Referat Mulohaza va xulosa chiqarish Reja


Download 173.5 Kb.
bet13/15
Sana08.11.2023
Hajmi173.5 Kb.
#1754998
TuriReferat
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Мулоҳаза ва хулоса чиқариш referat-fayllar.org

To‘liqsiz induksiyada birorta belgining bir mantiqiy sinfga tegishli predmetlarning bir qismiga (bir nechtasiga) xosligini (yoki xos emasligi) aniqlash asosida shu belgining berilgan sinfga mansub barcha predmetlarga xosligi (xos emasligi) haqida xulosa chiqariladi.Ilmiy induksiya
Ilmiy induksiyada bir sinfga mansub predmetlarda takrorlanuvchi belgining mavjudlik sababi o‘rganiladi. To‘liqsiz induksiyaning bu turi hodisalarning sababini aniqlash va ularni ifoda etuvchi qonunlarni ochishga qaratilgani uchun ham ilmiy induksiya deb ataladi.
Sababiy aloqadorlikni aniqlash ilmiy induktiv xulosa chiqarishda muhim ahamiyatga ega. Sababiy aloqadorlikni aniqlash va o‘rganishda quyidagilarga e’tibor beri zarur:

  • ikki hodisa o‘rtasidagi zaruriy aloqadorlik muayyan sharoitda ularning biridan (sabab) ikkinchisini (oqibatni) keltirib chiqaradi. Sabab-hodisaning yo‘qligi oqibat-hodisaning ham yuzaga chiqmasligini bildiradi.

  • Sabab-oqibat munosabatlari umumiy xarakterga ega, olamdagi hech bir hodisa sababsiz mavjud bo‘lmaydi.

  • Sabab va oqibat vaqtda ketma-ket keladi. Lekin, oldinma-ketin kelgan hodisalarning hammasi ham sababiy aloqadorlikda bo‘lavermaydi.

  • Sabab-oqibat munosabatlari bir ma’noli bo‘lib, muayyan sabab o‘ziga muvofiq keladigan muayyan oqibatni keltirib chiqaradi.

Sababiy aloqadorlik murakkab strukturaga ega. Xususan, sabab-hodisa turli xil sharoitlarda turli oqibatlarni keltirib chiqarishi yoki aksincha, bir oqibat turli sharoitlarda har xil sabablar ta’sirida paydo bo‘lishi mumkin.
Sababiy aloqadorlikni aniqlashning bir qancha metodlari mavjud bo‘lib, ular ilmiy induksiya metodlari deb yuritiladi. Bularga o‘xshashlik, tafovut, yo‘ldosh o‘zgarishlar va qoldiqlar metodlari kiradi. Ularning har birini alohida ko‘rib chiqamiz.
YAgona o‘xshashlik metodi. Unda o‘rganilayotgan hodisaning sababi haqidagi xulosa shu hodisaning kuzatilayotgan tomonlarini solishtirish, ularning o‘xshash tomonini aniqlash asosida hosil qilinadi. Bu metoddan foydalanib xulosa chiqarilganda, hodisaning kuzatilayotgan hollari uchun faqat bitta holatgina umumiy bo‘lsa, ana shu holat mazkur hodisaning sababi deb olinadi. YAgona o‘xshashlik metodining formulasi:1.ABS __________ a
  1. ADE__________ a


  2. AGF__________ a



______________________
Demak, A xolat ma’lum darajada a xodisaning sababidir.

Download 173.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling