Referat Mulohaza va xulosa chiqarish Reja


Download 173.5 Kb.
bet14/15
Sana08.11.2023
Hajmi173.5 Kb.
#1754998
TuriReferat
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Мулоҳаза ва хулоса чиқариш referat-fayllar.org

YAgona tafovut metodi. Bu metod faqat ikki holatda, ya’ni hodisaning vujudga kelgan va kelmagan hollarini taqqoslash asosida hodisaning sababini aniqlash usuli bo‘lib, unda mavjud hollar bir-biridan faqat bitta holati bilan farq qiladi. SHuning uchun ham mazkur holat kuzatilayotgan hodisaning sababi bo‘lsa kerak, deb taxminiy xulosa hosil qilinadi.
AVS________a
BC ________a emas.___________________________________Demak, A xolat a xodisaning sababi bo‘lishi mumkin.Yo‘ldosh o‘zgarishlar metodi.Yo‘ldosh o‘zgarishlar metodiga muvofiq, bir holatning o‘zgarishi hodisaning o‘zgarishiga ham olib kelsa, shu holat kuzatilayotgan hodisa o‘zgarishining sababidir.
1.AVS--------a
2.A1VS---------a
3.A2VS---------a
N. AnBC-------an_______________________________
Ehtimol, A xolatning o‘zgarishi unga mos xolda a ning o‘zgarishiga sababchidir.Qoldiqlar metodi. Bu metod tatbiq etiladigan ob’ekt murakkab hodisadan iborat bo‘lib, bittasidan boshqa qismlarining sabablari aniq bo‘lganda, ana shu qolgan qismni vujudga keltiruvchi sababni topish maqsadida qo‘llaniladi.
ABC________abc
B___________b
C___________c____________________________Demak, a ning sababi A bo‘lishi mumkin.Qoldiqlar metodiga ko‘ra, agar o‘rganilayotgan murakkab hodisani tashkil etuvchi hodisaning (yoki hodisa qismining) bitta holatdan boshqa holatlar bilan aloqasi zaruriy tavsifga ega bo‘lmasa, ana shu qoldiq holat mazkur hodisaning (hodisa qismining) sababi bo‘lishi mumkin.Ilmiy induksiyaning boshqa metodlari singari qoldiqlar metodi ham ehtimoliy bilim olish vositasi hisoblanadi.ANALOGIYA- (grek. – moslik, o‘xshashlik) bavosita xulosa chiqarishning bir turidir. Deduktiv xulosa chiqarishda fikr umumiylikdan juz’iylikka qarab, induksiyada juz’iylikdan umumiylikka qarab harakatlansa, analogiyada bir juz’iy holatdan boshqa juz’iy holatga qarab harakatlanadi.Analogiyada predmetlarning o‘xshash xossalariga asoslanib xulosa chiqariladi. Tabiat va jamiyatda ob’ektiv turli-tumanlik bilan bir qatorda, ob’ektiv o‘xshashlik ham mavjud. Ular inson ongida o‘z ifodasini topadi. Ob’ektiv reallikning turli sohalariga oid qonun va qoidalar tuzilishi jihatidan o‘xshash bo‘lsa, ular aks ettirgan voqelikdagi turli narsa va hodisalar ham ma’lum ma’noda o‘xshash bo‘ladi.Analogiya vositasida bir predmetdan (modeldan) boshqa predmetga (prototipga) axborot o‘tkaziladi. Xulosa asoslari modelga, xulosa prototipga taalluqli bo‘ladi. Masalan Imom G‘azzoliy “Kimiyoi saodat” asarida dil(ko‘ngil)ni badan mamlakatining podshohi, aqlni esa uning vaziriga qiyoslab, “podshoh - Dil vazir -Aqlning maslahati birla ish qilsa, shahvat va g‘azabni vazir Aqlga bo‘ysundirsa, badan mamlakati (inson) saodatga erishadi. Agar Dil vazir Aqlni shahvat va g‘azab ilgida asir qilsa, badan mamlakati vayron bo‘lib, podshoh Dil ham asir bo‘lib, badbaxt va halok bo‘lg‘usidir”10- deb yozadi. Analogiya bo‘yicha xulosa chiqarish boshqa xulosa chiqarishlar kabi asos, xulosa va asos bilan hamda xulosa o‘rtasidagi mantiqiy aloqadan iboratdir. Uning xulosasi ehtimoliy shaklda bo‘lib, keyingi tekshirishlarni talab qiladi. Aniq asoslardan ba’zan aniq, ba’zan ehtimoliy xulosa chiqadi.Analogiya o‘zining ob’ektiv asosiga ega. Bular predmetlar, ularning xossalari o‘rtasidagi aloqa va munosabatlardir. Modeldan prototipga o‘tkazilayotgan axborotning tabiatiga ko‘ra analogiyaning ikki turi farqlanadi: xususiyatlar analogiyasi va munosabatlar analogiyasi.Xususiyatlar analogiyasida ikki yakka predmet yoki bir turdagi ikki predmetlar sinfi o‘xshash belgilariga ko‘ra o‘zaro taqqoslanadi. O‘xshash belgilarga asoslanib, birida mavjud bo‘lgan belgining boshqasida ham bo‘lishi mumkinligi haqida xulosa chiqariladi.O‘xshatilayotgan predmetlarni A va V harflari bilan, belgilarni a, v, s harflari bilan ifoda qilsak, xususiyatlar analogiyasini quyidagi formula orqali ifodalash mumkin:S1 - P1, R2, R3, R4, belgilarga ega.S2 - P1, R2, R3, belgilarga ega._____________________________Demak, S2 - R4 belgisiga ega.
Misol:
Oiladagi kelishmovchiliklar mehrni yo‘qotadi, oila a’zolarini beobro‘ qiladi, ro‘zg‘orni bebaraka qiladi, bolalar tarbiyasiga e’tibor kamayadi. Bu oila a’zolari bir-biri bilan doimo janjallashadi. Ular birbiriga mehrsiz, maxallada obro‘yi yo‘q, ro‘zg‘ori bebaraka.Demak, ular bolalar tarbiyasiga e’tiborsiz.Munosabatlar analogiyasida ikki predmet o‘xshashligi asosida emas, ikki predmet o‘rtasidagi munosabatni o‘rganish asosida boshqa ikki predmet o‘rtasidagi munosabat haqida xulosa chiqariladi. Munosabatlar
analogiyasini quyidagi formula bilan ifodalash mumkin:
A – V ga, S – D ga bo‘lgandek munosabatda.Bunda A – V model, S – D prototip bo‘ladi. Model va prototip o‘rtasidagi munosabat asimmetrikdir, ular turli predmet sohalariga taalluqlidir. Masalan, imom G‘azzoliy inson jismi va ruhi o‘rtasidagi munosabatni ot va chavandoz o‘rtasidagi munosabatga taqqoslab, ruh tanani boshqarishi va har ikkisining emishi bir-biridan farq qilishi haqida xulosa chiqaradi..Fikr yuritishda mulohazalarni qurish va xulosa chiqarish bilan bog‘liq xatolar. Mulohazalar bilan bog‘liq xatolar. Mulohazalarni tushunchalarning mantiqiy bog‘lanishi deb qarash mumkin. Mulohazalar tarkibidagi tushunchalarning aniq bo‘lishi ularning to‘g‘ri va chin bo‘lishi uchun muhim ahamiyatga ega. Ma’lumki, mantiqiy ega va mantiqiy kesim mulohazalarning tarkibiy qismlari bo‘lib, ularning o‘zaro mantiqan to‘g‘ri bog‘liqligi ham fikrning to‘g‘ri va chin bo‘lishini ta’minlaydi. Quyidagi xolatlarda mulohaza yolg‘on hisoblanadi:

  1. Mantiqiy kesimda mantiqiy egaga xos bo‘lmagan hususiyat tasdiqlansa (masalan, uchburchak burchaklarining yig‘indisi 3600 ga teng);

  2. Mantiqiy kesimda mantiqiy egaga xos bo‘lgan hususiyat inkor qilinsa (masalan, mavali daraxtlar bahorda gullamaydi);

  3. Juz’iy chin bo‘lgan mulohaza ba’zi xolatlarda umumiy deb qabul qilinsa (masalan, “Ba’zi o‘quvchilar ma’suliyatsiz” mulohazasini “Hamma o‘quvchilar ma’suliyatsiz” mulohazasi bilan almashtirilsa).


Download 173.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling