Referat mavzulari ro’yxati
Download 3.6 Mb. Pdf ko'rish
|
PARDOZ UMK (2) (2)
3-AMALIY MASHG‘ULOT Mavzu: Pardozlash va issiqlik izolyasiya materiallarining turlari. Nazariy qism Asosiy bog‘liqliklar va hisoblash formulalari Tayanch iboralar: fasad, ichki devor, tashqi devor, pol, pardoz, bezatish, gil tuproq, kaolin, bentonit, glazur, angob, plastiklik. Vazifasiga ko‘ra pardozlash materiallari quyidagi turlarga bo‘linadi: faqat pardozlash uchun — yupqa qalinlikka ega, yuzada yupqa qatlam hosil qiladi (bo‘yoqlar, loklar, manzarali suvoqlar) yoki yupqa o‘rama material ko‘rinishida (gulqog‘oz, linoleum), yupqa plitalar (sopol, tog‘ jinslaridan); konstruksion - pardozlash buyumlari, ular nafaqat manzarali - badiiy pardozlash maqsadida , balki yuk ko‘taruvchi konstruktiv element sifatida ham xizmat qiladi. Bularga pardoz g‘ishti, manzarali beton, shisha blok va boshqalar kiradi; maxsus pardozlash materiallari va buyumlari — belgilangan vazifalarni bajaradi (insonlarni rentgen nurlaridan himoyalash - suvoqlar, bo‘yoqlar, shovqindan saqlash - pardoz va bir vaqtning o‘zida tovush yutuvchan materiallar). Holatiga ko‘ra pardoz materiallari quyidagi turlarga bo‘linadi: suyuq bog‘lovchi modda va manzarali komponent aralashmasi ko‘rinishida bo‘ladi. Bularga lok-bo‘yoq mahsulotlari — tarkibiga plyonka hosil qiluvchi moddalar (alif, yelim, lok) kiradigan qayishqoq — oquvchan materiallar kiradi. Moyli va suvdispersli bo‘yoqlar yuzaga suyiq — qayishqoq holda surtiladi. Suyuq polimer bog‘lovchi (poliuretan, epoksid smolalari) va manzarali tarkibiy qismlar (pigmentlar, kukunlar, zarralar); donali devorlar uchun koshin plitalar, parket taxta va parket qoplamalari; yig‘ma unsurlar — yirik o‘lchamli qoplamalardan yig‘iladi,plitalar, (devor panellari, gipskarton qoplamalar, gipstolali qoplamalar, yog‘och qirindili plitalar, laminatsiyalangan parket, paztaroqli gips plitalar). Bu buyumlaming shpuntlari, o‘yiqlari bor, bir-biriga oson kiradi. Bir-biri bilan burama mix, mix, mixparchin yoki yelim yordamida qotirilishi mumkin. Devor, shift, pol taxtalari panellari biriktirilgamten so‘ng tekis, choksiz yuza taassurotini beradi. Komponentlarining xossalariga ko‘ra pardoz materiallari tabiiy va sun’iy turlarga bo‘linadi .Eng ko‘p tarqalgan tabiiy pardozlash materiallari — bular granit, 143 marmar, dolomit va ohaktoshli plitalar.Mahobatli binolarning sokol qismlarini, qirg‘oqbo‘ylarini koshinlash uchun, asosan, granitli tosh va plitalar qo‘llaniladi. Binolarning tashqi devorlarini koshinlashni atmosfera ta’sirigachidamli boshqa jinslarni qo‘llab bajarish mumkin (ohaktosh, dolomitlar, qumtoshlar). Jamoat binolarini ichki koshinlash marmar, ohaktoshdan bajariladi. Sun’iy pardozlash materiallari ikki turga bo‘linadi: organik va noorganik. Sun’iy material va buyumlar o‘zining tashqi ko‘rinishi bilan ko‘pincha tabiiy yog‘och, tog‘ jinslarining ranglarini, ko‘rinishlarini, tuzilishini aks ettiradi. Pardozlash materiallarining xossalarini quyidagi turlarga ajratish mumkin: vazifasiga ko‘ra (pardoz va estetik);• qurilish-foydalanish (mustahkamlik, g‘ovaklik, suv shimuvchanlik, qattiqlik, yedirilishga chidamlilik, muzlashga chidamlilik va h.k.). Pardozlash materiallarining foydalanish xususiyatlariga rangi, shakli va tuzilishi kiradi.Pardozlash materiallarining rangi, tuzilishi va shakli xona o'lchamlari nisbatlarini idrok qilishga ta’sir qiladi. Masalan, katta bo‘lmagan xonalarda chegaralari noaniq va mayda rasmli materiallardan foydalanish kerak. Bunday ko‘rinish xonani kattalashtirib ko‘rsatadi. Rasmlari yirik va chegaralari aniq ashyolarni qollaganda xonalar kichraygan ko‘rinish tasavvurini hosil qiladi. Tekis yuzaga nisbatan fakturali yuza interyer hajmining kichrayib ko‘rinish tasavvurini hosil qiladi. Rang — bu insonning ko‘rish a’zolariga nur ta’sir etishi oqibatida hosil bo‘ladigan hissiyotdir. Axromatik va xromatik ranglar mavjud. Axromatik ranglar bu — oq, qora va barcha kulrang ranglardir. Xromatik ranglar bu — barcha spektral, shuningdek, axromatikdan tashqari tabiiy ranglardir. Spektral ranglar va ularning to ‘lqin uzunliklari: Rang To‘lqin uzunligi, nm Qizil 625.......740 To‘q sariq 590.......625 Sariq 565......590 Yashil 500.....565 Moviy 485.....500 Ш Ko‘k 440......485 Binafsharang 380......440 Har bir rang fizik tavsifi bilan o‘lchanadigan ko‘rsatkichlarga ega (spektral tarkib, yorqinlik).Yorqinlik. Bir hil to‘yingan, spektorning aynan bir rangiga muvofiq keladigan rang turlari bir-biridan yorqinligi bilan farq qiladi. Masalan, yorqinligi kamaytirilgan ko‘k rang asta-sekin qora rangga yaqinlashadi. Har qanday rang yorqinligi maksimal darajada kamaytirilganda qora bo‘lib qoladi.Shuni ta’kidlash kerakki, yorqinlik bo‘yalgan obyektning boshqa ranglar tavsifida sezilarli darajada o‘ziga xosligini idrok qilishning ruhiyatiga bog‘liq. Masalan, ko‘k rang sariq rang bilan yonma-yon turganda yana ham yaqqol ko‘rinadi. To ‘yinganlik. Bir tusning ikki xil farqlanishi tovlanish darajasi bilan aniqlanadi. Masalan, to‘yinganlik kamaytirilganda ko‘k rang kul rangga yaqinlashadi. Masalan, «Tikkurilla» konserni ranglar detektori uskunasini tavsiya etadi . Asbobni bo‘yalgan har qanday yuzaga yo'naltiring, bo‘yashda qanday rang qo‘llanilganini aniqlash mumkin: detektor ekranida rang kodi va o‘lchanayotgan namuna xaritasi nomi paydo bo‘ladi. Detektor xotirasiga barcha «Tikkurila» bo'yoqlar kolleksiyasining interyer ranglari kiritilgan. Yuza tuzilishi. Quyidagi yuza tuzilishi turlari mavjud: 144 tekis — yomg‘irli va chang ko‘p joylarda tavsiya qilinadi (notekisliklar 0,5 ... 2 mm), o‘rtacha donador (notekisliklar 2 ... 3,5 mm), yirik donador (notekisliklar 3,5 ... 5 mm); g‘adir-budur — notekislik 5 ... 12 mm; bo‘rtma — ma’lum kesimli yuza.Pardozlash ashyolarining yuza tuzilishi ularning rangini aniqlaydi va ularning qabul qilinishini belgilaydi. Va aksincha, yuzaning tekisligi rangga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, kulrang ko‘kish toshning nuqtali sovuq tusi xuddi shunday qizil yoki tillarang silliq yuzalarga nisbatan kamroq seziladi. Buni bo‘yoqli tarkiblar bilan shakl berilgan suvoqlarni bo‘yashda hisobga olish kerak. Download 3.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling