Referat mavzulari ro’yxati
Download 3.6 Mb. Pdf ko'rish
|
PARDOZ UMK (2) (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat uchun savollar
Xom ashyo materiallari. Yog’och qirindili plitalarni tayyorlash uchun ikkita
asosiy xom ashyo turi zarur: Yog’och va bog‘lovchi modda sifatida sintetik smola ishlatiladi. Plitalarning xususiyatini yaxshilash uchun, asosiy aralashmaga ozgina miqdorda qo‘shiluvchi gidrofobizatorlar, antiseptik va antipirenlar kerak. Yog’och qirindisini qayin, dub, buk, qarag‘ay (sosna), archa (el) va boshqa bargli va ignabargli daraxt yog’ochlaridan tayyordash mumkin. Qattiq va og‘ir daraxtlardan, yYengilroq va yumshoq daraxtlarga qaraganda, kam mustahkamligi va zichligi kam bo‘lgan plitalar olinadi. 164 Qirindiga aylantirish uchun turli ko‘rinishdagi noishchi yog’och, qisqa va uzun yog’ochlar, va yog’ochni qayta ishlash chiqindilari – gorbil, qirqindi, reykalarni ishlatilish mumkin. Nazorat uchun savollar: 1.Yog’och tolali plitalar ishlab chiqarish texnologiyasini aytib bering. 2. Yog’och tolali plitalarni ishlab chiqarish texnologiyasini tushuntiring? 3. Yog’och qirindili plitalar ishlab chiqarish uchun xom-ashyolar nimalardan iborat? 4 . Yog’och tolali plitalar ishlab chiqarish uchun xom-ashyolar nimalardan iborat? 5-AMALIY MASHG‘ULOT Mavzu: Yog‘och qirindili plitalarni ishlab chiqarish.. Nazariy qism Asosiy bog‘liqliklar va hisoblash formulalari Tayanch iboralar: yog’och,mikrostruktura,selluloza,ignabargli daraxtlar,nuqsonlar,yog’och sortamenti,yonuvchanlik,chirish,yog’och buyumlari. Yog’och tolali plitalar deganda, yog’ochni ketma-ket tolasimon massaga maydalash, qoliplash berish va issiqlik bilan qayta ishlash yo‘li bilan olinuvchi yirik o‘lchamli plita yoki listlar tuShuniladi. Yog’och tolali plitalar turli xususiyatlar bilan ishlab chiqariladi, bu xususiyatlar ularni faqat issiqlik izolyasiya materiallar sifatidagina emas, balki konstruktiv, bezak va akustik maqsadlarda ishlatishga imkon beradi. Mustahkamlik, hajmiy og‘irlik, g’ovak va boshqa xossalarga ko‘ra, yog’och tolali plitalar ikki guruhga bo‘linadi: a) izolyasion, yuqori g‘ovak, vakuum-qoliplash va quritish yo‘li bilan Yog’och tolali massadan olinadi; b) qattiq, yuqori zichlikka ega, yog’och tolali massadan vakuum-qoliplash va issiq presslash yo‘li bilan olinadi. Izolyasion plitalar izolyasion va izolyasion-bezaklilarga, qattiq plitalar esa yarim qattiq va juda qattiqlarga bo‘linadi. Hajmiy og‘irlik. Plitalarni alohida turlarga kiritish uchun asosiy ko‘rsatkich sifatida hajmiy og‘irlik xizmat qiladi. Izolyasion guruhga kiruvchi plitalarda barcha issiqlik izolyasion materiallarda qabul qilingani kabi, hajmiy og‘irlikning yuqori chegarasi; qattiq(presslangan) plitalar guruhida – hajmiy og‘irlikning quyi chegarasining mumkin bo‘lgan qiymatlari o‘rnatiladi. Alohida tur plitalar uchun tashqi belgi – bu zichlik darajasiga bog‘liq bo‘lgan qalinlikdir; zichlik qanchalik kam bo‘lsa, plitalar shunchalik qalin bo‘ladi. Izolyasion plitalar 8 dan 25 mm gacha, qattiq plitalar esa 3 dan 8 mm gacha qalinlikka ega. Plitalar uzunligi va bo‘yi ham zichlik darajasiga bog‘liq: eng zich plitalar katta mustahkamlik va katta o‘lchamga ega. Qattiq plitalar uzunligi 3600 mm gacha va eni 1800 va 1600 mm bo‘lishi mumkin. Bu o‘lchamlar chegaraviy emas va kattalashishi ham mumkin. Yog’och tolali plitalarning katta o‘lchamlari ularning qurilish mahsulotlari sifatidagi afzalliklaridan biridir. Shunga ko‘ra, yog’och tolali plitalarni devorlar uchun ishlatish katta mehnat sarfi talab qilmaydi va qurilish montaj ishlarini industrlashga 165 yordam beradi: xonadagi devorni o‘rnatish uchun odatda xona balandligiga teng 2-3 uzunlikdagi plitalarni qo‘yish talab qilinadi. Yog’och tolali plitalarning fizik-mexanik xususiyatlar harakteristikasi quyidagi jadvalda keltirilgan. Yog’och-tolali plitalar xususiyatlar ko‘rsatkichlari 1-jadval Xususiyatlar Plita turlari izolyasion izolyasion bezakli yarim qattiq qattiq juda qattiq Hajmiy og‘irlik kg/m 3 250 dan ortiq emas 350 dan ortiq emas 400 dan kam emas 850 dan kam emas 950 dan kam emas Bukishdagi mustahkamlik chegarasi kg/sm 2 , kam emas 12 20 150 400 500 Issiqlik o‘tkazuvchanlik 0.06 0.08 K u z a t i l m a g a n koeffitsienti kkal/m•soat•grad Hajmiy og‘irligi 150 kg/m 3 gacha bo‘lgan izolyasion plitalarda bukishdagi mustahkamlik chegarasi 4 kg/sm 2 dan kam emas va issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti 0,047 kkal/m•soat•grad dan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Plitalarni ishlatish chegaraviy harorati 100 0 C ga teng. Yog’och tolali plitalarni issiqlik o‘tkazuvchanligi, boshqa materiallar singari, ularning g‘ovakligiga bog‘liq: g’ovak oshishi bilan issiqlik o‘tkazuvchanlik kamayadi. Hajmiy og‘irligi 250 kg/m 3 bo‘lgan issiqlik izolyasion plitalar g‘ovakgi taxminan 80% ga yaqin. Qattiq plitalar g‘ovakgi izolyasion plitalarga ko‘ra, taxminan 2 marta kichik. Mayda va shu bilan birga bir tekis taqsimlangan g’ovak bunday plitalardagi past issiqlik o‘tkazuvchanlikning asosiy sababchisidir. Yog’och tolali izolyasion plitalar issiqlik o‘tkazuvchanligi ularning namligiga bog‘liq. Download 3.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling