Referat mavzulari ro’yxati
Download 3.6 Mb. Pdf ko'rish
|
PARDOZ UMK (2) (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Turlari va hususiyatlari
4-AMALIY MASHG‘ULOT
Mavzu: Pardozlash va issiqlik izolyasiya materiallarining turlari. Nazariy qism Asosiy bog‘liqliklar va hisoblash formulalari Tayanch iboralar: ko‘pchitilgan perlit, eruvchan shisha, plastik (betonit) tuproq, sintetik smola, neft bitumi, kraxmal, g‘isht tosh, plita, qobiq va segment. Ko‘pchitilgan perlit mayda g‘ovaksimon donali oq rangdagi sochiluvchan issiqlik izolyasiya materialidir. ko‘pchitilgan perlitni vulqon shishasi deb nomlanuvchi magmatik tog‘ jinsini maydalash, saralash va kuydirish yo‘li bilan olinadi. Bunday jinslarga perlit, obsidian, vitrofir (shishavand porfir), vitrobazalt (shishavand bazalt), pexshteyn va boshqalar kiradi. Ularning asosiy turi perlit hisoblanadi. Perlitning petrografik xususiyati bu shishavand tuzilishi va sharsimon bo‘laklarga bo‘linish xususiyatidir, sharsimon bo‘laklar yuzasi marvaridni eslatadi, shuning uchun bu tog‘ jinsiga perlit deb nom berilgan ( pearls- inglizchasiga marvarid). Turlari va hususiyatlari. Ko‘pchitilgan perlitni issiqlik izolyasion maqsadlarda sochiluvchan ko‘rinishda ham, turli mahsulotlar shaklida ham ishlatish mumkin. Perlitdan sochiluvchi materiallar – perlit qumi va perlit shag‘ali tayyorlanadi. Perlit qumi ahamiyatiga ko‘ra, turli dona tarkibiga ega bo‘lishi mumkin. Issiqlik izolyasion betonlar va suvoq qorishmalar uchun qum, mahsulot qoliplashtirish uchun ishlatiluvchi, qumdan yirikroq va og‘irroq bo‘ladi. Bevosita to‘kma issiqlik izolyasiya uchun ishlatiluvchi qum mayda va yengil bo‘lishi kerak. 145 Perlit nima? Bu vulkanik tog 'jinsi, aniqrog'i - vulqon kelib chiqqan stakan. Uning boshqa shunga o'xshash tabiiy materiallardan farqi shundaki, ma'lum bir haroratgacha qizdirilganda, unda 2-6% suv bilan bog'langanligi sababli uning hajmini boshlang'ich qiymatdan 4 baravargacha 20 martaga ko'paytirish mumkin. + Perlit 870 darajaga qadar qizdirilganda, u popkorn singari portlaydi. Buning sababi, bog'langan suvning bug'lanishi paytida yumshoq sirlangan zarralarda millionlab mayda pufakchalar paydo bo'lishi. Shunday qilib, fotosurati quyida keltirilgan perlit tabiiy kimyoviy inert deb tasniflanadigan va pH qiymati 7 ga teng bo'lgan maxsus shakli ekanligi haqida bahslashish mumkin. Ko‘pchitilgan perlit qumi 75-250 bo‘lgan markalarga mos kelishi va 0,035-0,6 kkal/m•soat•grad chegarasida issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsientiga ega bo‘lishi lozim. Issiqlik loyiha ma’lumotlari bo‘yicha, issiqlik o‘tkazuvchanlik λ ning hajmiy og‘irlik γ 0 bog‘likligi quyidagi formula bilan ifodalanadi: λ=0,03+0,07 γ 0 /100 Perlit qumi tovushni yaxshi yutadi. Uning tovush yutish koeffitsienti 100-1110 gs. gacha intervaldagi tovush chastotasida 0,1-0,95 chegarada tebranadi, chastota oshishi bilan oshadi. Issiqlik izolyasiya maqsadlar uchun qo‘llaniluvchi ko‘pchitilgan Perlit qumi hajmiy og‘irligi va donalari o‘lchamlari quyidagi jadvalda keltirilgan. 10-Jadval Qo‘llanish sohalari Hajmiy og‘irligi kg/m 3 ko‘p emas Elaklar teshigi o‘lchami, mm 2,4 1,2 0,6 To‘kma issiqlik izolyasiyasi uchun 150 3 gacha 5-10 25-55 Issiqlik izolyasiyasi mahsulotlari tayyorlash 200 5 gacha 10-30 30-65 Yengil betonlar va suvoq qorishmalar uchun to‘ldiruvchilar 250 15 gacha 10-45 30-65 146 Perlit qumini asosan undan mahsulotlar tayyorlash uchun yarim fabrikat sifatida qabul qilish kerak. Yengil betonlar uchun to‘ldiruvchi sifatidagi qumni donalar o‘lchami bo‘yicha mayda- 1,2 mm gacha va yirik -1,2-5 mm gacha bo‘linadi. Ko‘pchitilgan perlit qumidan tayyorlangan issiqlik izolyasion mahsulotlar ikki guruhga bo‘linadi: turli bog‘lovchi moddalarni qo‘llash bilan kuydirilmaydigan mahsulotlar va kuydirilgan, ya’ni keramik mahsulotlar. Qoliplangan perlit mahsulotlarini tayyorlash uchun bog‘lovchi moddalar sifatida quyidagilar xizmat qiladi: eruvchan shisha, plastik (betonit) tuproq, sintetik smola, neft bitumi, kraxmal va boshqa moddalar. Keng tarqalgan bog‘lovchi bu – portladsementdir. Bog‘lovchi modda turi mahsulotning hajmiy ogirligi, ishlatish harorati va boshqa hususiyatlarni aniqlaydi. Ko‘pchitilgan perlitdan g‘isht tosh, plita, qobiq va segmentlar tayyorlash mumkin. Perlit qumi issiqlik izolyasiya qorishmalar va betonlarda to‘ldiruvchi bo‘lib xizmat qiladi. Perlit qorishmalari ishlatilishi bo‘yicha issiqlik izolyasiya, yong‘indan himoyalovchi va tovush yutuvchilarga bo‘linadi. Download 3.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling