Referat mavzulari
Download 5.99 Kb. Pdf ko'rish
|
vazifalari va qanday muhim ahamiyatga ega ekanligi
haqidagi tushunchani shakllantirish.Kommunal gigiena fani haqidagi masalalarni gigienik nuqtai-nazardan baholashga o‘rgatish. Shu bilan birga kommunal gigiena fanida davlat sanitar nazoratini amalga oshirishning mohiyatini va muhimligini alohida o‘rgatish. Pedagogik vazifalar: -Talabalarni kommunal gigiena fani bilan tanishtirish; - Respublikadagi mavjud bo‘lgan gigienik muammolarini yoritib berish; -Mavzu bo‘yicha mavjud bo‘lgan me‘yoriy hujjatlar bilan tanishtirish O‘quv faoliyati natijalari: -Kommunal gigiena fanining tibbiyotdagi ahamiyatini ko‘rsatib beradi; -Kommunal gigiena bo‘yicha mavjud bo‘lgan muammolarni yoritib beradi; -Kommunal gigienada qo‘llaniladigan usullar haqida tushunchalarni izohlaydi; -Respublika hududida kommunal gigiena fanining tutgan o‘rni va fan bo‘yicha buyuk olimlar va ularning fanning rivojlanishiga qo‘shgan xissalariga ta‘rif beradi; -Kommunal gigiena fanining tashqi muhitning sanitar muxofazalashda va aholi salomatligini saqlashda tutgan o‘rnini asoslab beradi. Ta‘lim usullari Ma‘ruza, namoyish Ta‘lim shakli Frontal Ta‘lim vositalari Ma‘ruza matni, kompyuter Ta‘lim berish sharoiti Maxsus texnika vositalari bilan jihozlangan guruxli shaklda ishlashga mo‘ljallangan xonalar Monitoring va baholash Og‘zaki so‘rov ―Kommunal gigiena fanining mazmuni, masalalari, usullari‖ mavzusi bo‘yicha ma‘ruza mashg‘ulotining texnologik xaritasi Ish bosqichlari va vaqti Faoliyat ta‘lim beruvchi ta‘lim oluvchilar 131 1-bosqich. O‘quv mashg‘uloti ga kirish (10 daq) 1.1. Mavzuning nomi, maqsadi va kutilayotgan natijalarni etkazadi. 1.2. Mavzu bo‘yicha asosiy tushunchalar to‘g‘risida tushuncha beradi. 1.3. Mashg‘ulot rejasi bilan tanishtiradi. 1.4. Adabiyotlar ro‘yxatini beradi (ilova №1) Tinglaydilar va yozib oladilar. Aniqlashtira-dilar, savollar beradilar 2-bosqich. Asosiy qism (70 daqiqa) 2.1. Slaydlarni Power point tartibida namoyish qilish va sharhlash bilan mavzu bo‘yicha asosiy nazariy holatlarni bayon qiladi. Jalb qilinuvchi savollar beradi. Mavzuning har bir qismi bo‘yicha xulosa qiladi; eng asosiylariga e‘tibor qaratadi va berilayotgan ma‘lumotlarni daftarga qayd qilishni talab etadi Yozadilar Tinglaydilar, Jadvallarni daftarga ko‘chirib oladilar. Savollar beradilar ma‘lumotlarni daftarga qayd qiladilar. 3-bosqich. Yakuniy (10 daq) 3.1. Xulosa: Mavzu bo‘yicha xulosa qiladi. 3.2. Mustaqil tayyorgarlik ko‘rish uchun savollar va topshiriqlar beriladi Tinglaydilar, Savollar beradilar Topshiriqni yozadilar 1. Mavzu: «KOMMUNAL GIGIENA FANINING MAZMUNI, MASALALARI, USULLARI» 2. Tibbiy profilaktika fakulteti talabalari uchun. 3.Ma‘ruzaning maqsadi: Talabalarga belgilangan masalaning mohiyatini tushuntirish va ularda O‘zR-dagi kommunal gigiena faniga bog‘liq bo‘lgan muammolari qanday muhim ahamiyatga ega ekanligi haqidagi tushunchani shakllantirish. Kommunal gigiena bo‘yicha shifokor keng fundamental va amaliy tayyorgarlikka ega bo‘lishi kerak. Kommunal gigiena fanida qo‘llaniladigan usullarning gigienik nuqtai-nazardan baholashga o‘rgatish. Shu bilan birga kommunal gigienada davlat sanitar nazoratini amalga oshirishning mohiyatini va muhimligini alohida o‘rgatish. 4.Ma‘ruza rejasi: - 4.1. Kommunal gigiena fani va uning mazmuni - 5 daqiqa . 4. 2. Fanning rivojlanish tarixi va muammolari. – 25 daqiqa 4. 3. Kommunal gigienaning maqsadlari, ish shakllari va usullari.- 30 daqiqa 4.4. DSN tashkil qilish va o‘tkazishda shifokor faoliyatining huquqiy asoslari, etikasi va deontologiyasi. – 30 daqiqa 5.MA‘RUZANING MAZMUNI. 5.1.Kirish Ilmiy-texnikaviy taraqqiyot jamiyat hayotida yangi-yangi masalalarni yuzaga keltirib, jamiyat va tabiat o‘rtasidagi munosabatlarni tubdan o‘zgartirib bormoqda. Shu sababli, aholining turmushiga va sihat-alomatligiga tashqi muhit omilining ta‘sirini o‘rganish, unga har tomonlama baho berish - kommunal gigiena faninin asosiy maqsad hisoblanadi. Kommunal gigiena ko‘p qirrali fan bo‘lib, uning har bir bo‘limida ilmiy asosga tayangan holda insonning sihat-salomatligini sakdash va yanada sog‘lomlashtirish uchun turli gagaenik tadbir- choralar ishlab chiqilgan. Bu fan bajarilishi qonuniy bo‘lgan turli gigienik-meyoriy xujjatlarni tayyorlash va turli vazirliklar yordamida bu xujjatlarni, sanitariya qoida-lari, ko‘rsatmalar va qo‘llanmalarni tayyorlab, tasdiklatib, ularni amaliyotga joriy etilishi bilan shug‘ullanadi va shularni kuzatadi. Bu xujjatlarning asl maqsadi sanitariya-gigiena tadbirlarini amalga oshirish, yuqumli va yuqumsiz kasalliklar tarqalishining oldini olish va tashqi muhitning ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslikdir. 132 Kommunal gigiena fani va uning mazmuni, usullari. Commune - fransuz tilidan jamoa, odamlar o‘rnashgan joy ma‘nosini bildiradi (aholi turar joylari gigienasi, shahar, ishchi posyolkalar va qishloklar). Hygienos - grekchada olingan bo‘lib, salomatlikka ko‘maklashuvchi, salsmatlik keltiruvchi ma‘nosini beradi. Kommunal gigiena - insonga tabiiy va ontropogen omillar ta‘sirini o‘rganadigan va shular asosida gagaenik me‘yorlarni, hamda sanitariya qoida-larini ishlab chiqadigan fan bo‘lib, bu qoidalarga rioya qilish salmatlikni ta‘minlaydi va aholi turmush sharoitlarini yaxshilaydi. Kommunal gigiena atrof muhitning iflosdanishini oldini olish va bartarf etishga, uni sog‘lomlashtirishga qaratilgan, aholini kasallanishining oldini olishga va kamaytirishga qaratilgan sanitariya-gigienik va sanitariya - epidemik tadbirlarni ishlab chiqishga va amalda qo‘llanishini nazorat qilishga tadbiq qilinishining ilmiy asosi hisoblanadi. Kommunal gigiena - fan sifatida o‘zining oldiga uchta asosiy masalani qo‘ygan: 1. Aholi turar joylarida tashqi muhitning inson salomatligiga ta‘sirini o‘rganish. 2. Aholi yashash joylarni sog‘lomlashtirish, ozodaplashtirish va optimal sharoitga keltirish uchun zaruriy sanitariya me‘yor va profilaktika tadbirlarini ishlab chiqish. 3. Kommunal gigiena sohisida sanitariya qonunlarining asoslarini ishlab chiqish. Kommunal gagienada qo‘laniladigan usullar. Kommunal gigienada, ilmiy izlanishlarda va sanitariya amaliyotida quyidagi usullardan foydalaniladi. 1. Aholi yashash sharoitlarini sanitariya tekshiruvidan o‘tkazish va olingan natijalarni statistik qayta ishlab chiqish. 2. Gigienik tekshiruvlarni asbob-uskunalar yordamida o‘tkazish. Bularga harorat, namlik, havo bosimi va harakat tezligi, issiqdik va ultrabinafsha radiatsiyasining kuchlanishi, yoritilganlik, shovqin intensivligi va boshqa fizik, kimyoviy ko‘rsatkichlarni o‘lchash. 3. Gigienik tekshiruvlarni maxsus laboratoriya sharoitida yoki ularning yordamida o‘tkazish. Bularga ichimlik suvini, chiqindi suvlarni, yopiq xonalar havosini, atmosfera, tuproq va tashqi muhitning boshqa elementlarining fizik-kimyoviy, biologik, bakteriologik, gelmentologik, toksikologik va radiologik usullar bilan tekshiruvlar kiradi. 4. Tashqi muhit omillarining inson organizmiga ta‘sirini fiziologik usullar yordamida aniqlash. 5. Laboratoriya sharoitlarida tajriba o‘tkazish usullari (kameralarda, maxsus tajribaviy asbob- uskunalarda). 6. Aholi yashash joylarining sanitariya sharoitlariga bog‘liq statistik sinov usullari bilan aniqlash. 7. Tashqi muhit ta‘sirini aniqlash uchun aholining turli guruxlarini ommaviy ko‘rikdan o‘tkazish usullari. 5.2. Kommunal gigiena fanining rivojlanish tarixi va zamonaviy muammolari. Gigiena fanining rivojiga, qadimiy Turon o‘lkasida yashab ijod qilgan, tibbiyot ilmiga o‘zining bebaho hissasini qo‘shgan iste‘dodli olimlar Aba Ali Ibn Sino, Ismoil Jurjoniy, Abu Rayhon Beruniy, Umar Chag‘maniy va boshqalar ham o‘z asarlari bilan katta hissa qo‘shganlar. Qisqa, ammo mazmunli hayot kechirgan, salkam 500 ga yaqin asarlar yaratgan buyuk alloma Ibn Sinoning asarlari uni jahonga tanitdi. Ibn Sino o‘zining "Tib qonunlari" kitobida gigiena ilmyga bagashlan-gan ko‘p masalalar echimlarini yozib qoldirgan. Jumladan, u agar havoda va boshqa g‘uborlar bo‘lmaganda edi, inson hayoti anchagana cho‘zilgan bo‘lardi", deb atmosfera havosining ifloslanishidan holi qilishni uqtiradi. Ayniqsa, u havo haroratiga, uning namligaga e‘tibor bergan. Asarlarida insonlar yilning turli fasllarida sog‘liklarini saqlashning ehtiyot choralarini ko‘rishlari zarurligani, ko‘pgana kasalliklar namlik oshganda, yoki issiqlik darajasi haddan tashqari oshib ketganda zo‘rayishini aytib o‘tgan. U shunday degan: "Shuni bilgankim, yil faslining turli iklim sharoiti qandaydir ka-sallikni keltirib chiqarishi mumkin, demak, ikdimga qarab akl-zakovat bilan odamlarga turli kun tartibini tavsiya qilish kerak". 133 "Tib qonunlari" kitobida, jumladan, turar joylarni qurishda maydon-ning sof tuprog‘i, relefi katta ahamiyatga ega ekanligani tushuntiradi va aholi yashashi uchun quriladigan maydonlar kungay, bahavo, quruq tuprokli bo‘lmog‘i zarur, deydi. Yuqorida qayd qilinganlardan tashqari o‘z asarida inson salomatligani sakdashda tashqi muhit omillari: suv, tuproq, atmosfe-ra havosining ahamiyatini alohida ta‘kidlab o‘tadi. Ismoil Jurjoniy Xorazmshohlar davrida yashab ijod qilgan, tibbiyot fani rivojiga o‘z hissasini qo‘shgan yirik olim. U Xorazm viloyatining ikdimi, tuprog‘i, havosi, geografik holati haqida yozibgana qoldirmay, ularni insonlar salomatligiga ta‘sirini ham o‘rgandi. Uning fikricha, "Kimki Xorazm viloyati havosidan nafas olsa, undagi dorivor o‘simliklar-dan, meva va rezovor o‘simliklardan iste‘mol qilsa, uning sog‘ligi iustahkam bo‘ladi". Jurjoniy tibbiyot olamida ikki bebaho kitob qoldirdi, bular "Xorazmshoh xazinasi" va "Xorazmshoh Karabadini", "Xorazmshoh xazinasi" 9 ta kitobdan iborat bo‘lib, tibbiyot fanining turli sohalariga bagashlangan. U kasalliklarning kelib chiqishiga 6 xil omil sabab bo‘ladi, deydi, ya‘ni, havo (iqlim), oziq-ovqat va dori-darmon, uyqu va uyqusizlik, jismoniy harakat va harakatsizlik, organizmga kiruvchi moddalar va ularning organizmdan ajralishi, haddan tashqari xursandchilik va xafagarchilik. Jurjoniy "Xorazmshoh xazinasi" nomli kitobida zax, namligi yuqori bo‘lgan joylarga, uy-joy qo‘rganda poydevorini balandroq qurishni tavsiya etadi. U ichimlik suvlarga to‘xtalib, qish vaqtida yog‘gan yomg‘ir va erigan qor suvi yoz vaqtida yog‘ganiga nisbatan tozaroq ekanligani uqtirib, bu holni atmosfera havosining yoz vaqtida iflosligi natijasi, deb to‘g‘ri fikrlaydi. Tarkibida temir moddasi ko‘p bo‘lgan suv kishi organizmiga, ya‘ni me‘da-ichak, buyrak va jinsiy a‘zolar faoliyatiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatishi, sho‘r suv esa, qonni o‘zgartirishi, ich ketkazishi, buyrak, siydik holida tosh hosil bo‘lishiga sabab bo‘lshii to‘g‘risida ma‘lumotlar bergan. U suvning tozaligani aniqlovchi ko‘rsatkichlar sifatida, uning rangi, mazasi, hidi, tinikligini ko‘rsatib o‘tgan. Agar Turkiston tarixiga murojaat qilsak, yozma manbalar, asosan, nisbatan yaqinroqda tarqalgan. O‘rta Osiyo respublikalari ilgari Turkiston viloyati (okrug), deb yuritilgan. Bu viloyat tarkibiga hozirgi hozirgi Qo-zog‘iston respublikasining janubiy nohiyalari, Qirg‘iziston, Tojikiston kirgan. Turkistonda gigiena fani qanday taraqqiy etgani xususidagi savol-larga kichiq- kichiq risolalardan javob topish mumkin edi. Ammo alohida maxsus darslik yo‘q edi. 1920 yilda Turkiston Davlat dorilfununi tashkil qilindi. Uning tibbiyot fakultetida ishlash uchun Moskva va boshqa shaharlardan bir qancha olimlar, gigienistlar taklif qilindi. 1922 yildan Turkiston jumhuriyatida sanitariya vrachlari, kuzatuvchi tashkilotlar, mehnatni muhofaza qilish ishlari uyushtira boshlandi. Keyin-chalik sanitariya, ximiya, bakteriologik laboratoriya, so‘ngra epidemik kasal-liklarga qarshi kurashuvchi bo‘limlar tashkil qilindi. 1924 ymlda Buxoro shahrida tarqalgan rishta kasalligiga qarshi kurashish va uni yo‘q qilish maqsadida tropik tibbiy ilmiy-tekshirish ilmgohi ochildi. 1927 yili O‘lka sanitariya-bakteriologiya ilmgohi qoshida sanitariya-gigiena bo‘limi tashkil qilindi. 1934 yilda O‘zbekiston ilmiy-tekshirish sanitariya-gigiena instituti ochildi. Turkiston Davlat dorilfununidan, keyinchalik Toshkent Davlat Tibbiyot oliygohi alohida bo‘lib ajralib chiqdi vv uning qoshida sanitariya-gigiena mutaxassislari tayyorlaydigan fakultet ochildi. Kommunal gigiena kafedrasiga t. f. d. , professor Vinokurov Petr Dmitrievich mudirlik qildi, 1935-1938 yillarda. U, asosan, suv va turar joy gigienasi bilan bog‘liq masalalar bilan shug‘ullangan. Kommunal gigiena kafedrasiga t. f. d. , professor Ageev Petr Konstan-tinovich, 1939-1940 yillarda mudirlik qildi, U o‘zining ishlarida O‘zbekistonda aholini toza suv bilan ta‘minlash tadbir-choralarini ishlab chiqdi. T. f. d. , professor Zohidov Abdulla Zohidovich - O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan fan-texnika arbobi respublikamizdagi gigiena fanining asoschilaridan biri. U o‘zining 1968 yilda yoqlagan "O‘zbekistonda kommunal gigienaning asosiy masalalari" nomli doktorlik dissertatsiyasida O‘zbekiston Respublikasida kommunal gigiena masalalarini o‘rganib, ularni yaxshiroq hal etish usullarini, chora-tadbirlarini ko‘rsatdi. Ushbu ish aholini toza suv bilan 134 ta‘minlash, suv manbalarini muhofaza qilish, turar joylarni ozoda to‘tish yo‘llari, issiq iklim sharoitida zaharli ximikatlarni ishlatishda gigiena masalalari va boshqalarga bag‘ishlangan. Zoirov Kayum Sobirovich - professor, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston-da xizmat ko‘rsatgan vrach, fan arbobi va olim. Iskandarov To‘lqin Iskandarovich – O‘zbekiston Respublikasi fanlari Akademiyasining Akademigi, Rossiya Federatsiyasi tibbiyot texnika fanlari Akademiyasining Akademigi, tibbiyot fanlari doktori, professor, 1972 yildan boshlab 2003 yilgacha kommunal gigiena kafedrasiga mudirlik qilgan. Hozirda O‘zR SSV Sanitariya, gigiena va kasb kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti direktori. Gigiena va boshqa tibbyot muammolari asosida bajarilgan ilmiy tadqiqotlar ma‘lumotlari va natijalari bo‘yicha T. I. Iskandarov muallifligi asosida 550 dan ortiq ilmiy maqola chop etilgan, 97 ta instruktiv uslubiy va me‘yor xujjatlar tayyorlangan. U 67 ta mualliflik shaxodatnomasiga ega, 25 monografiya, 40 ta ilmiy ommabop risolalar, 38 ta kitob qo‘llanmalar yaratgan. Gigiena, toksikollogiya, inson ekologiyasi sohasida yirik ilmiy maktab yaratgan. Ularning raxbarligida 26 ta fan doktorlari va 77 fan nomzodi etishib chiqqan. 1989-1995 yilarda T. I. Iskandarov Respublika sog‘liqni saqlash Vazirligida Vazir muovini va Respublika Davlat Bosh sanitariya vrachi lavozimlarida ishlab kelgan. Ular respublikamizda birinchilardan bo‘lib «Davlat Sanitariya nazorati to‘g‘risida» gi qonunni yaratilishiga asos solganlar. Keyingi yillarda fan-texnika taraqqiyoti juda ko‘p sun‘iy polimer va plastmassa materiallari sintez qilishga va ularni xalq xo‘jaligida joriy qilishga katta yo‘l ochib berdi. Shu bilan birga sanoat korxonalarini qurish va ishga tushirish atmosfera havosini, suv havzalarini, turar joylarni ifloslantirmokda. Shu sababli, ularni reja asosida qurish va ularning chiqindilarni aholi salomatligiga zarar etkazmaydigan qilib tashlashga ahamiyat berish dolzarb vazifa bo‘lib qolmokda. 5.3. Kommunal Gigienaning maqsadlari, ish shakllari va usullari. Kommunal gigiena fanining asosiy maqsadlari - uning alohida bo‘lgan (quyida sanalgan) 6 ta bo‘limida berilgan. 1. Suv va ichimlik-xo‘jalik suv ta‘minoti gigienasi. Mazkur bo‘limda ichimlik suvining sifati, tozalash qurilmalarini joylashtirish va ishlatish, aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta‘minlovchi tarmoklarga qo‘yiladigan gagigenik talablar o‘rganiladi. 2. Suv ob‘ektlarini sanitariya muhofazalash gigienasi. Ushbu bo‘limda suv havzalari suvlarining sifati masalalari, ularni ichimlik-xo‘jalik suvi manbasi sifatida ishlatish mumkinligi, hamda suv havzalari suvining sifatini turg‘un saqdash maqsadida chiqindi-oqava suvlarini tushirilishiga qyiladigan gagaenik talablar o‘rganiladi. 3. Tuproqning sanitariya himoyasi va aholi turar joylarini sanitariya tozalash gigienasi. Bu bo‘limda tuproqni kimyoviy va biologik moddalar bilan ifloslanish shart-sharoitlari o‘rganiladi. Ifloslantiruvchilarni tuproq orqali er osti suvlarga, atmosfera havosiga, o‘simliklarga o‘tib inson salomatligiga va turmush sharoitiga ta‘sir ko‘rsatishi o‘raganiladi. Bo‘limda yana suyuq chiqindilardan sanitariya tozalashga qo‘yiladigan gigienik talablar ham o‘rganiladi. 4. Atmosfera havosini sanitariya muhofazalash gigienasi. Bu bo‘limda atmosfera havosini ifloslanishining qanday darajasi aholi salomatligiga zararsiz ekanligi, aholi turmushining sanitariya-maishiy sharoitlarni buzmaydigan holati, aholi turar joylari havosi tarkibida ifloslantiruvchilarning gagaenik me‘yoridan oshib ketish darajasini vujudga kelishini oldini olish maqsadida atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni joylashtirishga va ishlatilishiga qo‘yiladigan gagaenik talablar o‘rganiladi. 5. Turar joy, umumjamoa, madaniy-maishiy va davolash profilaktika muassasalari gigienasi. Bunda turar joy binolari ichki omillarining inson uchun optimal darajasi (havo harakati, nisbiy namlik, havo harorati, xonaning radiatsion rejimi), davolash profilaktik muassasalarini loyihalashtirish, obodonlashtirish va jihozlanishiga qo‘yiladigan talablar, madaniy-maishiy muassasalarni (hammom, kirxona, sartaroshxona, kinoteatr, teatr, sirk va boshqalarni) 135 loyihalashtirish, obodonlashtirish va jihozlanishiga qo‘yiladigan talablar, sport inshoatlarini (suzish havzalari, sport komplekslari va zallari) loyihalashtirish, obodonlashtirish va jihozlanishiga qo‘yiladigan talablar qaraladi. 6. Aholi turar joylarini loyihalashtirish (rejalashtirish, joylashtirish) gigienasi bu bo‘limda aholi turar joylarini rejalashtirishda tabiiy-iqlim sharoitlarining ahamiyati va ularni rejalashtirishda hisobga olish, aholi turar joylari hududlarida seliteb mintaqani rejalashtirish va qurilishga qo‘yiladigan gagaenik talablar, qishloq aholisi, turpar joylarini rejelashtirishni o‘ziga xos tomonlari o‘rganiladi. Mavzu: ―SUV TASHQI MUHITNING ASOSIY OMILIDIR‖ Ma‘ruzani o‘qitish texnologiyasi Vaqt: 2 soat Talabalar soni:50-60 O‘quv mashg‘ulotining shakli va turi muammoli ma‘ruza Ma‘ruza rejasi Butun dune va xususan O‘zbekistonda suv taminoti bo‘yicha dolzarb muammolar va ularni echish yullari. Suvning fizologik ahamiyati. Suvning gigenik ahamiyati . Aholi salomatligiga va turmush sharoitlariga suvning sifatini va miqdorini ahamiyati suv iste‘mol me‘yorlari. Suv taminotining gigenik maqsadlari. O‘quv mashg‘uloti maqsadi: Talabalarga belgilangan masalaning mohiyatini tushuntirish va ularda suvning inson hayotidagi fiziologik va gigienik ahamiyati haqidagi tushunchani shakllantirish. Shu bilan birga aholi salomatligiga va turmush sharoitlariga suvning sifatini va miqdorining ahamiyati suv iste‘mol me‘yorlari hamda kommunal gigiena shifokorining ichimlik suvi me‘yorlarini ishlab chiqishdagi vazifalari, aholining ichimlik suvi bilan ta‘minlashda suv ta‘minotining mohiyatini va muhimligini alohida o‘rgatish. Pedagogik vazifalar: -Talabalarga suv taminoti bo‘yicha dolzarb muammolar va ularni echish yullarida kommunal gigiena shifokorining ish faoliyatini o‘rgatish, - Respublikadagi mavjud bo‘lgan gigienik muammolarini yoritib berish; -Mavzu bo‘yicha mavjud bo‘lgan me‘yoriy hujjatlar bilan tanishtirish O‘quv faoliyati natijalari: - Butun dune va xususan O‘zbekistonda suv taminoti bo‘yicha dolzarb muammolar va ularni echish yullarida kommunal gigiena shifokorining ish faoliyatini aniqlashtirish. - Suvning fizologik va gigienik ahamiyatini gigienik nuqtai nazardan baholashni bilish. - Aholi salomatligiga va turmush sharoitlariga suvning sifatini va miqdorini ahamiyati suv iste‘mol me‘yorlarini ishlab chiqishni bajara olish. Ta‘lim usullari Ma‘ruza, namoyish Ta‘lim shakli Frontal Ta‘lim vositalari Ma‘ruza matni, kompyuter Ta‘lim berish sharoiti Maxsus texnika vositalari bilan jihozlangan guruxli shaklda ishlashga mo‘ljallangan xonalar Monitoring va baholash Og‘zaki so‘rov 136 ―Suv tashki muhitning asosiy omilidir‖ mavzusi bo‘yicha ma‘ruza mashg‘ulotining texnologik xaritasi Ish bosqichlari va vaqti Faoliyat ta‘lim beruvchi ta‘lim oluvchilar 1-bosqich. O‘quv mashg‘uloti ga kirish (10 daq) Download 5.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling