Referat mavzulari ro’yxati


Download 3.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/151
Sana06.11.2023
Hajmi3.6 Mb.
#1751897
TuriReferat
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   151
Bog'liq
PARDOZ UMK (2) (2)

Kukun to‘ldirgichlar 
Alyumin kukuni juda nafis maydalangan, bargsimon zarrachalardan iborat. 
Berkitish xususiyati, maydalanish darajasi va kimyoviy tarkibiga qarab alyumin 
kukuni 4 xil markali qilib chiqariladi. Tashqi ko‘rinishi jihatidan olganda alyumin 
kukuni oson surkaladigan qumushkul ranglidir. Asosan temir yuzalarni bo‘yash uchun 
ishlatiladigan moyli, emalli va emulsiya bo‘yoq aralashmalar tayyorlash uchun 
ishlatiladi. Berkituvchanligi 40 g/m
2
ga teng. 
Oltin rang bronza xuddi alyumin kukuni singari jez, bronza yoki misni 
maydalash yo‘li bilan olinadi. Zarrachalari bir xil tuzilishga ega. Oltin rang bronzani 
moyli va emalli bo‘yoqqa qo‘shib, asosan, har xil ichki bezash ishlari uchun 
ishlatiladi. Berkituvchanligi 40 g/m
2
ga teng. 
Bo‘yoqbop kukun to‘ldirgichlar – oq rangli bo‘yoq tarkiblarga ishlatiladigan 
pigmentlarni tejash maqsadida qo‘llaniladigan erituvchilarda erimaydigan mineral 
modda. Kukun to‘ldirgichlar qo‘shilganda bo‘yoq tarkiblarning xossalari birmuncha 
o‘zgaradi, ya’ni ularning mustahkamligi, kislotalar, ishqor, yuqori haroratga 
chidamliligi anchagina ortadi. Bo‘yoq tarkiblar va buyum sirtini tekislashda tuyilgan 
talk, qum, changsimon kvars, andezit, diabaz, asbest ishlatiladi. 
Epoksid bo‘yoqdari asosid tayyorlanadigan emal pigmentlarni epoksid 
smolalari eritmasida qorishtirib olinadi. Epoksid emallari kimyoviy elementlar 
ta’siriga juda chidamli. Shuning uchun u temir va yog’och buyumlarni zanglashdan va 
chirishdan saqdash maqsadida ishlatiladi. 
Nitrobo‘yoqlar tashqi va ichki bo‘yoq ishlarida xomaki bo‘yalgan temir, 
yog’och-taxta va suvoq yuzalarini bo‘yash uchun ishlatiladi. 
Nitroemal – nitrotsellyuloza va smolaning uchuvchan 130rganic erituvchilardagi 
eritmalaridan iborat. Unga pigmentlar va plastifikatorlar qo‘shilgan bo‘ladi. 
Nitroemallar tashqi muhit ta’sirida bo‘lmagan yog’och-taxta va xomaki bo‘yalgan 
temir yuzalarni bo‘yash uchun ishlatiladi. 

Download 3.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling