Referat mavzulari ro’yxati
Download 3.6 Mb. Pdf ko'rish
|
PARDOZ UMK (2) (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oltin rang bronza
- Epoksid bo‘yoqdari
- Nitrobo‘yoqlar
Kukun to‘ldirgichlar
Alyumin kukuni juda nafis maydalangan, bargsimon zarrachalardan iborat. Berkitish xususiyati, maydalanish darajasi va kimyoviy tarkibiga qarab alyumin kukuni 4 xil markali qilib chiqariladi. Tashqi ko‘rinishi jihatidan olganda alyumin kukuni oson surkaladigan qumushkul ranglidir. Asosan temir yuzalarni bo‘yash uchun ishlatiladigan moyli, emalli va emulsiya bo‘yoq aralashmalar tayyorlash uchun ishlatiladi. Berkituvchanligi 40 g/m 2 ga teng. Oltin rang bronza xuddi alyumin kukuni singari jez, bronza yoki misni maydalash yo‘li bilan olinadi. Zarrachalari bir xil tuzilishga ega. Oltin rang bronzani moyli va emalli bo‘yoqqa qo‘shib, asosan, har xil ichki bezash ishlari uchun ishlatiladi. Berkituvchanligi 40 g/m 2 ga teng. Bo‘yoqbop kukun to‘ldirgichlar – oq rangli bo‘yoq tarkiblarga ishlatiladigan pigmentlarni tejash maqsadida qo‘llaniladigan erituvchilarda erimaydigan mineral modda. Kukun to‘ldirgichlar qo‘shilganda bo‘yoq tarkiblarning xossalari birmuncha o‘zgaradi, ya’ni ularning mustahkamligi, kislotalar, ishqor, yuqori haroratga chidamliligi anchagina ortadi. Bo‘yoq tarkiblar va buyum sirtini tekislashda tuyilgan talk, qum, changsimon kvars, andezit, diabaz, asbest ishlatiladi. Epoksid bo‘yoqdari asosid tayyorlanadigan emal pigmentlarni epoksid smolalari eritmasida qorishtirib olinadi. Epoksid emallari kimyoviy elementlar ta’siriga juda chidamli. Shuning uchun u temir va yog’och buyumlarni zanglashdan va chirishdan saqdash maqsadida ishlatiladi. Nitrobo‘yoqlar tashqi va ichki bo‘yoq ishlarida xomaki bo‘yalgan temir, yog’och-taxta va suvoq yuzalarini bo‘yash uchun ishlatiladi. Nitroemal – nitrotsellyuloza va smolaning uchuvchan 130rganic erituvchilardagi eritmalaridan iborat. Unga pigmentlar va plastifikatorlar qo‘shilgan bo‘ladi. Nitroemallar tashqi muhit ta’sirida bo‘lmagan yog’och-taxta va xomaki bo‘yalgan temir yuzalarni bo‘yash uchun ishlatiladi. Download 3.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling