Referat mavzulari ro’yxati
Download 3.6 Mb. Pdf ko'rish
|
PARDOZ UMK (2) (2)
168 7-AMALIY MASHG‘ULOT Mavzu: Polimer materiallar. Nazariy qism Asosiy bog‘liqliklar va hisoblash formulalari Tayanch iboralar: Plastmassalar,termoplastlar,polimerizatsiya,polikondensatsiya,mustahkamlik,qay ishqoqlik,korroziyaga bardoshlilik, polietilen, polivinilxlorid, polimerbeton, shishaplastlar, bezak buyumlar. Polimer moddalar deb, tarkibida asosan yuqori molekulali organik moddalar bo‘lgan materiallarga aytiladi. Ishlov berish vaqtida istalgan shakl berish mumkinligi va yuk olingandan keyin ham shu shalkda qolishligi hossasi borligi uchun ularni plastmassa ham deyiladi. Qurilishda ishlatiladigan plastmassalar murakkab kompozitsion material bo‘lib, odatda tarkibida polimer bog‘lovchi material, mayda-tuyilgan to‘ldirgich, stabilizator, plastifiqator, qotiruvchi va boshqalar bo‘ladi. Mayda-tuyilgan to‘ldirgich polimer sarfini kamaytirib, plastmassa narxini arzonlashtiradi va quyidagi texnik xossalarni yaxshilaydi: mustahkamlik, qattiqlik, kirishish, vaqti o‘tishi bilan torayishi. Maxsus qo‘shimchalar qo‘shib-plastifiqatorlar-plastmassaga ishlov berish yaxshilanadi, mo‘rtligi kamaytiriladi, deformatsiya yaxshilanadi. Stabilizator qo‘shimchalar-plastmassani ishlatish davomida o‘z xossalarni saqlab qolishga yordam beradi. qotiruvchilar-polimer qotishini tezlashtirib, 3 o‘lchamli struktura hosil qiladi. Pigment qo‘shib har xil rangdagi polimer materiallar olish mumkin. Yonishga qarshiligini oshirish uchun antipirenlar qo‘shiladi. Zichligi kichik bo‘lishiga qaramay mustahkamligi yuqori bo‘lganligi uchun plastmassalardan effektiv konstruksiya va buyumlar olish mumkin. Plastmassalar issiqlikni va elektrni yomon o‘tkazadigan material. Ko‘p plastmassalar kislotaga chidamli, ishqorga va boshqa reagentlarga ham chidamli. Ko‘p plastmassalar suv o‘tkazmaydi shuning uchun ulardan tombop, gidroizolyasion material va quvurlar olish mumkin. Tarkibida to‘ldirgich va pigment bo‘lmagan plastmassalar shaffof bo‘ladi. Ishqalanishga mustahkamligi yuqori bo‘lganligi uchun ularni pol olishda ham ishlatiladi. Ularga ishlov berish oson, yYelimlash, payvandlash mumkin. Plastmassalarni kamchiligi: -issiqqa chidamliligi pastligi; -temperaturadan chiziqli kengayish koeffitsentini kattaligi; -polzuchestni kattaligi; -yaxshi yonishi; -olov ta’sirida strukturasini o‘zgarishi; -ba’zi plastmassalarni atrofga zararli hid va moddalar chiqarishi; -quyosh nuri kislorod ta’sirida tez eskirishi; Polimer qurilish materiallari va buyumlari polimer moddani turiga va ishlatish joyiga qarab sinflarga bo‘linadi. Ishlatilish joyiga qarab: 169 -devorbop materiallar; -Yuk ko‘taruvchi konstruksiyalar; -pol uchun; -devorlarni bezash uchun; -tombop; -gidroizolyasion; -zichlashtiradigan (germetizatsiya) -issiqdan muhofaza qiladigan (teploizolyasion). -tovush o‘tkazmaydigan; -quvurbop; -sanitar-texnik buyumlar uchun; -lok bo‘yoq, yYelim uchun; Fizik holatiga qarab: -bikr (jeskiy); (modul uprugosti E>1 GPa) -yarim bikr; (E>0,4 GPa) -Yumshoq; (E=0,02-01 GPa) -elastik; (E<0,02 GPa) Bikr plastmassaga misol-fenoplast, aminoplast. Yarim bikrga-poliamidlar, polipronilen. Yumshog‘iga-polivinil atsetat, polietilen. Elastika - har xil kauchuklar. Plastmassa ishlab chiqarish uchun 2-4 marta kam kapital mablag‘ sarflanadi. Har tonna plastmassa xalq xo‘jaligida 5,6 tonna po‘lat, 3,4 tonna rangli metall, 500 so‘mga yaqin kapital mablag‘ va ish-mehnat sarfi iqtisod qiladi. Download 3.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling