Referat mavzulari ro’yxati


Download 3.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/151
Sana06.11.2023
Hajmi3.6 Mb.
#1751897
TuriReferat
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   151
Bog'liq
PARDOZ UMK (2) (2)

Pigmentlar 
Pigmentlar mayin tuyilgan suvda, organik erituvchilarda va bog‘lovchi moddalarda 
erimaydigan, lekin ular bilan yaxshi aralashib bo‘yovchi tarkib hosil qiladigan rangli 
kukundir.
Bo‘yoqlarning faqatgina rangi emas, balki ulardan hosil qilingan qoplamalarning 
uzoq muddatga chidamligi ham pigmentlarga bog‘liq. Tarkibiga ko‘ra pigmentlar 


125 
mineral va organik guruhlarga bo‘linadi, mineral pigmentlar esa o‘z navbatida tabiiy 
va sun’iy bo‘ladi. 
Organik pigmentlarga pardozchilik qurumi, grafit va yuqori bo‘yash xususiyatiga 
ega bo‘lgan organik bo‘yovchi moddalar- yorug‘chidamli sariq va to‘qsariq, qizil va 
ko‘k pigmentlar kiradi. 
Tabiiy pigmentlarga bo‘r, ohak, mo‘miyo, temir surik, kinovar, sun’iy 
pigmentlarga esa xom ashyoga kimyoviy yo‘l bilan qayta ishlov berib olinadigan oq 
bo‘yoq, krona, ultramarin, pardozchilik lazuri va boshqalar kiradi. 
Oq pigmentlar. Oq pigmentlarga belila, bo‘r, ohak, alyuminiy upasi kiradi. 
Titanli belila-ikki oksidli titan (TiO
2
) kukuni. Uning qoplovchanlik qobiliyati 
Yuqori, yorug‘likka va atmosfera ta’siriga chidamli, ishlash uchun qulay va kishi 
organizmiga zararli ta’sir qilmaydi. Titanli belila 125rgan, yog’och, suvoqlarni 
bo‘yashda ishlatiladigan moyli, emalli va boshqa tashqi va ichki bo‘yoqlar 
tayyorlashda ishlatiladi. 
Rux belilasi asosan ZnO dan iborat bo‘lib yorug‘chidamli va zararsizdir. Lekin, 
qo‘rg‘oshinli oq bo‘yoqday ishqorlar ta’siriga yetarli chidamlikka ega emas.Litoponli 
belila cho‘ktirilgan 125rgani SO

lardan iborat bo‘lib, yorug‘lik ta’sirida sarg‘ayadi. 
Shu sababli uni ichki pardozlashda ishlatiladi. 
Qo‘rg‘oshin 
belilasi-oq 
rangli 
talqon 
bo‘lib, qo‘rg‘oshin karbonatidir-
2RbSO
3
Rb(ON)
2
. Bu pigment zaharli bo‘lganligi uchun qurilishda kam ishlatiladi. 
Oltingugurt birikmalari va gazlar ta’sirida qorayadi. Shuning uchun ultramin bilan 
aralashtirish mumkin emas. Qo‘rg‘oshinli oq bo‘yoq asosidagi bo‘yoqlar 125rgan 
qurilmalarni zanglashdan saqlashda, hamda 125rganic inshoatlarni tashqi qismidagi 
buyumlarni ranglashda ishlatiladi. 
Alyuminiy pigmentining zarralari yapaloq bo‘lib, uning moyli bo‘yog‘I 125rgan 
konstruksiyalarni korroziyadan himoyalash maqsadida ishlatiladi, hosil bo‘lgan yupqa 
qatlam suvga chidamli, ultrabinafsha nurlarini o‘tkazmaydi va uzoqqa chidamlidir. 
Bo‘r oq pigment va rangli pigmentlarni oqartirishda to‘ldiruvchi sifatida ishlatiladi. 
Havoyi ohak, asosan, binolarning fasadini oqlashda ishlatiladi. 
Sariq pigmentlarga oxra va kronalar kiradi. Rux kronasi (rux xromati) asosan, 
125rgan qoplamalarni antikorrozion bo‘yashda ishlatiladi, qo‘rg‘oshin kronalar xromat 
va sulfat qo‘rg‘oshindan iborat bo‘lib, inson salomatligiga zararli. Shu sababli, bu 
pigment bilan ishlayotganda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish kerak. 
Oxralar temir gidroksidi va tuproq qo‘shimchasidan iborat. Uning rangi och 
sariqdan to oltinranggacha bo‘lishi mumkin. Jigarrang pigmentlar guruhiga umbra va 
boshqa temir surigi va mumiyodan olinadigan aralashma pigmentlar kiradi. Umbra 
mayin tuyilgan tuproq bo‘lib, Fe
2
O
3
, MnO
2
va boshqa qo‘shimchalar bilan bo‘yalgan 
hisoblanadi. 
Yashil pigmentlarga xrom oksidi, yashil sink va boshqa aralash pingmentlar kiradi. 
Xrom oksidi ishqorlar, kislotalar va yuqori haroratlarga chidamlidir, yashil-ko‘k 
rangni olish uchun xrom oksidi tarkibiga ultramarin solinadi. Yashil sink kronalar, 
pardozlash lazuri va to‘diruvchi (bariy sulfati) aralashtirib olinadi. Bu pigment 
ishqorlar ta’siriga chidamlidir. 
Ko‘k pigmentlarga 125rganic125y125e va pardozlash lazuri kiradi. 
Ultramarin-nihoyatda mayin mayda qilib tuyilgan ko‘k rangli talqon bo‘lib, kaolin 
bilan soda va oltingugurt (yoki ko‘mir va trepeldan) pishirib olinadi. 


126 
Ultramarin kislotalar ta’siriga chidamsiz, ammo yorug‘lik va ishqor ta’sirida 
aynimaydi va buzilmaydi. Buyoqchilik sanoatida ultramarinning rangi asta o‘zgarib 
boradigan besh turda ishlab chiqariladi: UXK, US, UM-1, UM-2, UM-3. 
Lazur-ranglash kuchi juda yuqori bo‘lgan yorug‘lik ta’siriga chidamli, ko‘k rangli 
sun’iy pigment, u alohida yoki talqonsimon to‘ldirgichlar bilan aralashtiririb 
chiqariladi. Sof lazur yorug‘likka juda chidamli, ko‘k rangli pigment, u alohida yoki 
talqonsimon to‘ldirgichlar bilan aralashtirib chiqariladi. Sof lazur yorug‘likka juda 
chidamli, ammo uni rux va titan belilasi bilan aralashtirilsa, rangi sezilarli ravishda 
ayniydi. Lazur juda tatimli bo‘lgani uchun, uning bir chimdimi ham oq pigmentlarni 
bo‘yay oladi. Lazurning kimyoviy tarkibi Fe
4
[Fe(CH)
6
]
3

Eng arzon va qurilishda ko‘p tarqalgan qizil pigmentlarga tabiiy va sun’iy 
mo‘miyo, temir va qo‘rg‘oshin surigi, redoksayd kiradi. Temir surigi och qizil rangli 
temir oksidi kukunidan iborat. 
Mo‘miyo – temir oksidi sarg‘ishdan qizil ranggacha bo‘lgan gil tuproqli 
pigmentlardir. (Fe
2
O
3
,FeO). Gil tuproq qizdirilib sun’iy mo‘miyo olinadi. Mo‘miyo 
yuqori berkituvchanlik qobiliyatiga ega, shu bilan birga, u yorug‘lik va atmosfera 
ta’sirlariga chidamli. 
Qora va kul rang pigmentlarga marganets peroksidi mayin tuyilgan, grafit, qurum 
ishlatiladi. 
Pigmentlarning asosiy xossalariga mayinlik darajasi, qoplash 126rgan‘yash 
qobiliyati, yog‘talabchanligi, yorug‘ chidamligi, atmosfera ta’siriga chidamliligi va 
boshqalar kiradi. 

Download 3.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling