Referat mavzulari
KOMMUNAL GIGIENA BO‟YICHA
Download 5.99 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.2. Ma‟ruzalarning mazmuni 1 mavzu
KOMMUNAL GIGIENA BO‟YICHA
I SH CH I D A S T U R Umumiy o‘quv soati - 634 soat Shu jumladan: Ma‘ruza - 64 soat Amaliy mashg‘ulotlar - 336 soat Mustaqil ta‘lim soati - 234 soat Toshkent 23 Tuzuvchilar: Iskandarova G.T. - t.f.d., professor, Kommunal va mexnat gigiena kafedrasi mudiri Sherqo‘zieva G.F. - t.f.n., Kommunal va mexnat gigiena kafedrasi dotsenti Yusupxadjaeva A.M. - Kommunal va mexnat gigiena kafedrasi katta o‘qituvchisi Taqrizchilar: G.I. Shayxova - Toshkent tibbiyot akademiyasi, Bolalar va o‘smirlar va ovqatlanish gigienasi kafedrasi mudiri, t.f.d., professor D.Alimuhammedov. - Toshkent shaxar DSENM bosh vrachi, t.f.n. Ishchi dastur «tibbiy profilaktika ishi »yunalishi bo‘yicha o‘quv dasturi va o‘quv rejasi asosida tuzilgan. Toshkent Tibbiyot Akademiyasi ilmiy uslubiy kengashi yig‘ilishida muxokama qilingan ( Bayonnoma №___________ «____ » ______________ 2015yil ) MUX raisi, prof B.M.Mamatkulov Ishchi dastur «Kommunal gigiena» fani bo‘yicha Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Ilmiy Kengashida muxokama qilingan Bayonnoma № ________ «_______» iyun 2015 yil 24 1. KIRISH FANNING BAKALAVR TAYYORLASHDAGI O‘RNI VA AHAMIYATI Aholi turar joylari sharoitida insonlarga tabiat va ijtimoiy atrof-muhit omillarining ta‘sirini, tashqi muhitni ifloslantiruvchi omillar: atmosfera havosi, suv havzalari va tuproqlarning holatini gigienik baholash mezonlari, usullari; aholi turar joylarini, davolash profilaktik muassasalarni va umumjamoa binolarini rejalashtirish va xar tomonlama qulay obodonlashtirish, sanitariya- sog‘lomlashtirish va epidemiyaga qarshi tadbiriy choralarni rejalashtirish, tashkil etish va ishlab chiqish. Ixtisoslik fanining mazmuni kadrlar buyurtmachilarining talablari hamda bakalavrlar tayyorlaydigan ushbu yo‘nalish fani, texnikasi va texnologiyasidagi zamonaviy yutuqlarni xisobga olgan xolda ta‘lim muassasasi tomonidan o‘zgartirilishi mumkin Millatning salomatligi- bu ijtimoiy- iqtisodiy, iqtisodiy, tibbiy biologik, demografik va boshqa bir qator omillar ta‘sirining integral, millatning farovonlik, iqtisodiy va ijtimoiy hamda turg‘unlik ko‘rsatkichlaridan biridir. Aholi salomatligining holati bunda tabiatni va atrof- muhitni muxofaza qilish to‘g‘risidagi fanlar guruhini xosil qiluvchi asosiy omil xisoblanadi, chunki faqat aholi salomatligi saqlash mexnat resurslarini va davlatning ijtimoiy- iqtisodiy farovonligini ta‘minlaydi. Bularning hammasi gigiena fanining xalq xo‘jaligi va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan muammolarning dolzarbligini ko‘rsatadi. Davlatimiz raxbari I.A.Karimov, bejizga ichki siyosatimmizning eng ko‘zga ko‘ringan yo‘nalishlarida tabiy resurslaridan to‘g‘rincha va pala- partish foydalanishni ioldini olish, ekologik holatni yomonlashuviga yo‘l qo‘ymaslik, atrof- muhitga va aholi salomatligiga zarar keltirishni yo‘l qo‘ymaslik choralari deb ko‘rsatdi. Kommunal gigiena fani gigiena fanlari ichida mustaqil tarmog‘i siqatida tabiat hamda insonlarning xo‘jalik faoliyatida paydo bo‘ladigan xatarli omillarni inson salomatligiga ta‘sirini o‘rganadi va bular asosida gigienik meyorlar va sanitariya qoidalarini ishlab chiqadi. 1.1. O‘qitish maqsadi va vazifalari. Ta‘lim maqsadi: zamonaviy profilaktik tabobati amaliyoti uchun zaruriy bo‘lgan amaliy ko‘nikmalarni bilishi va uddalay bilishi uchun etarli bo‘lgan bilim darajasiga ega bo‘lgan, mutaxassis sifatida sertifikat va litsenziya olish talablariga javob beradigan yuqori malakali gigiena-mutaxassislarni tayyorlash. Ta‘lim vazifalari: Fanni o‘qitishdan maqsad-nazariy tomondan tayyorlash va amaliyot tomonidan uddalay olishini va ko‘nikmalarni vujudga keltirish asosida bitiruvchilarga aholini salomatligi mustahkamlash maqsadida tabiatning injiqlik va antrapogen omillar bilan bog‘liq bo‘lgan turli kasalliklarini oldini olish maqsadida aholi yashash joylarida sanitariya sharoitlarni yaxshilash uchun kerak bo‘ladigan gigienik meyorlarni va profilaktik tadbirlarni ilmiy asoslab berishdan iborat. 1. Suv va ichimlik-xo‘jalik suv ta‘minoti gigienasi sohasida ichimlik suvining sifati, tozalash qurilmalarini joylashtirish va ishlatish, aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta‘minlovchi tarmoqlarga qo‘yiladigan gigienik talablarni ishlab chiqishni va tadbiq etishni o‘rgatish. 2. Suv ob‘ektlarini sanitariya muhofazalash gigienasi bo‘yicha suv havzalari suvlarining sifati, ularni ichimlik-xo‘jalik suvi manbasi sifatida ishlatish mumkinligi, hamda suv havzalari suvining sifatini turg‘un saqlash maqsadida chiqindi (oqava) suvlarni suv havzalariga tashlash sharoitlarini aniqlash bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lishini ta‘minlash. 25 3. Tuproq muhitini sanitariya himoyasi va aholi turar joylarini sanitariya tozalash gigienasi bo‘yicha tuproqni kimyoviy va biologik moddalar bilan ifloslanish shart-sharoitlari o‘rgatish. Ifloslantiruvchilarni tuproq muhiti orqali er osti suvlarga, atmosfera havosiga, o‘simliklarga o‘tib inson salomatligiga va turmush sharoitiga ta‘sir ko‘rsatishini asoslash. 4. Atmosfera havosini sanitariya muhofazalash gigienasidan, uni ifloslanish darajasi, aholi salomatligi uchun zararsizligi, aholi sanitariya turmush sharoitlarni buzmaydigan holati, aholi turar joylari havosi tarkibida ifloslantiruvchilarning gigienik me‘yoridan oshib ketish darajasini vujudga kelishini oldini olish maqsadida ifloslantiruvchi manbalarni joylashtirishga va ishlatilishiga qo‘yiladigan gigienik talablarni to‘g‘ri talqin qilish. 5. Turar joy, umumjamoa, madaniy-maishiy va davolash profilaktika muassasalari gigienasi bo‘yicha binolarning ichki omillarini inson salomatligi uchun optimal darajasi (havo harakati, nisbiy namlik, havo harorati, xonaning radiatsion rejimi), davolash profilaktik muassasalarini, madaniy-maishiy muassasalarni (hammom, kirxona, sartaroshxona, kinoteatr, teatr, sirk va boshqalarni), sport inshoatlarini (suzish havzalari, sport komplekslari va zallari) loyihalashtirish, obodonlashtirish va jihozlanishiga qo‘yiladigan talablarni o‘zlashtirish. 6. Aholi turar joylarini loyihalashtirish (rejalashtirish, joylashtirish) gigienasidan ularni rejalashtirishda tabiiy-iqlim sharoitlarining ahamiyati hisobga olish, mintaqani rejalashtirish va qurilishga qo‘yiladigan gigienik talablar, qishloq aholisi, turar joylarini rejalashtirishni o‘ziga xos tomonlarini o‘zlashtirish. 1.2. Talabalarning bilimiga, uddalashiga va ko‘nikmasiga qo‘yiladigan talablar. Kommunal gigienasi mutaxassisligi bo‘yicha bakalavr ega bo‘lishi kerak: Bilimga: - Mamlakatimizdagi tuproq, havo va suv havzalarini ifloslantiruvchi turli ma‘nbalarning ilmiy- texnika rivojlanish muammolarini va kelajakda rivojlanishi to‘g‘risida; - Ilmiy texnikaning rivojlanish davrida tuproo‘, havo va suv ‗avzalarini muhofaza o‘ilish so‘asida kommunal gigiena fanining muammolari va oldida to‘rgan vazifalarini; - Ilmiy-texnika rivojlanishining salbiy va ijobiy asoratlarini va kommunal ob‘ektlarida DSN olib borish bo‘yicha asosiy vazifalarni; - Aholi o‘rtasida havo, tuproq va suv havzalarining ifloslanish darajasini baholash mao‘sadida turli kasalliklarni o‘rganishning uslubiy asoslarini; - Atrof muhitni (tuproq, havo, suv havzalari) ifloslanishini oldini olish va ularni sog‘lomlashtirishga yo‘naltirilgan tadbiriy-choralar kompleksini; - Turar joy, jamoat binolari, davolash profilaktik muassasalari va a‘oli turar joylarini rejalashtirish so‘asidagi muammolar va vazifalarni; - Aholi turar joylarida fizik-kimyoviy omillarni gigienik meyorlashtirish haqida; - Inson organizm tizimlarining faoliyat ko‘rsatishini atrof muhit omillari (suv havzalari, tuproq, havo)ni noo‘ulay ta‘sirlari natijasiga moslashish jarayonlarini; - Atrof muhit ob‘ektlarini ifloslanishdan muhofaza qilish uchun qo‘llaniladigan tozalash inshootlarini ish samaradorligini baholashning laboratoriya-asboblari yordamida baholashni; - Atrof muhit va inson salomatlik holatini bog‘liqligi to‘g‘risida; - Barcha kommunal ob‘ektlarda qo‘llanilayotgan moslamalarni KSN tashkil qilishning o‘ziga xos tomonlarini; bilishi va uddalay olishi kerak: - Aholi turar joylarini, kommunal ob‘ektlarni, ichimlik suvini tozalash inshootlarini qurulishi, chiqindi suvlarini tozalash stansiyalarini, QMCh zararsizlantirish va boshqa ob‘ektlarni qurulishi uchun ajratilgan er maydonlarini tanlab olishda tabiiy-iqlim omillarni; - Antropogen omillar natijasida atrof muhitning ifloslanishini oldini olish umumiy qonuniyatlarini; 26 - Nazorat ostidagi ob‘ektlarning ekologik pasportlarini tuzish uchun gigienik ma‘lumotlar to‘g‘risidagi axborotlarni; - Nazorat ostidagi ob‘ektlarni tarmoqlari, texnologik jarayonlari, foydalanilayotgan xom- a‘shyolari, tozalash inshootlariga bog‘liq o‘ziga xos gigienik tomonlari; - Kanalizatsiya va chiqindi suvlarni tozalash inshootlarini, hamda ishlab chiqarish korxonalaridagi tozalash inshootlari loyixalarini sanitariya ekspertizadan o‘tkazishning o‘ziga xos tomonlarini; - Chiqindi suv hosil qiluvchi ob‘ektlarda hosil bo‘layotgan chiqindi suvlarni tarmoqlarga, texnologik jarayoniga, foydalanilayotgan xom-a‘shyosiga, tozalash inshootlariga bog‘liqligi; - Atrof muhit ob‘ektlarini (tuproq, suv ‗avzasi, atmosfera havosi) ifloslanish darajasi bo‘yicha xududlarni ekologo-gigienik mintaqalarga bo‘lish prinsiplari va uslublarini; - Turar joy-jamoat binolari, davolash profilaktik muassasalari, madaniy-maishiy muassasalarni, aholi turar joylarini rejalashtirish bbo‘yicha qurulish loyixalarini sanitariya ekspertizadan o‘tkazishning o‘ziga xos tomonlarini; - Kommmunal ob‘ektlarda ogohlantiruvchi va kundalik sanitariya nazoratini olib borishning o‘ziga xos tomonlarini; - Mikro iqlim o‘lchamlarini gigienik baholashning o‘ziga xos tomonlarini; - Xalqaro sog‘liqni saqlash assambleyasining «2000 yilda barcha uchun sog‘liq» va «XX1 asrda salomatlik» strategik dasturini; - Kasallanishning Xalqaro X klassifikatsiyasining o‘ziga xos tomonlarini; - Endogen, ekzogen, tabiiy va texnogen omillar ta‘sirida a‘oli salomatlik ‗olatini o‘rganishning uslubiy prinsiplari; - Kommunal ob‘ektlarda laboratoriya – asbolar yordamida tekshirish o‘tkazishning o‘ziga xos tomonlari; ko‘nikmaga ega bo‘lishi kerak: aholi salomatligi mustahkamlash maqsadida tabiatning injiqligi va antrapogen omillar bilan bog‘liq bo‘lgan turli kasalliklarini oldini olish maqsadida aholi yashash joylarida sanitariya sharoitlarni yaxshilash uchun kerak bo‘ladigan gigienik meyorlarni va profilaktik tadbirlarni bilishi kerak. kommunal gigiena fanini gigiena fanlari majmuida tutgan o‘rni, kommunal gigienani-ilmiy fan sifatida tushunchasi, uning maqsadi, vazifasi, hajmi, nazorat ob‘ektlari, kommunal gigiena bo‘yicha vrachlarning ish yuritish shakl va usullarini bilishi kerak. ma‘muriy xududda joylashgan kommunal ob‘ektlarni davlat sanitariya nazoroatidan o‘tkazish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak. atrof muhit ob‘ekt (suv, tuproq, havo, fizik omillar va x.o.) laridan olingan sinamalarni laboratoriya tekshiruv natijalarini interpretatsiya qilish. xo‘jaligi tarmoqlarini kimyolashtirish darajasini rivojlanishi davrida fanning zamonaviy vazifalari, sanitariya va kommunal gigiena sohasida davlat sanitariya nazorati amaliyoti ilmiy asoslari gigienik meyorlashtirish yo‘lida tadqiqotlarni kengayishi va mukamallashtirilishi sohasidagi malakalariga ega bo‘lishi kerak. Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jixatdan uzviy ketma-ketligi Kommunal gigiena fani mutaxassisilik fani xisoblanib, 7-,8-,10va 11-,12- semestrlarda o‘qitiladi. Dasturni amalga oshirish o‘quv rejasida rejalashtirilgan fizika, kimyo, biologiya mikrobiologiya, normal va patalogik fiziologiya, ichki kasallaklar, yuqumli kasalliklar, kasb kasalliklari, umumiy va radiatsion gigiena, mexnat gigienasi, ovqatlanish gigienasi, bolalar va o‘smirlar gigienasi,epidemiologiya ijtimoiy gigiena va jamoat sog‘lig‘ini saqlashni tashkil etish gigienasi fanlaridan etarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlik talabetiladi. 27 Sog‘liqni saqlash tizimidagi o‘rni Kommunal gigiena fani aholini salomatligini saqlash va kasalliklarni oldini olish maqsadida atrof muhit omillari (suv, havo, tuproq, fizik omillar) ifloslanishdan muxofaza qilish uchun gigienik meyorlarni ishlab chiqaradi va amliyotga tatbiq etadi. Fan bo‘yicha talabalarga sog‘liqni saqlash tizimi orqali tasdiqlangan meyoriyxujjatlarni amaliyotga tatbiq etish yo‘llari yoki usullari chuqur o‘rgatiladi. Ganni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar Talabalarning kommunal gigiena fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion- pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish muxim ahamiyatga egadir. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, ma‘ruza matnlari, tarqatma materiallar, kompyuter dasturlari, elektron materiallar hamda zamonaviy laboratoriya o‘lchov asboblaridan foydalaniladi. Ma‘ruza va amaliy darslarda mos ravishdagi ilg‘or pedagogik texnologiyalar qo‘llaniladi. 2. O‘quv yuklamasining hajmi Umumiy ish xajmi (soat) O‘quv yuklamasini auditoriya mashg‘ulotlari turiga qarab tahsimlanishi (soatda) Mustaqil ish (soat) Jami Ma‘ruza Amaliy mashg‘ulot 634 634 64 336 234 3. Ma‘ruzalar 3.1. Ma‘ruzalarni mavzuiy rejasi 4 kurs № Maruzalar mazmuni Soat 1 Suv havzalarini sanitariya muxofazasi muammolarini yangicha holati. Suv havzalarini ifloslantiruvchi manbalar. 2 2 Kimyoviy moddalarni suv havzalari suvlarida meyorlashtirish prinsiplari. 2 3 Suv havzalarini ifloslanishdan muxofaza qilish tadbirlar. Chiqindi suvlarni mexaniq tozalash inshootlari 2 4 Chiqindi suvlarni biologik tozalash va zararsizlantirish inshootlari 2 5 Sanoat korxonalari chiqindi suvlarini tozalash va zararsizlantirish 2 6 Kanalizatsiya, uning sanitariya va epidemirogik ahamiyati 2 7 Aholi turar joylari tuprogi va ularni ifloslantiruvchi ma‘nbalar 2 8 Aholi turar joylarini sanitariya tozalash holati, foydalaniladigan usullari va ularni baholash 2 9 Kimyoviy moddalarni tuprok muhitida gigienik meyorlashtirish 2 10 Ishlab chiqarish korxonalaridan chiqadigan chiqindilarni turkumlari, zararsizlantirish usullari va sanitariya nazorat. 2 11 Aholi turar joylarini sanitariya tozalash ustidan DSN. 2 12 Aholi turar joylari atmosfera havosini ifloslanish muammolari. Atmosfera 2 28 havosini ifloslantiruvchi ma‘nbalar. 13 Atmosfera havosini ifloslanishini atrof muhitga va aholi salomatligiga ta‘siri. 2 14 Atmosfera havosini muxofazasi bo‘yicha loyixalashtirish boskichlariga sanitariya talablar. Zararli moddlarni atmosfera havosida gigienik meyorlashtirish prinsiplari va usullari. 2 15 Atmosfera havosi sanitariya muxofazasi bo‘yicha tadbiriy choralar. Dori vositalarini atmosfera havosida gigienik myorlashtirish. 2 5 kurs № Ma‘ruzalar mavzusi Sana 1 Yashash binolarini rejalashtirish gigienik asoslari 2 2 Isitish, ventilyatsiya, yoritilganlikka qo‘yiladigan gigienik talablar 2 3 Hammom, chumilish basseynlari, plyajlar, kirxonalar, va kabristonlarga qo‘yiladigan gigienik talablar. 2 4 Davolash profilaktika muassalari kurilishi, rejalashtirilishi va jixozlanishiga gigienik talablar 2 5 DPM ishlatilishiga qo‘yiladigan gigienik talablar 2 6 DPM chiqindilarini yigish, saqlash, va chetlashtirishga qo‘yiladigan gigienik talablar 2 7 Dorixona va dorivor vositalarni saqlash omborxonalariga qo‘yiladigan gigienik talablar 2 8. Nogiron va kam xarakatlanadigan aholi guruxi foydalanadigan turar joy va jamoat binolariga gigienik talablar 2 9 Kurilish materiallari va konstruksiyalarini gigie nik baholash . 2 10 Aholi turar joylarini rejalashtirish va kurilish gigiena asoslari. 2 11 Seliteb mintakalarni, yashash mavzelari va mikrorayonlarni rejalashtrishni gigiena asoslari. 2 12 Kishlok aholisi turar joylarini rejalashtirish gigienasi . 2 13 Shaxarlar rejasi yul tarmoklarining ahamiyati . 2 14 Aholi turar joylarini rejasida yashil usimliklarni roli va gigienik ahamiyati. 2 15 Shaxarlarda shovkin muammolari. Shaxar shovkinlarini aholi salomatligiga ta‘siri. 2 16 Aholi turar joylarini elektr magnit maydonlaridan ximoya qilish 2 17 Usimlik ximoya vositalarini qo‘llashda atrof muhitni va aholi salomatligini ximoya qilish. 2 3.2. Ma‟ruzalarning mazmuni 1 mavzu. Suv havzalarini sanitariya muxofazasi muammolarini yangicha holati. Suv havzalarini ifloslantiruvchi manbalar. Suvning juda ko‘p kismi erituvchi, sovituvchi hamda aralashtirish va tozalash maqsadlari uchun ayniksa turlik texnologik jarayonlarda ishlatish zaruriyati tugilib koldi. Jumladan, 1 tonna chulni eritish uchun va uni pulatga aylantirish 50-150 m, 1 tonna misni olish uchun 500 m, 1 tonna plastmassa ishlab chiqarish uchun 500-1000 m, 1 tonna sintetik 29 materiallarni ishlab chiqarish uchun 200-3000 m, 1 tonna pikelni olish uchun 4000 m, 1 tonna sulfat selekolzani olish 1325 m gacha suv sarf buladi. Yirik sanoat korxonalari katta daryo suvlarini ichib yuboradi. Tog jinslarini ishlab chiqishda suv keng kulamda va katta xajmda ishlatiladi. Keyingi yillarda shaxar xududidan va sanoat korxonalari maydonlaridan okib tushadigan suvlarning tarkibi, korxona suvi tarkibiga yakinlashib koladi. Masalan, yomgir va erigan kor suvlari bilan ochiq suv havzalariga 36 % ifloslik tashlanishi mumkin. Yuza okava chiqindi suvlar asosan yomgir suvidan, erigan kor suvlaridan va kuchalarni yuvganda xosil buladigan suvlardan iboratdir. Yuza okava chiqindi suvlarning tarkibi ko‘p sabablarga kura turlicha bo‘lishi mumkin. Sabablardan biri aholining zichligi, transport soni va ularni intensiv xarakteriga, shaxar xududining obodonlashtirilishiga juda boglikdir. Shaxarning tez uzgarishi, aholining, transportning tez ko‘payishi, shaxarning ijtimoiy tarakkiy etishi suv tarkibidagi moddalar miqdorining uzgarishiga olib keladi. Adabiyotlar: A - 1,2,7; Q - 2,10,12. 2 mavzu. Kimyoviy moddalarni suv havzalari suvlarida meyorlashtirish prinsiplari. Suv havzalarini ifloslantiruvchi zarali kimyoviy moddalarning suvdagi ruxsat etilgan miqdorini ishlab chiqish zarur tadbir xisoblanadi. Xar bir modda uchun ishlab chiqilgan ruxsat etiladigan miqdorlari qonuniy xujjat xisoblanib sog‘liqni saqlash vairligi tomonidan tasdiqlanadi. Ogoxlantiruvchi va kundalik sanitariya nazoratini olib borishda katta ahamiyat kasb etadi. Suv havzalarining iflosliklardan muxofaza qilishni amalga oshirishda ogoxlantiruvchi sanitariya nazorati olib borishning eng kerakli omillaridan biri suvdagi kimyoviy moddalarrga gigienik normalar ishlab chiqishdir. Adabiyotlar: A - 1,2,3,6,13; Q – 1,2,7,10. 3 mavzu. Suv havzalarini ifloslanishdan muxofaza qilish tadbirlar. Chiqindi suvlarni mexaniq tozalash inshootlari. Mexaniq tozalashning birinchi kurilmasi panjara ) xisoblanadi. U yirik tashlandiklar- latta, kogoz, tola va shu kabilarni ushlab koladi. Panjara orasidagi tirkishlar kengligi 16-30 mm ni tashkil etadi. » Ishlab chiqarish kuvvati 10 000 m dan yukori bo‘lgan joylarda panjaralarda < yigilgan chiqindilar mexaniq xarakatlanuvchi xashkashlar yordamida olinadi. Keyin gidrotransport yordamida moydalagichga uzatilib, maydalanadi. Ushbu massa kaitadan panjaradan oldingi chiqindi suv okimigatashlanadi. Kichkina kuvvatli tozalash inshoatlarida bu chiqindilar kulda xashkashlar yordamida olib tashlanadi va konteynerlarga solib tashib ketiladi. Qumtutgichlar Chiqindi suvdan orir mineral moddalarni tutib krlishga karatilgan kurilmadir. Konstruksiyasi bo‘yicha gorizontal va vertikal kumtutgichlar tafovutlanadi. Kumtutib kolish 65% ni tashkil etadi. Ushlab kolingan kum maxsus kurilmalar yordamida bunkerlarga to‘planib, tashib ketiladi. Bu Adabiyotlar: A - 1,2,3,4,5,11,15; Q – 1,2,7,9,10. Download 5.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling