Referat mavzulari ro’yxati
Download 3.6 Mb. Pdf ko'rish
|
PARDOZ UMK (2) (2)
Q
2.1-rasm.Issiqlik o’tkazuvchanlik koeffisentini aniqlashga doir. 141 kristall tuzilishga ega bo‘lgan ashyolar xuddi shunday tarkibli amorf ashyoga nisbatan issiqlikni ko‘proq o‘tkazadi. Ashyoning issiqlik o‘tkazuvchanligiga ayniqsa uning g‘ovakligi, g‘ovaklarning o‘lchamlari va tuzilishi katta ta’sir ko‘rsatadi. G‘ovak ashyolarda issiqlik oqimi qattiq ashyo va uning orasidagi g‘ovaklarda joylashgan havo orqali o‘tadi. Havoning issiqlik o‘tkazuvchanligi juda kichik bo‘lib 0,023 W/m 0 C ga teng, ashyoning issiqlik o‘tkazuvchanligi esa katta. G‘ovakligi mayda va yopiq bo‘lgan ashyolar yirik ochiq g‘ovakli ashyolarga nisbattan issiqlikni kam o‘tkazadi. Buning sababi shundaki, yirik g‘ovaklarda konveksiya yo‘li bilan issiqlik tezroq uzatiladi. Ashyoning issiqlik o‘tkazuvchanligi uning zichligiga bog‘liq. Bu bog‘lanish quyidagi formula (V.P. Nekrasov formulasi) orqali ifodalanishi mumkin: 16 , 0 22 , 0 0196 , 0 16 , 1 2 0 1.14 Ashyoning namligi oshgan sari uning issiqlik o‘tkazuvchanligi oshadi, chunki ashyo g‘ovaklaridagi havoning o‘rnini suv egallaydi, suvning issiqlik o‘tkazuvchanligi havonikiga nisbatan 25 marta ko‘p . Harorat pasayishi bilan g‘ovaklardagi suv muzlab, ashyoning issiqlik o‘tkazuvchanligi yana ham oshadi, chunki muzning issiqlik o‘tkazuvchanligi suvnikidan 4 barobar ko‘p. ( muz = 2,3 W/m 0 C) Aksariyat qurilish ashyolarining issiqlik o‘tkazuvchanligi harorat oshishi bilan ko‘payib boradi. Ashyolarning bu xususiyatini bug‘ qozonlari, issiqlik uzatish qurilmalarini izolyasiya qilish uchun ashyo tanlaganda hisobga olish kerak. Download 3.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling