Referat Mulohaza va xulosa chiqarish Reja


Qarama-qarshilik munosabati


Download 173.5 Kb.
bet3/15
Sana08.11.2023
Hajmi173.5 Kb.
#1754998
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Мулоҳаза ва хулоса чиқариш referat-fayllar.org

Qarama-qarshilik munosabati mazmuniga ko‘ra turlicha bo‘lgan umumiy mulohazalar o‘rtasida mavjud bo‘lib, bu munosabatga ko‘ra ularning har ikkisi bir vaqtda chin bo‘la olmaydi. Bu mulohazalar (A1 va E1) bir vaqtda xato bo‘lishi mumkin; agar ulardan birining chinligi aniq bo‘lsa (A2), unda boshqasi xato bo‘ladi (E2).

  • Zidlik (kontradiktor) munosabati mazmuni va hajmiga ko‘ra turlicha bo‘lgan mulohazalar (1- misolda: A1 va O1, E1 va I1; 2-misolda: A2 va O2, E2 va I2.) o‘rtasida mavjud bo‘ladi. YA’ni bir narsa yoki voqea haqida bir vaqtda aytilgan ikkita zid fikrning ikkalovi ham chin bo‘lmaydi, ularning biri chin, ikkinchisi xato yoki ikkalasi ham xato bo‘lishi mumkin.

  • Bo‘ysunish munosabati sig‘ishadigan mulohazalardan mazmuni bir xil, hajmi turli xil bo‘lgan mulohazalar o‘rtasida bo‘ladi. Bunda umumiy mulohazalar bo‘ysundiruvchi, juz’iy mulohazalar bo‘ysunuvchi bo‘ladi. Bo‘ysunish munosabatida umumiy mulohazalar chin bo‘lsa, ularga bo‘ysunuvchi juz’iy mulohazalar ham chin bo‘ladi. Lekin juz’iy mulohazalar chin bo‘lganda, umumiy mulohazalar noaniq (chin yoki xato) bo‘ladi. Agar umumiy mulohazalar xato bo‘lsa, ularga bo‘ysunuvchi juz’iy mulohazalar noaniq (chin yoki xato) bo‘ladi.

    Yuqoridagi 1- misolda A1– xato, I1 – chin; E1 – xato, O1 – chin bo‘ladi. Ma’lum bo‘ladiki, umumiy mulohazalar xato bo‘lsa, juz’iy mulohazalar chin bo‘lishi mumkin.
    2- misolimizda A2– mulohaza chin bo‘lgani uchun unga bo‘ysinuvchi I2 mulohaza – chin; E2 - mulohaza xato bo‘lgani uchun unga bo‘ysinuvchi O2 mulohaza ham xato bo‘ldi. 4. Qisman moslik (subkontrar) munosabati mazmuni har xil bo‘lgan juz’iy mulohazalar o‘rtasida mavjud bo‘ladi. Bu mulohazalar bir vaqtda chin bo‘lishi mumkin, lekin har ikkisi bir vaqtda xato bo‘lmaydi. Agar ulardan birining xatoligi aniq bo‘lsa, unda boshqasi, albatta, chin bo‘ladi. YUqoridagi 1- misolimizda I1- va O1- mulohazalar bir vaqtda chin bo‘lsa, 2misolimizda O2 – mulohazaning xatoligi aniq bo‘lgani uchun I2 – mulohaza chindir.

    Download 173.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling