Referat Mulohaza va xulosa chiqarish Reja
Entimema (qisqartirilgan qat’iy sillogizm)
Download 173.5 Kb.
|
Мулоҳаза ва хулоса чиқариш referat-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Induktiv xulosa chiqarish.
- To‘liq induksiyada
Entimema (qisqartirilgan qat’iy sillogizm)
Insonning fikr yuritish jarayoni ko‘proq entimema ko‘rinishida amalga oshadi. Masalan, “U talaba bo‘lgani uchun, stipendiya oladi”, “Birodarim e’tiqodda sobit, shuning uchun unga ishonsa bo‘ladi.” Entimema deb, asoslaridan biri yoki xulosasi tushirib qoldirilgan sillogizmga aytiladi. Entimema so‘zi – aqlda, fikrda degan ma’noni anglatadi. Entimemada sillogizmning tushirib qoldirilgan qismi yodda saqlanadi. Zarur bo‘lganda uni topib, o‘rniga qo‘ygan holda entimemadan to‘la sillogizmni tiklash mumkin.Entimemalar uch turli bo‘ladi: Atibli, ya’ni katta asosi tushirib qoldirilgan. tartibli, ya’ni kichik asosi tushirib qoldirilgan. 3- tartibli ya’ni, xulosasi tushirib qoldirilgan.9 Bizga quyidagi sillogizm berilgan bo‘lsin: Matematikani bilganlar bu masalaning javobini to‘g‘ri topadi.Bu o‘quvchi matematikani biladi.Bu o‘quvchi masalaning javobini to‘g‘ri topadi. Endi bu sillogizmni entimema ko‘rinishiga keltiramiz: Bu o‘quvchi matematikani bilgani uchun, masalaning javobini to‘g‘ri topadi (katta asos tushirib qoldirildi). Matematikani bilganlar bu masalaning javobini to‘g‘ri topadi, shuning uchun bu o‘quvchi masalaning javobini to‘g‘ri topadi (kichik asos tushirib qoldirildi). Matematikani bilganlar bu masalaning javobini to‘g‘ri topadi, jumladan bu o‘quvchi ham (xulosa tushirib qoldirildi). Entimemalar bahs-munozara yuritish jarayoni va notiqlik san’atida keng qo‘llaniladi. Induktiv xulosa chiqarish. YAkka mulohazalarni umumlashtirib xulosa chiqarish kundalik hayotda, ilmiy bilishda ko‘p qo‘llaniladi. Inson hayotiy tajriba natijalarini, kuzatishlarini umumlashtirib, aynan shu usul asosida xulosa chiqaradi. Fikrning yakkalikdan umumiylikka qarab harakatlanishini ifodalovchi bunday xulosa chiqarish turi induksiya (lot. “inductio” – yagona asosga keltirish) deb ataladi. Induktiv xulosa chiqarishda kuzatish va tajriba natijalari muhim ahamiyatga ega. Induktiv xulosa chiqarish balvosita xulosa xisoblanadi. Induktiv xulosa chiqarish asoslari ikkita va undan ortiq mulohazalardan tashkil topgan bo‘ladi. Ular, odatda, yakka predmet yoki predmetlar sinfining bir qismini ifoda qiladi. Xulosada esa, bir mantiqiy sinfga mansub predmetlarning barchasiga nisbatan umumiy mulohaza tarzidagi fikr hosil qilinadi.Induktiv xulosa chiqarishda birorta belgining ma’lum bir sinfga mansub predmetlarda takrorlanishini kuzatish asosida, shu belgining mazkur sinfga tegishli barcha predmetlarga xosligi haqida xulosa chiqariladi.Induktiv xulosa chiqarishning tarkibi xulosa asoslari, tekshirilayotgan belgi va xulosadan iborat. Induktiv xulosa chiqarishning ikkita turi mavjud: to‘liq va to‘liqsiz induksiya.To‘liq induksiyada birorta belgining ma’lum bir sinfga mansub har bir predmetga xosligi aniqlanib, shu belgining berilgan sinf predmetlari uchun umumiy ekanligi haqida xulosa chiqariladi. To‘liq induksiya miqdori cheklangan va aniq bo‘lgan (sanaladigan) predmetlar sinfi haqida empirik materiallarni umumlashtirish yo‘li bilan xulosaviy bilim olishning samarali vositasi bo‘lib, uning xulosasi doimo aniq bo‘ladi. Download 173.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling