Referat mavzulari ro’yxati


Mayda kukun to‘ldirgichlar


Download 3.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/151
Sana06.11.2023
Hajmi3.6 Mb.
#1751897
TuriReferat
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   151
Bog'liq
PARDOZ UMK (2) (2)

Mayda kukun to‘ldirgichlar. 
Polimer 
materiallarning 
tarkibidagi 
asosiy 
tashkil 
qiluvchilardan 
biri 
to‘ldirgichlardir. To‘ldirgichlar polimerlarni torayishini (10-18% ga) kamaytiradi
qattiqligini oshiradi, mustahkamligini, issiqqa chidamligini oshiradi, narxini 
arzonlashtiradi, polimer sarfi 1,5-3 marta kamayadi. To‘ldirgich turi polimer 
mustahkamligini belgilaydi. Kukun to‘ldirgich organik va anorganik bo‘ladi. 
Organiklar: linter (paxta momig‘i), Yog’och kukuni, qipiq, qirindi, sellyuloza zavodi 
chiqindisi-lignin, bakelit kukuni (plastmassa qoldig’i kukuni), qog‘oz, ip-gazlama, 
sintetik tolalar; 
Anorganiklari-asbest tolasi, asbest to‘qima gazmol, shisha tola, shisha gazmol, 
talk, slyuda, changsimon kvars, kaolin, mo‘miyo, 
litopon
, grafit, kul va x.k. 
To‘ldirgichlar strukturasiga qarab 3 ga bo‘linadi: 
a) kukunsimon-Yog’och uni, sellyuloza, slyuda, kvars uni, maydalangan bo‘r, 
kaolin talk; 
b) tolasimon-paxta momig‘i, asbest, shisha va sintetik tolalar; 
v) listsimon-qog‘oz, gazmol va b.q. 
Turli to‘ldirgichlar turlicha xossasini o‘zgartiradi: 


111 
kukunsimon-qattiqlik va R
siq
oshiradi:
tolasimon-egilishga mustahkamlikni oshiradi 
listligi-R eg. yana ham oshiradi. 
Plastifiqatorlar-makromalekulalarni bir-biri bilan o‘zaro siljishini yaxshilaydi, 
elastikligi, qayishqoqligi oshadi, polimerga ishlov berish osonlashadi. Ular asosan spirt 
va kislotalarni murakkab efirlari bo‘ladi, polimerga 5-40% qo‘shiladi. 
Stabilizatorlar-issiqlik va nur ta’sirida polimerni eskirishini oldini olishi uchun 
qo‘shiladi. 
Polimerlardan buyum olish usullari. 
1. Valsovka qilish (yoyish). Asosli linoleum Shu yo‘l bilan olinadi. Smola, kukun 
to‘ldirgichlar, plastifiqator, dubutilftalat, pigment qo‘shimchalari qorg‘ichda 
aralashtiriladi va tayyor qorishma yurib turgan to‘qimaga bir tekisda surkaladi. 
Termokamerada qizigan valets (o‘qlov) yordamida 140-145
0
S temperatura ostida 
zichlashtiriladi. 
2. Kalandrlash (bosim bilan yoyish). 
Bir va ko‘p qavatli asossiz linoleumlar shu usulda olinadi. O‘qlovlarda 155-160
0

va 150 atmos. bosim ostida aralashma qotadi. 
3.Ekstruziya usuli. Bunda plastik holatdagi material ma’lum shakldagi teshik 
orqali uzluksiz ravishda bosim bilan siqib chiqaziladi. Uzunasiga o’lchanadigan 
buyumlar, quvurlar shu yo‘l bilan olinadi. Polietilen pardalar , linoleum va sh.k. 
4. Bosim ostida qo‘yish. Polistirol, sopolimer, polietilen singari termoplastik 
smolalardan buyum tayyorlashda shu usul qo‘llaniladi. Termoplastik polimer granula 
xolatda qizdirish silindrda (170-240
0
S) eritiladi. Keyin erigan polimer bo‘tqa plunjer 
yordamida 35-70 atm bosim ostida press qolibga sochratib sepiladi. Buyum qolipda 
20-25 sekund saqlanadi keyin press qolip sovutilib, buyum ajratib olinadi. 
5. Presslash usuli-bunda asosan termoreaktiv polimerlar isitiladigan gidravlik 
presslar yordamida qolipda presslab olinadi. Bu usulda qatlamli plastmassalar 
yog’och-tola va yog’och-payraxa plitalar (DVP, DSP) olinadi. 
6. Kontakli qoliplash. 1 Maket yoki andazaga smola (poliefir yoki epoksid) 
shimdirilgan Shisha tola yotqiziladi va roliklar yordamida tekislab bostiriladi. 
2. Andazaga yotqizilgan shisha plastik polimer bo‘tqa elastik pardalar yordamida 
vaqum kuchi bilan buyum hosil qilinadi. 
7. Plastiklarni ko‘pirtirish. Ko‘pirgan smolaga qo‘shiladigan maxsus qotirgich 
qo‘shilmalar yordamida qotiriladi. 

Download 3.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling