilish guruhi Ishlatilish sharoiti Atmosfera muhitiga chidamli 1 Ochiq maydonda ishlatiladigan turli klimatik ta’sirlarga chidamli qoplamalar Atmosfera muhitiga chegaralangan darajada chidamli 2 Isitilmaydigan xonalar va yopmalar ostida ishlatiladigan qoplamalar Konservatsiyalovchi 3 Bo‘yaladigan yuzalarga vaqtinchalik ishlatilgan qoplamalar Suv muhitiga chidamli 4 Suv va suv bug‘i ta’siriga chidamli qoplamalar Maxsus 5 Maxsus xossalarga ega bo‘lgan qoplamalar: rentgen nurlariga chidamli, nurlanadigan, biologik muhitiga chidamli va boshq. Download 3.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling