Referat mavzulari ro’yxati


Download 3.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/151
Sana06.11.2023
Hajmi3.6 Mb.
#1751897
TuriReferat
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   151
Bog'liq
PARDOZ UMK (2) (2)

Silikatli bo‘yoqlar. Silikat bo‘yoqlarda bog‘lovchi modda sifatida suvli kolloid 
qorishma ko‘rinishida kaliy silikati (K
2
O
.
mSiO
2
) xizmat qiladi. Silikat bo‘yoqlarga 
bog‘lovchidan tashqari ishqorlarga chidamli pigmentlar (oxra, temir surik va h.k) 
suvga chidamlilikni oshiruvchi giltuproqli to‘ldiruvchi (mayin tuyilgan kvars qumi
diatomit yoki trepel) ham solinadi. 
Kaliy silikati parda hosil qiluvchi modda bo‘lib, suvda gidrolizlanadi 
Lok rang ‘yoqlar 
Pardozlash ishlarida ashyo yuzasiga surkaladigan 129rganic moysimon, suyuq va 
har xil tarkibli moddalar ko‘p ishlatiladi. Ular ashyo yuzasiga mustahkam yopishib, 
yupqa parda hosil qilib qotadi. Pardozbop ashyolar guruhiga kiruvchi.bunday 
moddalar va tarkiblarni lok-bo‘yoq yoki bo‘yoqchilik ashyolari deb ham ataladi. 
129rganic inshootlarni pardozlashda, zararli muhitdan muhofazalashda, ularni 
qattiq ashyolar bilan qoplanganda buyum hamda konstruksiyalarning boshlang‘ich 
davridagi xossalarini ta’minlab, ularning chidamliligi hamda qurilish samaradorligi 
oshiriladi. Pardozbop ashyolar bezak berishda, sanitariyagigienaga doir sharoit 
yaratishda, changlanish, ifloslanish, namlanishdan, tashqi shovqindan saqlashda 
129rga ahamiyat kasb etadi. Bo‘yoqlar asosan bog‘lovchi, erituvchi, pigment va kukun 
to‘ldirgichlardan tashkil topgan. 
Aliflar. Lok-bo‘yoqlar tayyorlashda asosan tabiiy va aralashtirilgan (sun’iy) 
aliflar ishlatiladi. Tabiiy aliflar o‘simlik moyidan maxsus ishlab olinadi hamda 
surkalgandan keyin havoda tez qurib, yupqa va 129rganic parda hosil qiladi. Tabiiy 
aliflarning qotishi kolloid kimyoviy jarayon bo‘lib, u havodagi kislorod bilan 
oksidlanish natijasidir. Tabiiy alif zig‘ir, kanop, kungaboqar va boshqa o‘simlik 
moylaridan tayyorlanadi. Buning uchun o‘simlik moyiga maxsus aralashma 
(sikkativlar) qo‘shilib, u 200°S gacha qizdiriladi. Zig‘ir va kanopdan olinadigan alif 
qurilishda yuqori sifatli ashyo hisoblanadi. 


130 
Tabiiy alifning kamchiligi uning sekin qurishidir. Tabiiy alif o‘rniga quyuq-
suyukligi va parda hosil qilish xossalari unga yaqin bo‘lgan sun’iy hamda yarim sun’iy 
aliflarni ishlatish mumkin. 
Erituvchilar. Barcha bo‘tqasimon bo‘yoq tarkiblarni ishlash uchun qulay 
darajaga keltirishda erituvchilar 130rga ahamiyatga ega. Ular ishlatilishiga ko‘ra 3 xil 
bo‘ladi: moyli lok 130rgan‘yoklar uchun; gliftal va bitum lok-bo‘yoklari uchun; 
epoksid, nitrotsellyuloza va perxlorvinil lok-bo‘yoqlari uchun ishlatiladigan 
erituvchilar. Yelimli suv-emulsiyali bo‘yoklar uchun erituvchi sifatida suv ishlatiladi. 
Lok-bo‘yoqlarni eritishda ko‘proq skipidar, solventnaft va boshqalardan foydalaniladi. 
Pigmentlar. Kimyoviy birikmalar bilan bo‘yalgan, suvda va biriktiruvchilarda, 
shuningdek, 130 gradus eritmalarda erimaydigan hamda kukun holatida suyuq 
bog‘lovchilar bilan osongina aralashib bo‘yoq hosil qiladigan moddalar pigmentlar 
deb ataladi. Pigmentlar 130 gradus va mineral bo‘ladi. Mineral pigmentlar o‘z 
navbatida, tabiiy hamda sun’iy xillarga bo‘linadi. 

Download 3.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling