Referat mavzulari ro’yxati
Download 3.6 Mb. Pdf ko'rish
|
PARDOZ UMK (2) (2)
5-AMALIY MASHG‘ULOT Mavzu: Pardozlash va issiqlik izolyasiya materiallarining turlari. Nazariy qism Asosiy bog‘liqliklar va hisoblash formulalari Issiq izolyasiya va tovush izolyasiyasi materiallari klassifikatsiyasi. Bular quyidagi ko’rsatkichlarga ko‘ra sinflarga bo‘linadi. 1. Shakli va tashqi ko‘rinishiga ko‘ra. 2. Xom ashyo turiga ko‘ra. 3. O‘rtacha zichligiga ko‘ra. 4. Qattiqligiga ko‘ra. 5. Issiqlik o‘tkazuvchanligi, yonuvchanligiga ko‘ra. 1. Shakliga va tashqi ko‘rinishiga ko‘ra. - Donali plitalar, bloklar, g‘isht, silindr, yarim silindar. - Rulonli o‘rama va shnurli-matrats, shnur, ip. - Sochiluvchan-Shisha paxta, mineral paxta, ko‘pchitilgan perlit, vermikulit. Qattiq izolyasiya materiallardan eng ko‘p tarqalgan plitalar uzunligi 1m, eni 0,5m, qalinlig 5-10sm. Plitalarning qalinligi termik qarshilikka qarab tanlanadiyu sochiluvchan materiallar-tolali yoki zarrali tuzilishga ega. Sochiluvchan materiallar engil devorlarning bo‘shliqlarini to‘ldirish uchun, cherdaklarga sepish uchun ishlatiladi. Anorganik sochiluvchan materiallar har xil sanoat uskunalarini izolyasiya qilish uchun ishlatiladi. Eng yaxshi issiq izolyasiya materiallari donali materiallaridir. Hozirgi zamonda izolyasiya materiallar ishlab chiqarishda asosiy yo‘nalish Yuqori sifatli, yirik o‘lchamli qattiq buyumlar ishlab chiqarish. 2. Tuzilishiga ko‘ra issiq materiallar tolali, serg‘ovak (yacheykali) va donali turlarga bo‘linadi. 147 3. Xom ashyo turiga ko‘ra: anorganik va organik materiallarga bo‘linadi. Anorganik materiallarga masalan: mineral paxta, yacheykali betonlar, sopol g‘ovak materiallar va x.k. kiradi. Organik materiallarga DSP, DVP, torf va qalin plitalar, shuningdek g‘ovak plastmassalar kiradi. Yana bir guruh materiallar organik va anorganik xom ashyo asosida olinadi. Masalan fibrolit-Yog’och tolasi va sementdan olinadi, organik bog‘lovchilar bilan mineral paxtadan olingan buyumlar. 4.Issiqlik izolyasiya materiallarining markasi uning zichligiga ko’ra aniqlanadi: Markalariga ko‘ra ular quyidagicha bo‘ladi: Materiallning gruppasi Markalari Zichligi juda kichik 15 25 35 50 75 Zichligi kichik 100 125 150 175 - Zichligi o‘rtacha 200 225 250 300 350 Zich materiallar 400 450 500 600 - Agar materiallar markasining qiymat oraliq songa teng bo‘lsa, uni katta markaga hisoblanadi. Kattaligiga ko‘ra issiqlik izolyasiya materiallarini sinflarga bo‘lishda siqilishdagi nisbiy deformatsiyaga ko‘ra bo‘ladilar. Buyumlarning turi Solishtirma bosim kuchi MPaga ko‘ra nisbiy siqilish % Yumshoq 0,02 0,04 0,1 Yarim qattiq 30 dan ko’p Qattiq 6-30% Juda qattiq 6 gacha 10 gacha Download 3.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling