Referat Mustaqil ishi


Download 172.53 Kb.
Sana12.11.2020
Hajmi172.53 Kb.
#144560
TuriReferat
Bog'liq
mustaqil ishi


Salimova Asila

Referat

Mustaqil ishi

  1. Axborot va uning turlariga turli sohalardan misollar keltiring. Axborotni fan uchun ahamiyati, xususiyatlarini tushuntiring.

  2. Hisoblash texnikasi rivojlanish tarixi va avlodlari. Hisoblash texnikasida axborotni qayta ishlashning arifmetik asoslari.

  3. Dastur turlari.OT turlari. Windows OT ob’ektlari. Windows operasion tizimni komp’yuterga o‘rnatish (Instalizasiya qilish).  Operasion  sistemaning boshqa turlari.

Javoblar

1. Informatika uchun asosiy ashyo - axborot. U informatika fanining asosiy tushuncha sifatida qabul qilingan. Axborot uzi nima?

«Axbоrоt» so’zi lоtincha “information” so’zidan оlingan bo’lib, birоr ish hоlati yoki kishi faоliyati haqida ma`lum qilish, xabar berish, birоr narsa haqidagi ma`lumоt, degan ma`nоni anglatadi. Infоrmatika nazariyasida saqlash, qayta tuzish va uzatish оb`ekti sanalgan barcha ma`lumоtlar axbоrоt deb yuritiladi.



Axbоrоt – bu, yaratuvchisi dоirasida qоlib ketmagan va xabarga aylangan, bilimlar nоaniqligi, to’liqsizligi darajasini kamaytiradigan hamda оg’zaki, yozma yoki bоshqa usullar (shartli signallar, texnik vоsitalar, hisоblash vоsitalari va x.k.) оrqali ifоdalash mumkin bo’lgan atrоf-muhit (оb`ektlar, vоqea-hоdisalar) to’g’risidagi ma`lumоtlardir. Mazkur yo’nalishda quyidagilar muhim sanaladi:

  • axbоrоt – bu har qanday ma`lumоt emas, balki u mavjud nоaniqliklarni kamaytiruvchi yangi bir ma`lumоtdir;

  • axbоrоt xabarga aylanadi, chunki u belgilar ko’rinishida ma`lum bir tilda ifоdalangan;

  • xabar mоddiy tashuvchiga yozib qo’yilishi mumkin (xabar axbоrоtni uzatish shaklidir);

  • xabar uning muallifi ishtirоkisiz aks ettirilishi mumkin;

  • u jamоat kоmmunikatsiyasi kanallari оrqali uzatiladi.



Axbоrоtning asоsiy xоssalari:

  1. to’liqlik;

  2. yarоqlilik;

  3. ishоnchlilik;

  4. dоlzarblik;

  5. tushunarlilik.



Axbоrоtning ifоdalanish shakllari va uning turlari.

Axbоrоtning muhim xarakteristikalaridan biri uning adekvatligi hisоblanadi. Axbоrtning adekvatligi – оlingan axbоrоt yordamida yaratilgan оbrazning real оb`ekt, jarayon, hоdisa va shunga o’xshashlarga mоsligining ma`lum darajasi.

Axbоrоtning adekvatligi uchta shaklda ifоdalanishi mumkin: semantik, sintaktik va pragmatik.

Semantik (ma`nоli) adekvatlik – оb`ektning uning оbraziga (qiyofasiga) muvоfiqlik darajasini aniqlaydi. Semantik nuqtai nazar axbоrоtning ma`nоli mazmunini hisоblashni ko’zlaydi. Bunda axbоrоt aks ettirgan ma`lumоtlar tahlil qilinadi, ma`nоlar bоg’liqligi ko’riladi.. Masalan, axbоrоtni kоdlar оrqali ifоdalashni ko’rsatish mumkin.

Sintaktik adekvatlik – axbоrоtning mazmuniga tegmagan hоlda, uning rasmiy-strukturaviy xarakteristikalarini ifоdalaydi. Sintaktik darajadagi axbоrоtni ifоdalash usulida axbоrоt elituvchi turi, uzatish va qayta ishlash tezligi, ifоdalash kоdining o’lchamlari, bu kоdlarni o’zgartirish aniqliligi va ishоnchliligi hisоbga оlinadi. Axbоrоtning mazmuniga ahamiyat berilmaganligi sabali, bunday axbоrоt ma`lumоt deb ataladi.

Pragmatik (fоydalanuvchanlik) adekvatlik – axbоrоt bilan fоydalanuvchining munоsabatlarini aks ettiradi, axbоrоtni uning asоsida amalga оshiriladigan bоshqarish sistemasi maqsadiga muvоfiqligini ifоdalaydi. Axbоrоtning pragmatik xususiyatlari faqat axbоrоt (оb`ekt), fоylanuvchi va bоshqarish maqsadlarining umumiyligida namоyon bo’ladi. Adekvatlikning ushbu shakli axbоrоtdan amaliy fоylanish bilan bevоsita bоg’langan.

Infоrmatikada asоsiy masala bo’lib hisоblash texnikasi qurilmalaridan axbоrоtni saqlash, qayta ishlash va uzatishda qanday fоydalanish hisоblanadi. Shuning uchun infоrmatikada axbоrоtning ikki xil turi bilan ish ko’riladi, ya`ni analоg va raqamli. Ko’pgina hisоblash texnikasi qurilmalari raqamli axbоrоtni qayta ishlaydi. Analоg axbоrоtni raqamli axbоrоtga o’zgartiruvchi maxsus qurilmalar mavjud bo’lib, bunday o’zgartirishni analоg-raqamli o’zgartirish deyiladi. Insоn sezgi оrganlari shunday tuzilganki, u analоg axbоrоtni qabul qilish, saqlash va qayta ishlash imkоniyatiga ega. Televizоr – bu analоg qurilma, kоmp yuter mоnitоri – televizоrga o’xshasada, lekin u raqamli qurilma.



Axborot bu barcha sezgi organlarimiz orqali qabul qila oladigan ma`lumotlar majmui va ularning o’zaro bog’lanish darajasidir. Axborotlar xabar ko’rinishda bo’ladi. Xabar - bu informasiyaning suzlashuv, matn, tasvir, jadval, sonli ma`lumotlar va x.k. ko’rinishdagi turidir. Inson tashki ta`sirnatijasida sezgi organlar orqali axborotlarga ega bo’ladi. Bular: ta`m bilish, xid sezish, eshitish, ko’rish, teri-badan sezgisi.

Axborotlarni to’plash, qayta ishlash va uzatish vositalarga bo`lgan extiyoji juda katta. Uzatish vositalari - sputnik, televizor, radio, magnitafon, video, telefon va x.k. Tuplash va tashuvchi vositalar deb kitob, gazeta, kaseta va dikslarni tushunishimiz mumkin. Axborotlarni ustidan har xil amallarni bajarish jarayoni - axborot texnologiyasi deb nomlanadi. Axborot texnologiyasini asosiy texnik vositasi bu kompyuter.

Informatika to`g`risida gap ketganda, har bir kishi qandaydir axborotlar haqida fikr borayotganligini va bu axborotlar nimagadir yoki kimgadir tegishli ekanligini tushunadi. Bu axborotlar qayerdan olingan, qanday saqlangan va ularni manbai qayerda ekanligi ko`pchilikni qiziqtirishi mumkin.

Qadimda insonlar, qog`oz mavjud bo`lmagan vaqtlarda, o`sha davrga tegishli ma`lumotlarni toshlarga, daraxt barglariga, gildan (loydan) yasalgan tablichkalarga yozib qoldirishgan. Bu ma`lumotlar esa cherkovlarda yoki ibodatxonalarda saqlangan. Shuning uchun xam bu ma`lumotlarga ega bo`lish, ularni o`rganish hammaga ham nasib qilavermagan. O`qishni yoki yozishni bilmagan kishilar ulardan foydalana olishmagan. Vaqt o`tishi bilan insonlar o`zgardi, jamiyatning tuzumi o`zgardi. Jamiyatda o`qimishli kishilar ko`paydi. Yangidan-yangi axborotlar hosil bo`ldi. Bu axborotlarni ko`paytirish va ularni barcha qiziquvchi kishilarga tarqatish muammosi hosil bo`ldi. Axborotlarni tarqatish vositasi sifatida asosan kitoblardan, rasmlardan va hokazolardan foydalanila boshlandi. Chop etilgan kitoblardan yoki rasmlardan kishilar jamiyatda ro`y berayotgan o`zgarishlar, yangiliklar va voqyealar to`g`risida axborotlarga ega bo`lishdi.

Yillar o`tishi bilan hosil bo`ladigan axborotlar hajmi ortdi. Axborotlarni yig`ish, qayta ishlash va tarqatish uchun nashriyotlar, tipografiyalar qurildi, ya`ni informasion sanoatga asos solindi. Ko`plab tirajda chop etilayotgan kitoblar, gazeta va jurnallar kishilarni katta hajmdagi axborotlardan xabardor qilib turishdi. Matbuot bilan birgalikda radio, keyinchalik esa televedeniya axborotlarni uzatish vositasi bo`lib qoldi.

Axborot tushunchasi nimani anglatadi? Qadimgi Gresiyada bu termin

«ko`rinishni berish», «tasavvurlash» ma`nosida tushunilgan.

Ko`rinishni berish – bu rasmlar orqali konstruktorlik g`oyalarni hosil qilish, kinofilmlar yaratish, gramplastinkalar ishlab chikish va hakozalardan iborat. Insonlarning kuzatish natijalari va egallagan bilimlarini bir ko`rinishdan boshqa ko`rinishga o`tkazilishi-bu axborotlarni qabul qilish yoki saqlash va ishlash uchun juda qulaydir.

Tavsiflash– buni modellashtirish yoki model yasash ma`nosida tushunish mumkin. Bu qanaqa model, u ganday ko`rinishda ifodalanganligi qo`yilgan aniq masalaga, uning tiliga va usuliga bog`liq bo`ladi.

Masalan, fizik fotoplastistinka elementar zarrachalarining qoldirgan trayektoriyasini o`r-gana turib, formula va tenglamalardan iborat matematik modelni yaratadi, ruxshunos esa inson-larni turli vaziyatlardagi holatlarini tavsiflovchi model hosil qiladi. Har bir inson o`zining ish faoliyati davomida u yoki bu ko`rinishda modellashtirish bilan yoki kelayotgan, chiqayotgan axborotlarni tasvirlash bilan shug`ullanishadi.

XX asrda fan-texnikaning va sanoatning rivojlanishi natijasida hosil bo`ladigan va saqlanadigan axborotlar hajmi shu darajada ortib ketdiki, natijada ularning hammasini insonlar qabul qilishi, saqlashi va qayta ishlashi mumkin bo`lmay qoldi. Hosil bo`layotgan axborotlarni sinflarga bo`lish, saqlash, axborotlarni harakatlanish qonuniyatini yaratish muammosi hosil bo`ldi. Bu muammoni hal qilish uchun olib borilgan izlanishlar natijasi sifatida informatika deb atalmish fan paydo bo`ldi. Boshlang`ich bosqichda informatika kutubxona ishining bazasi hisoblangan va ko`p yillar yordamida uni mukammallashtirish nazariyasi va amaliyoti bilan shug`ullanib kelgan.

Informatika o`rganilayotgan obyekt va u to`g`risidagi bilimlar oralig`idan joy egallab qoladi. Haqiqatan ham, inson atrof muhitni o`rgana turib, axborot oladi, uni biron narsaga belgilab, yozib yoki saqlab qo`yadi. Axborot tashuvchi sifatida adabiyot, magnit lentalar, kartalar, sxemalar ishlatilishi mumkin. Axborotlarni qayta ishlash orqali, bizni o`rab turgan dunyo to`g`risida bilimga ega bo`lamiz, natijada yangi izlanish usullarini yaratish, yangi axborotlarga ega bo`lish, ularni saqlash, qayta ishlash va hokazo imkoniyatlar hosil bo`ladi.

Axborotlarni yig`ish, saqlash, qayta ishlash va tasvirlashning samarali usullarini yaratish informatikaning asosiy maqsadlaridan biri bo`lib qoldi. Asrimizning 50-yillarigacha masalaning bunday qo`yilishi haqiqat bo`lib, axborotlarni yig`ish va qayta ishlash usullari bo`yicha umumiylik yo`qdek edi. Tibbiyotda, geografiyada, fizikada, filosofiyada va boshqa sohalarda axborotlarni yig`ish va qayta ishlashda bog`liqlik yo`q edi. Ko`pchiliklarning fikricha matematika bilan fizika, ximiya bilan tibbiyot o`rtasida bog`liqlik borligi tan olinar edi. Kompyuterlarning paydo bo`lishi bilan bu holat tezlik bilan sezilarli darajada o`zgardi.

Ko`pchilikka ma`lumki, birinchi EHM (elektron hisoblash mashinalari) atom fizikasida, uchish va raketa texnikasida hisoblash ishlarini bajarish uchun yaratilgan. Keyinchalik ularni boshqa sohalarda: qishloq xo`jaligida, sanoatda, boshqarish sistemasida, tibbiyotda, o`quv jarayonlarida va hokazolarda qo`llanilishi yangi sanoat sohasi – axborotlarni elektron qayta ishlash usullari va vositalari sohasi yaratilishiga va uni tez sur`atlar bilan rivojlanishiga asos bo`ldi.

Yangi elektron hisoblash mashinalari, ular bilan muloqot qilishning yangi vositalari va usullari yaratildi. Hisoblash texnikalari ishlab chiqa-radigan sanoat korxonalari qurildi. Birinchi EHM lari hisoblash masalalarini yechish uchun yaratilgan, keyinchalik sonli, matnli, grafik va boshqa axborotlarni ham qayta ishlovchi kompyuterlar yaratila boshlandi.Hisoblash texnikasi barcha sohalarda o`zining samaradorligini, keng imkoniyatli ekanligini va qulayligini ko`rsatdi. Kompyuter va ular bilan muloqot qilish usullarini va metodlarining rivojlanishi natijasida, ularning qo`llanilish sohalari kengayib bormoqda.

Hozirgi kunda kompyuterlar barcha sohalarda, shu jumladan sanoatda, qishloq xo`jaligida, ishlab chiqarishning barcha tarmoqlarida, fan texnikada, tibbiyotda, o`quv jarayonlarida keng qo`llanilib kelinmoqda.

Ma`lumotlarni qayta ishlash tajribaning asosiy ajralmas qismi hisoblanadi. Axborotlarni qayta ishlash algoritmlari olimlar va mutaxassislar tomonidan tayyorlanadi. Dastur tuzuvchilar bilan birgalikda ular kompyuter uchun ma`lumotlarni qayta ishlovchi dasturlar tuzishadi. Algoritmlar yaratish va ular asosida kompyuter uchun dastur tuzish – ana shu bosqichning eng aso-siysi hisoblanadi. Keyingi bosqichda tekshirish uchun ma`lumotlarni qulay ko`rinishda ifodalash va chiqarish dasturlaridan foydalaniladi. (grafiklar qurish, jadvallar yaratish, ishchi rasmlarni tasvirlash chizish va hokazo). Ma`lumki, bunday dasturlar aniq sohaga mo`ljallanmagan va ular yetarlicha universal hisoblanadi. Amaliyot shu narsani ko`rsatdiki, kompyuterlardan foydalanish natijasida ishlab chiqarishda va fan texnikada mehnat samaradorligi ortadi, ilmiy-texnik progressga juda kuchli ta`sir etadi. Kompyuterlarning rivojlanishida asosan uchta bosqichni ajratish mumkin: hisoblash, umumiy informasion va intellektual. Fan va texnologiya hozirgi vaqtda uchinchi bosqichda, ya`ni mashina intelektualining rivojlanish bo`sag`asida turibdi. Mashina intellekti hayotga aqliy mehnat kishilari bajaradigan ishlarni bajaruvchi kompyuterlar ko`rinishida kirib bormoqda. Yangi mashianalar ishlab chiqiladi, ko`plab mukammal dasturlar yaratiladi, mashina intellekti o`sadi, ya`ni bizni o`rab turgan olamni anglash va tekshirish uchun imkoniyatlar hosil bo`ladi.

Zamonaviy informatikani quyidagi 3 yo`nalishi tashkil etadi: 1) Axborotlarni avtomatik yig`ish, saqlash, ishlash va uzatish usullari va algoritmlarini yaratish;



  1. Axborotlarni qayta ishlash, tasavvurlash usullari va algoritmlarini yaratish.



  1. Yuqoridagi ikkita yo`nalishni rivojlantirish uchun elektron hisoblash mashinalari va texnolo-giyalarni yaratish.

Ingliz tilida informatika so`zining sinonimi computerscieni (hisoblash fani) bo`lib, u informatikaning predmetini to`la yorita olmaydi. Informatika termini bizga fransuz tilidan kelgan bo`lib, kompyuterlar va ularni qo`llanilishi haqidagi fanni anglatadi.



Axbоrоtni kоmpyuterda tasvirlanishi.

Kоmpyuter faqat raqamli ko’rinishdagi axbоrоtni qayta ishlaydi. Barcha bоshqa turdagi axbоrоt (оvоzlar, tasvirlar va bоshq.) kоmp yuterda qayta ishlanishi uchun raqamli ko’rinishga keltirilishi zarur. Оvоzni raqamli ko’rinishga o’zgartirish uchun kichik vaqt оralig’ida оvоz intensivligini o’lchash va har bir o’lchash natijalarini raqam ko’rinishida aks ettirish zarur. Kоmp yuter dasturi yordamida оlingan axbоrоtni qayta ishlab, hоsil bo’lgan natijani оvоz shakliga qaytarish mumkin. Kоmp yuterda matni axbоrоtni qayta ishlash uchun matni kоmp yuterga kiritilayotganda har bir xarf ma`lum bir raqam bilan kоdlanadi. Tashqi qurilmalarga (mоnitоr ekrani yoki printer) chiqarilayotganda esa insоn qabul qilish uchun ushbu raqamlar оrqali xarflarning tasviri quriladi. Xarflar to’plami va raqamlar o’rtasidagi mоslik belgilarni kоdlashtirish deb ataladi.

Kоmpyuterda barcha raqamlar 0 va 1 оrqali ifоdalanadi. Kоmp yuter ikkilik sanоq sistemasida ishlaydi. Kоmp yuterda axbоrоt birligining o’lchоvi bo’lib bit, ya`ni 0 yoki 1 qiymatni qabul qilishi mumkin bo’lgan ikkilik razryad hisоblanadi.

Kоmp yuter kоmandalari alоhida bitlar bilan emas, balki sakkiz bit bilan birgalikda ishlaydi. Sakkizta ketma-ket bit bir baytni tashkil etadi. Baytlar yordamida raqamli ko’rinishda ifоdalangan har qanday axbоrоtni kоdlashtirish mumkin. Bir baytda

256 xil belgilardan birining qiymatini kоdlashtirish mumkin (256 q 28) bo’ladi. Baytning qiymati uchun undagi bitlarning jоylashgan o’rni muhimdir. Axbоrоtda qatnashgan har qanday belgi 1 bayt hajmli deb hisоblanadi. Masalan, “Sh” harfi - 2 bayt, “Kitоb” – 5 bayt hajmga ega. Bir bayt 0 dan 255 qiymatni qabul qilishi mumkin. Axbоrоtning yirik birliklari:

Bayt – ketma-ket yozilgan 8 ta bitdan iborat bo’lib, uning xar birida bittadan belgini ifodalash mumkin. Bunday belgilar soni 28 q 256 tadan iborat.

Bundan tashqari axborotlarning hosilaviy o’lchov birliklari xam mavjud bo’lib, ular kilobayt(Kb), megobayt(Mb), Gigobayt(Gb), eksobayt(Eb) lardan iboratdir:

1 Kb q 210 q 1024 bayt;

1 Mb q 210 q 1024 Kb;

1 Gb q 210 q 1024 Mb;

1 Eb q 210 q 1024 Gb;

Misol sifatida Ekonometrika so’zi nechta belgidan iborat bo’lsa kompyuter xotirasida shunch a baytni, ya’ni 12 baytni yoki 12x8 q 96 bitni egallaydi.

2. Hisoblash texnikasining qisqacha tarixi

Hisoblash texnikasining tarixi bir necha davrni o`z ichiga oladi:

Mexanik mashinalargacha bo`lgan davr


  • Mexanik mashinalar davri


  • Elektromexanik mashinalar davri


  • Elektron hisoblash mashinalar davri





Mexanik mashinalargacha bo’lgan davr.

Hisoblash ishlarining tarixi odamzod pay do bo'lishidan boshlanadi. Yer yuzidagi eng birinchi hisoblash asbobi ibtidoiy odamlarning barmoqlari edi.

Qo'l va oyoq barmoqlari ibtidoiy "hisoblash vositasi" vazifasini o'tagan. Binobarin, o'sha qadim zamonlardayoq hisoblashning eng birinchi va eng oddiy usuli - barmoq hisobi paydo bo'lgan. U qadimiy qabilalarda hisobni 20 gacha olib borishni ta'minlagan. Hisoblashning bu usulida bir qo'l barmoqlari "besh"ni, ikki qo'l barmoqlari 'Vnni", qo'l va oyoq barmoqlari birgalikda "yigirmani" bildirgan.

Dastlabki va eng sodda sun'iy hisob asboblaridan biri birkadir. Birka 10 yoki 12 tayoqchadan iborat bo'lib, tayoqchalar turli tuman shakllar bilan o'yilgandir. Kishilar birka yordamida podadagi molar sonini, yig'ib olingan hosil miqdorini, qarz va hokazolarni hisoblashgan Hisoblash ishlarining murakkablashuvi esa yangi hisoblash asboblari va usullarini izlashni taqozo etardi. Ana shunday ehtiyoj tufayli bunyodga kelgan va ko'rinishdan hozirgi cho'tni eslatuvchi abak asbobi hisoblash ishlarini bir muncha yengillashtirdi. Dastlabki hisoblash asboblaridan yana biri raqamlar yozilgan bir qancha tayoqchalardan iborat bo'lib, Shotlandiyalik matematik Jon Neper nomi bilan atalgan, Neper tayoqchalari yordamida qo'shish, ayirish va ko'paytirish amallari bajarilgan. Keyinroq bu asbob ancha takomillashtirildi va nihoyat logarifmik chizg'ich yaratilishiga asos bo'ldi.




Mexanik davr.

Hisoblash texnikasida mexanik moslamalar davrini boshlab bergan mashinalardan biri Nemis olimi Vilgelm Shikkard tomonidan 1623 yilda ixtiro qilindi. Biroq bu hisoblash mashinasi juda tor doiradagi kishilargagina ma'lum bo'lganligi sababli uzoq vaqtlargacha bu boradagi birinchi ixtirochi 1645 yili arifmometr yasagan Fransuz matematigi Blez Paskal deb hisoblanib kelingan. Lekin 1958 yili Shtutgart shahri kutubxonasidan 1. Keplerning Qo'lyozma va hujjatlari orasidan topilgan hisoblash mashinasi chizmasi bu boradagi birinchi ixtirochi Shikkard ekanligi uzil-kesil tasdiqladi.

Lekin qarangki, Shikkardning mashinasi ham birinchi emas ekan. 1967 yili Madriddagi milliy kutubxonada Leonardo da Vinchining nashr qilinmagan ikki jildli qo'lyozmasi topildi. Qo'lyozmaning birinchi jildi deyarli boshdan oyoq mexanikaga bag'ishlangan bo'lib, undagi chizmalar orasida hisoblash qurilmasining chizmasi ham chiqqan. Shu chizma asosida mashina yaratilganda, u qo'shish va ayirish amallarini bajaruvchi qurilma ekanligi ma'lum bo'ldi. Shunga qaramay Leonardo da Vinchi XV-XVI asrlarda yasalgan hisoblash mashinalarming noma'lum ixtirochilaridan biri deb hisoblanib kelinmoqda.

Mexanik hisoblash mashinalarining tarixi esa yuqorida aytib o'tilgandek, Paskal mashinasidan boshlanadi. Blez Paskalning otasi Et'en Paskal moliya ishlariga bo'gliq lurli razifalardo xizmat qilar edi va tabiyki hisob-kitob uning ko'p vaqtini olar edi. Yosh Paskal otasining mehnatini yengillashtirishga urindi va hisoblash mshinasini yaratishga muvaffaq bo'idi. Sirasini aytganda, Blez soat mexanizmini hisoblash mashinasiga aylantirdi. O'rtadagi tafovut shunda ediki, qo'zg'almas siferblat qo'zg'aluvchan, harakatlanuvchi soat mili esa, aksincha, qo'zg'almaydigan bo'idi. Siferblat dastlab hisob diskiga, keyinroq esa hisob g'ildiragiga aylantirildi. Paskalning mashinasi bo'yi 30-40, eni 15, balandligi 10 santimetrgacha bo'lgan jez qutichadan iborat edi. Asrimiz boshlarida Fransuz jurnallaridan biri "Paskalning 50 dan ortiq mashinasi mavjud. Ularning barchasi shakli qanday materialdan yasalganligi va qay Hilda ishlashiga ko'ra turlicha", deb yozgan edi.

Paskalning mashinasi nemis matematigi, mexanigi va faylasufi Gotfrid Leybnisni ham ixtirochilikka undadi. Ammo u faqat qo'shish va ayirishnigina emas, balki to'rtala arifmetik amalni bajara oladigan mashina yaratishni istardi. Leybnis 1673 yili shunday mashinani yaratdi va uni Parij akademiyasiga taqdim qildi. Bu hisoblash mashinasidagi yangilik shunda ediki. Leybnis birinchi bo'lib, raqamlar teradigan g'ildirakni pog'onali valik atrofida turli uzunlikdagi o'nta zinasi bo'lgan silindr bilan almashtirdi. U mashinalardan birini Rossiya podshosi Petr I ga sovg'a qilmoqchi edi, lekin, afsuski, o'sha mashinani ta'mirlash zarur bo'lib qoldi. Leybnis uni tuzatishga berdi, biroq mexanik qancha urinmasin, mashinani ta'mirlashni ddalay olmadi. Leybnisning hisoblash mashinalaridan biri hozir Garmover shahri muzeyida saqlanmoqda.

Mexanik hisoblash mashinalaring yaratilishida rus olimlari Z. Slonimskiy (to'rt arifmetik amalni bajardigan va ildiz chiqaradigan mashina, 1845 yil); V. Bunyakovskiy (12 xonagacha bo'lgan sonlarni qo'shish va ayirish imkoniyatiga ega bo'lgan hisoblash mashinasi, 1867 yil); P. Chebishev (arifmometr, 1880 yil); V. Odner (g'ildirakdagi tishlar soni o'zgaruvchan bo'lgan moslamali hisoblash mashinasi, 1889 yil) va boshqalarning hissasi kattadir.



Elektromexanik mashinalar davri.

Mexanik hisoblash mashinalarida mos qurilmalar qo'l kuchi bilan harakatga keltirilar edi. Endi mana shu vazifani elektr energivasi yordamida amalgam oshiruvchi hisoblash mashinalari paydo bo'la boshladi. Shuning uchun ham bunday mashinalar elelktromexanik hisoblash mashinalari deyiladi. Elektromexanik hisoblash mashinalarining deyarli hammasida sonlar mashinaga maxsus tugma (klavish) yordamida kiritiladi. Bunday mashinalardan Rossiyada Odner arifmometri kabi ishlaydigan o'nta tugmali "VK-1" mashinasi, keyinroq esa, barcha arifmetik amallarni bajarish uchun yetarli sonda tugmalari bo'lgan hisoblash mashinalari yaratildi. Shuni aytish kerakki bunday mashinalar mexanik mashinalarga nisbatan takomillashtirilganligiga qaramay, unda mutaxassis laborant 8 soatlik ish kunida hammasi bo'lib, 2000 amal bajara olar edi.



Elektron hisoblash mashinalar davri.

Elektromexanik mashinalar ham o'z navbatida, XX asr fan va texnikasi taraqqiyoti ehtiyojlarini qoniqtira olmay qoldi. Bu mashinalarda hisoblash jarayoni ko'p vaqt talab qilishi, ya'ni ishlash tezligi va amal aniqligining kichikligi sababli yanada tezroq hisoblaydigan yangi xil mashinalar yaratish zaruriyati tug'ildi. Shu boisdan ham hisoblash mashinalarida yuqoridagi talablarni amalga oshirishga zamin yaratuvchi electron lampalardan foydalanish ustida jadallik bilan tadqiqot olib borila boshlandi.




Shu maqsad yo'lida 1942-45 yillarda birinchi bo'lib AQShdagi Pensilvaniya universitetida axborotlarni saqlash imkoniyatiga ega bolgan electron lampalar yordamida raqamli hisoblash mashinasi yaratildi. 30 tonna( ba'zi manbalarda 70 tonna) o'girlikdagi, 150 kvadrat metrli xonani egallagan va 18 mingta elektron lampaga ega bo'lgan ulkan hisoblash mashinasi "ENIAK" deb nom oldi.

1946 yili amerika olimi Djon Fon Neyman (1903-1957) shunday elektron hisoblash mashinalarini qurishni matematik jihatdan asoslab berdi. Bu hil mashinalar hisoblash texnikasi tarixida keskin burilish yasadi, fan-texnikaning turli sohalari jadal rivojlanishiga turtki boMdi. Keyinroq, AQShda va Buyuk Britaniyada "ADVAK", "EDSAK", "SEAK", "BINAK", "UNIVAK" va boshqa mashinalar yaratildi. Umuman, 1950 yilelektron hisoblash mashinalarining taraqqiyotining boshlanishi bo'ldi.



Elektron hisoblash mashinalarining avlodlari.

Tarixan qisqa vaqt mobaynida (35-40 yil orasida) EHMning to'rt avlodi yaratilib, beshinchi avlod mashinlari loyihalashtirilmoqda. EHMlarning avlodlarga ajratish ularni yaratishda nimalarga asoslanganligi, qanday tuzilganligi, texnik xarakteristikalari, foydalanuvchilar uchun qulayligi va boshqa tomonlari bilan farqlanadi.

EHMlarning birinchi avlodi.(50-villar boshlarigacha) qatoriga MESM, BESM-1, BESM-2, Strela, M-3, Minsk-1, Ural-1, Ural-2 ba boshqalar kiradi. Bu mashinalarning hammasi elektron lampalar asosida qurilgan. Ularning o'lchamlari katta, elektr quwatini ko'p iste'mol qiladi, amallarninh bajarilishi tezligi past, katta miqdorda axborotlarni saqlay olmaydi va ishonchsizligi bilan ajralib turadi. Bu toifa mashinalar sekundiga o'rtacha 10000 amal bajaradi. Xotirasiga faqat 2047 tahacha son sig'adi.

EHMlarning ikkinchi avlodi.(1960 yillarning boshlari) tranzistorlar (yarimo'tkazgich va magnit elementlar)dan tuzilgan. Bu avlodga mansub mshinalarning o'ziga hos xususiyatlaridan biri, ular qo'llanish sohasi bo'vicha ixtisoslashtinlgandir. Ikkinchi avlod EHMlarida oldingilariga qaraganda tezroq va ishonchliligi ko'proq ma'lumotlarni qayta ishlash imkoniyati yaratildi.

EHMning ikkinchi avlodiga quyidagi mashinalar kiradi: Minsk-2, Minsk-22, Razdan-3, M-220, BESm-6,'MIR, Nairi, Minsk-32, Ural-14 va boshqalar. Bu mashinalarda qo'yilgan masalani tez yechish imkoniyatini yaratadigan dasturdan, masalani yechishda EHM bajarishi lozim bo'lgan amallar ketma-ketligidan foydalanish mumkin.

Bunday EHMlarning o'rtacha tezligi 100000 amal/sekund, xotirasiga 10000 tagacha so'z sig'adi. Elektron hisoblash mashinalarining keyingi murakkablashuvi turli vazifalarni bajaruvchi moslamalarning o'sishiga olib keldi, bu esa o'z navbatida element va sxemalarni kichraytirishni va ularning ishlashdagi ishonchlilikni oshirishni, xotira sig'imini kattalashtirishni, ishlash tezligini yana ham tezlatishni talab etdi. Shunga asosan mikroelektronikada tez orada lkub santimetr hajmli kristalda eng kamida 5 dona elektronika elementini birlashtirgan electron qurilma, ya'ni mitti integral sxemalar paydo bo'la boshladi. Bunday sxemalar ikkinchi avlod mashinalarida mavjud bo'lgan barcha kamchiliklarning ko'p qismini yo'q qilingan yangi hisoblash mashinalarining paydo bo'lishiga zamin yaratdi. Integral sxema, avvalo yasalayotgan moslamalarni miniaturalash (juda kichiklashtirish)ga olib keldi.

EHMlarning uchinchi avlodi.(60-villarning oxiri) kopchilik tranzistorlar va turli xil ehtiyot qismlar o'rniga integral sxemalardan keng ko'lamda foydalanish bilan harakterlanadi. Integral sxemalarni ishlatish tufayli mashinalarning texnik va ishlatish xarakteristikalarini ancha yaxshilashga, jumladan, ixchamlashishi va ishlash tezligining oshishini ta'minlashga erishildi. Bunday mashinalarning samarali va ishonchli ishlashiga ta'minlandi. Xotira sig'imi 2048 Kbaytgacha bordi. Bu avlod mashinalarini birgalikda ishlab chiqargan yagona sistema turidagi mashinalar tashkil qiladi. Shuning uchun ham bu turdagi mashinalarning nomi ES dan boshlanadi. Bu mashinalar turiga qarab, sekundiga 2 milliongacha turli arifmetik amal bajarishi mumkin bo'ldi.

Fan va texnikaning rivojlanishi odam bilan EHM o'rtasida muloqot qilish mumkin bo'lgan hisoblash mashinalari yaratish zarurati tug'dirdi. Ba vazifa yangi paydo bo'layotgan to'rtinchi avlod mashinalarida amalgam oshirildi.




EHMlarning to'rtinchi avlodi. 1970 yillardan etiboran paydo bo'la boshladi. Ularda element bazasi sifatida katta integral sxemalar. Ya'ni Ism kub hajmda 100 minggacha elementni birlashtirgan mikrosxema qo'llanildi. Bunday EHMlardan jamoa ravishda foydalanish EHMlar tarmog'ini va shaxsiy kompyuterlar yaratish imkonini tug'dirdi. Hozirhi kunda ko'pgina o'rta maktablarga o'rnatilgan IBM, Yamaxa, Pravets-8A, AGAT, Osiyo, Toshkent, Yoshlik kompyuterlari shu turdagi lardir.

Hozirgi kunda beshincha avlod mashinalarini ishlab chiqish ustida katta ishlar qiliniyapti. Ayniqsa, bu sohada yaponiya olimlari yaratgan beshinchi avlod mashinalarining loyihalari diqqatga sazovordir. Bu loyiha keyingi davr mashinalarini yaratishni ko'zda tutgan.Yaponiya olimlarining tabiricha, ushbu avlod mashinalari mantiqiy masalalarni hal qila oladigan, og'zaki gaplarni "eshitadigan" va "tushunadigan", matnlarni o'qiyotgan tezlikda tarjima qila oladigan, rasm va chizmalarni "ko'ra" oladigan hamda "tushunadigan'1 bo'lishi kerak. Bunday komputerlar galley arsendi, katta va o'ta katta integral sxemalar asosida qurlishi nazarda tutilgan. Oxirgi paytlarda yer yuzida laboratoriyalarda oqsil molekulalari bilan tajriba o'tkazilmoqda. Ular komputerlarning arifmetik asosini tashkil qiluvchi asosiy element ilddlik sanoq sistemasida xotirlovchi katakchalarning vazifalarini o'tayapti. Albatta, ushbu yo'nalish bo'yicha EHM qurish haqida gap yuritish erta albatta, lekin tajribalar yaxshi natijalarga olib kelsa, komputerlaning yangi davrini boshlaydigan biokomputerlarga ega bo'lishimiz mumkin.
Informatika fani. Jorj Fon Neyman prinsipi.
Insoniyat uzining tarixi mobaynida modda, kuvvat va axborotlarni uzlashtirib keldi. Insoniyatning rivojlanishda butun-butun boskichlar ushbu boskichning eng ilgor texnologiyasi nomi buyicha nomlanadi. Masalan, "tosh davri" - kurol yasash uchun toshga ishlov berish texnologiyasining boskichi, "bronza davri" - metallga ishlov berish texnologiyasini egallash boskichi, "kitob chop etish asri" - axborotni tarkatishning yangi usullarini egallash boskichlari, "elektr asri"- kuvvatning yangi turlarini uzlashtirish boskichlari shular jumlasidandir. Bundan yigirma - uttiz yil oldin "atom asri" boshlandi deyilgan bulsa, hozirgi kunda kuprok "axborot asri" va "ShAXSIY KOMPYuTER asri" xakida eshitish mumkin. ShAXSIY KOMPYUTER ishlab chikarishning usishi, axborot tarmoklarining rivojlanishi yangi axborot texnologiyalarining yaratilishi jamiyat xayotining barcha soxalarida, ya'ni ishlab chikarishda fanda ta'limda tibbiyotda va ?okazolarda axborotning tarkibiy kismlari paydo bulishi va rivojlanishiga olib keldi.

Informatika 60-yillarda Fransiyada elektron xisoblash mashinalari yordamida axborotni kayta ishlash bilan shug’ulanuvchi soxani ifodalovchi atama sifatida yuzaga keldi. Informatika atamasi lotincha informatio suzidan kelib chikkan bulib, tushuntirish, xabar berish, bayon etish ma'nolarini anglatadi. Ingliz tilida suzlashuvchi mamlakatlarda bu atamaga Computer science (kompyuter texnikasi hakidagi fan) sinonimi mos keladi.

Informatika inson faoliyatining mustakil sohasi sifatida ajralib chikishi birinchi navbatda kompyuter texnikasining rivojlanishi bilan bo?lik. Bunda asosiy xizmat mikroprosessor texnikasiga tug’ri keladi, uning paydo bulishi 70-yillar urtalarida ikkinchi elektron inkilobni boshlab berdi. Shu davrdan boshlab hisoblash mashinalarining element negizini integral chizma va mikroprosessorlar tashkil etdi. Informatika atamasi nafakat kompyuter texnikasi yutuklarini aks ettirish va foydalanish, balki axborotni uzatish va kayta ishlash jarayonlari bilan ham bog’lanadi.

Kompyuter - bu ixtiyoriy kurinishdagi axborotni avtomatik tarzda kayta ishlovchi kurilmadir. hozirgi kunda ularning hammasi elektron kompyuterlar ?isoblanadi. Informatikaning vujudga kelish tarixiga nazar tashlasak, dastlab mexanik kompyuterlar yaratilgan.

1642 yilda Blez Paskal kushish amalini mexanik ravishda amalga oshiruvchi kurilmani ixtiro kildi, 1673 yilda esa Gotfrid Vilgelm Leybnis turtala arifmetik amalni bajaruvchi mexanik kurilma arifmometrni kostruksiyasini yaratdi. XIX asrdan boshlab arifmometrlar juda keng masshtabda kullanila boshlandi. Bu kurilmada uta murakkab hisoblashlar xam amalga oshirilar edi, xattoki usha vaktda "hisoblovchi - inson" deb nom olgan maxsus kasb ham mavjud edi. Bu kasb egasi berilgan instruksiya asosida topshirilgan vazifani arifmometr yordamida anik va tez amalga oshirar edi. Lekin ayrim hisoblashlarning uta murakkabligi ulardan olinadigan natija uchun sarflanadigan vaktning sekinlashuviga sabab bulgan. Bunday hisoblashlar uchun xaftalab, oylab vakt sarflanar edi. Buning asosiy sababi, bu kurinishdagi hisoblashlarni amalga oshirish va natijalarni yozib borishni inson uzi bajarayotganligidir.

1833 yilga kelib ingliz matematigi Charlz Bebbidj insonning aralashuvisiz, mustakil ravishda ?isoblashni amalga oshiruvchi universal ?isoblash kurilmasi - "analitik mashina"ning proektini yaratdi. Lekin, Bebbidj bu ishini oxiriga yetkaza olmagan bulsada, uning fikrlarini asos kilib olib, 1941 yilda nemes injeneri Kondrat Suze tomonidan analitik mashina yaratildi. 1943 yildan boshlab esa Amerikalik Djon Mochli va Prespera Ekerta ra?barliklari ostida dastlabki elektron lampali mashinalarning ixtirolari amalga oshirila boshlandi.

Keyinrok Mochli va Ekerta dasturni uz xotirasida saklaydigan yangi mashinaning konstruksiyasi ustida ish olib bordilar va bu ishga mash?ur matematik Jorj fon Neymanni ham hamkorlikka chakirdilar.

Birinchi elektron kompyuterlar AKShning Pensilvaniya universitetida 1946 yilda yaratilgan. Bu kompyuter ENIAC nomi bilan mash?ur bulldi, uning ?ajmi juda katta bulib, oGirligi 30 tonna edi, ENIAC 18000 elektron lampadan iborot va 500 amalni 1 sek.da bajarardi. (1940-1955y) Tarkibi elektron lampalardan iborot bulgan barcha ShAXSIY KOMPYuTERlar - birinchi avlod mashinalari deb nomlangan.

1955 yildan boshlab ikkinchi avlod ShAXSIY KOMPYuTERlari paydo bula boshladi. Ulardan elektron lampalar urniga yarim utkazgichlar - tranzistorlar bilan almashtirilgan. Yangi avlod ShAXSIY KOMPYuTERlarining avvalgisidan afzalligi ulchovi kichik, elektr energiyasini kamrok talab kilganligidir.

Ammo, zamonaviy ShAXSIY KOMPYuTER arxitekturasi deb ataluvchi SHAXSIY KOMPYUTER tuzilishining asosiy prinsiplari karor topguncha bir necha yillar utdi.


Bu prinsiplar buyuk matematik Jorj Fon Neyman tomonidan 1946 yilda asoslab berildi. Uning fikricha markaziy prosessor xotirada saklanayotgan dasturni boshkaradi. U ikki kismdan iborat buladi:

1. boshkaruv kurilmasi, ya'ni dastur buyruklarini kabul kiluvchi va ularning bajarilishini ta'minlovchi;

2. arifmetik-mantikiy kurilma, fakat ?isoblashlar uchun muljallangan.

Undan tashkari "tezkor xotira" - doimiy saklovchilardan markaziy pro­ses­sor­ga borish va kaytish yulida oralik ma'lumotlarni saklash uchun foydalaniladi. Bu oralik ma'lumotlarni saklovchi kurilma (bufer) operativ xotira deb ataladi. ?uddi shunda fon Neyman kompyuterning asosiy funksional ishlash prinsiplarini tavsif­lab bergan.


SHAXSIY KOMPYUTER avlodlari almashuvi hakida ma'lumotnoma

1-avlod (1950 yillar boshida). Element bazasi elektron chiroklar. ShAXSIY KOMPYuTER katta hajmi, kup elektr kuvvati iste'mol etishi, kam ?arakatchanligi, kam ishonchliligi, kodlarda dasturlanishi bilan ajralib turgan.

2-avlod (1950 yillar oxiridan). Element bazasi yarim utkazgichli elementlar. Oldingi avlod ShAXSIY KOMPYuTERga nisbatan barcha texnik xususiyatlari yaxshilangan. Dasturlashtirish uchun algoritmik tildan foydalanilgan.

3-avlod (1960 yillar boshi). Element baza-integral chizmalar. ShAXSIY KOMPYuTER hajminng keskin kichrayishi, ishonchliligining ortishi, samaradorligini ortishi. Ma'lum masofadagi terminallardan alo?ida bulish.

4-avlod (1970 yillar urtalaridan). Element bazasi- mikroprosessorlar, katta integral chizmalar. Texnik xususiyatlari yaxshilangan. Shaxsiy kompyuterlarning ommaviy chikarilishi. Rivojlanish yunalishi; yukori ishlab chikarish kuvvatiga ega kudratli kup prosessorli hisoblash tizimlari arzon mikro ShAXSIY KOMPYuTERlarni yaratish.

5-Avlod (1980 yillar urtalaridan). Intellektual kompyuterlar ishlab chikarila boshlandi.

3. Dasturlar turlari
      

Kompyuterda xar xil turdagi ma’lumotlar saklanadi. Ular bilan ishlash uchun biz xar xil maxsus dasturlar bilan foydalanishimiz zarur, chunki kompyuter uzi xech kanaka xarakatlar bajarmaydi u fakat bizning buyruklarimizni va kursatmalarimizni bajaradi. Buyruklar va kursatmalar ketmaketligi esa dastur deb nomlanadi (dastur tushunchasi yukoridagi mavzularda utilgan). Dasturlar 3 turga bulinadi:


       1) SISTEMA DASTURLAR TURI. Sistema dasturlar bu kompyuter ishini boshkaruvchi va xar xil yordamchi amallarni bajaruvchi dasturlar.
       Masalan: fayllar ustidan xar xil amallar bajarish (kayta nomlash, yaratish, uchirish, nusxasini olish, xajmini uzgartirish), diksni tozalash va tekshirish, kompyuterni sozlash ( tashki kurilmalar ishini boshkarish). Sistema dasturlar ichida 4 dasturlar guruxlari ajratilib turadi. Bular: operatsion tizimlar (sistemalar), utilita dasturlar, drayver dasturlar va dastur koplamalar.
       SHulardan operatsion sistemalar dasturlar guruxi juda katta axamiyatga ega. Bu dasturlar kompyuter ishini boshkaradi, xar xil dasturlarni kompyuter xotirasiga yuklaydi va bajaradi, fayllar, kataloglar va disklar ustidan xar xil amallarni bajaradi. Xamma dasturlar shu operatsion sistema dasturning imkoniyatlaridan foydalanadi va shuning uchun xamma dasturlar fakat shu dastur orkali ishga tushadi. Eng tanikli operatsion sistemalar: MS-DOS va Windows (Microsoft korporatsiya) dunyodagi kompyuterlarning 75-80%, Makintosh (Apple firmasi) dunyodagi kompyuterlarning 5-10%, Linux va Unix dunyodagi kompyuterlarning 10-15%. MS-DOS operatsion tizimi bilan biz keyin yakinrok tanishamiz.
       Utilita-dasturlar bu operatsion sistemani imkoniyatlarini kuchaytiruvchi dasturlar. Masalan: disklar ustidan xar xil amallarni bajaruvchi dasturlar, kompyuter ishini tezlashtiruvchi dasturlar, malumotlar xajmini uzgaruvchi dasturlar, viruslarni aniklovchi dasturlar va xokazo
       Boshka kup tarkalgan sistema dasturlardan biri bu drayver dasturlari va dastur-koplamalarDrayverlar-dasturlar bu operatsion sistemaga tashki va ichki kurilmalar bilan ishlashda kulayliklar yaratuvchi dasturlar. Bu dasturlar asosan shu kurilmalar chikaruvchi firmalarda yaratiladi va kurilmalar bilan birga tarkalinadi. Masalan: monitorlar drayverlari, SD-ROM lar drayverlari va xokazo. Dastur koplamalar bu operatsion sistemaning imkoniyatlardan chiroliy va kulay xolda foydalanishni taminlovchi dasturlar. SHulardan eng tanikliysi bu NORTON COMMANDER dasturi, bu dastur bilan biz 4-bobda tanishamiz.
       2) AMALIY DASTURLAR TURI. Amaliy dasturlar bu ma’lumotlar bilan ish jarayonida foydalanadigan dasturlar.
       Masalan: matn ma’lumotlarni yaratish va taxrirlash, rasm va tasvir ma’lumotlarni yaratish yoki uzgartirish, malumotlar ombori bilan ishlash, musika va video ma’lumotlarni kurib chikish va taxrirlash.
       Amaliy dasturlar foydalangan ma’lumotlar turiga kura guruxlanadi: matn muxarrirlari (Word, Lexicon, WD, Notepad, Write va xokazo), rasm va tasvir muxarirlari, rasm va tasvirlarni kursatuvchi dasturlar (Corel, Adobe Photoshop, Imaging, ACDSee, Paint vaxokazo), musika va video muxarrirlari, musika va video kursatuvchi dasturlar (Adobe Premier, Winamp, universal proigrovatelь va xokazo), jadvallar muxarriri (Lotus, Excel va xokazo), ma’lumotlar ombori bilan ishlovchi dasturlar (Access, Dbase, FoxPro va xokazo), uyin dasturlari, urgatuvchi dasturlar, bugalteriya va moliya dasturlar, va boshkalar.
       3) INSTRUMENTAL DASTURLAR TURI. Instumental dasturlar bu yangi dasturlar yaratuvchi dasturlar sistemalari.
       Instrumental dasturlaga maxsus dasturlash tillari bilan ishlaydigan dasturlar sistemalari kiradi. Ular dasturlash tiliga kura farklanadi: S, Basic, C++, Delphi, va boshkalar. Bu dasturlar sistemalar uziga bir nechta dasturni jamlagan bulib bular: dasturlash tili muxarriri, translyator, komplyator va boshka erdamchi dasturlar.
       Bundan tashkari xamma dasturlar pulliy, bepul va kisman pulli bulishi munkin. Masalan: drayverlar asosan bepul yoki kisman pulliy buladi, mashxur bulmagan firmalar dasturlari xam bepul eki kisman pulliy buladi, tanikli firmaning maxsuloti esa pulliy. Bepul dasturlar asosan imkoniyatlari kiskartirilgan xolda buladi.
       Oxirga paytlar pirat nusxa dasturlari xam juda kup tarkalgan. SHuning uchun dasturlarni pirat va original nusxa turlariga bulish xam mumkin. Pirat dasturi original dasturga karaganda juda arzon buladi, leykin bu dasturlarga xech kanday kafolat berilmaydi. SHuning uchun katta firma va korxonalar, banklar va davlat idoralari fakat original dasturlardan foydalanadi.
       Xar bitta dastur uzining nomeriga ega. Bu nomer versiya deb nomlanadi. Versiyalar asosan rakamlar bilan kuyiladi va oxirgi paytlarda, dastur chikkan yili buyicha kuyiladi. Masalan Windows 95 eki Windows 98 eki Windows 2000. Xar bitta yangi versiyali dastur , oldingi versiyalardan kulayliklar va imkoniyatlari kup bulgani bilan eki kompyuterga talablari uzgargani bilan farklanadi.

WINDOWS operatsion tizimi haqida umumiy ma‘lumotlar

Operatsion tizim - bu maxsus dastur bo’lib, bu dastur asosiy vazifasi - kompyuter ishini boshqarish, kompyuter va foydalanuvchi o’rtasida muloqotni o’rnatish, tashqi qurilmalar ishlash holatlarini sozlash va ular bilan muloqotni o’rnatish, har xil dasturlarni ishga tushirish va ular ishlash holatlarini ta‘minlash.

Operatsion tizimlardan eng taniqlilari bu Microsoft firmasining MS-DOS va Windows dasturlari, Apple firmasining Macintosh dasturi, Unix va Linux dasturlari.

Dunyoning 70% kompyuterlari Microsoft korporatsiyasi tomonidan yaratilgan operatsion tizimlar bilan jihozlangan. Bo’lardan 1981 yilda yaratilgan - MS-DOS dasturi, 1991 yilda yaratilgan - Windows 3,1 dasturi, 1995 yilda yaratilgan - Windows 95 dasturi, 1998 yilda yaratilgan – Windows 98 dasturi, 2000 yilda yaratilgan - Windows 2000 dasturi, 2001 yilda yaratilgan - Windows Millennium Edition va Windows XP dasturlari. Windows dasturning taniqli bo’lishining asosiy sababi bu - ish jarayoni soddaligi, ko’p vazifali rejim, bir xil ishlash interfeysi va boshqa qulayliklar. Boshqa operatsion tizimlarga o’xshab Windows dasturi ham kompyuter xotirasiga kompyuter yoqilish vaqtda avtomatik ravishda yuklanadi.

Windows so’zi inglizcha “window”-oyna degan ma’noni anglatadi. Windows-oynalar, ya’ni Windows operatsion tizimida oynalar bilan ishlaydi.



2.WINDOWS operatsion tizimi uchun zarur bo’lgan resurslar

Hozirgi kunda keng ommaga taqdim qilinadigan kompyuterlarga WINDOWS operatsion tizimlari o’rnatilib taqdim etilayapti. Agar kompyuterlar ilgariroq olingan bo’lsa, bu kompyuterlarga ham WINDOWS operatsion tizimlarini o’rnatish mumkin.Buning uchun ma’lum shartlar (resurslar) bajarilishi shart. WINDOWS 95/98 operatsion tizimlarini o’rnatish uchun WINDOWS 95 ning minimal varianti uchun 50 Mb hajm vinchesterda bo’sh joy, 8 Mb operativ xotira va protssesor eng kamida ( ishlash taktik chastotasi 66 Mgs) 486 bo’lishi lozim. WINDOWS 98 operatsion tizimini o’rnatish uchun eng kamida 16 Mb operativ xotira, 120 Mb dan 295 Mb gacha qattiq diskda bo’sh joy bo’lishi lozim. Agar Windowsning imkoniyatlaridan foydalanmoqchi bo’lsangiz, Pentium kompyuterlariga WINDOWS tizimini o’rnatganingiz ma’qul.

3.WINDOWS operatsion tizimining imkoniyatalari

WINDOWS operatsion tizimi quyidagi imkoniyatlarga ega:





  • ko’p vazifalilik ya’ni WINDOWS muhitiga o’tgandan keyin bir vaqtning o’zida bir necha dasturlarda ishlash imkoniyati paydo bo’ladi. Masalan hujjatlar tahrirlash, rasmlar chizish, hujjatlarni bosmaga berish, musiqa eshitish va hokozo.



  • Ma’lumotlar buferidan (cho’ntagidan) foydalanish imkoniyati, ya’ni bemalol grafik muharriridagi yoki electron jadvaldagi ma’lumotlarni boshqa dasturlarga qo’yish yoki aksincha.



  • Windows muhitida ishlaydigan barcha dasturlarning shriftlari, drayverlarining printerdan foydalanish va boshqarish tugmalarining bir xilligi foydalanuvchiga bitta dasturda ishlaganda ikkinchisiga ishlashga oson ko’nikish hosil qilish imkonini beradi.



  • WINDOWS operatsion tizimida kompyuter tarmoqlaridan foydalanish juda qulay, masalan lokal kompyuter tarmog’ida ishlash uchun tarmoqli muhit (сетевое окружение) yorlig’ini ishlatish yetarli.



  • Foydalanuvchi interfeysining yagonaligi, ya’ni WINDOWS muhitida oddiydan tortib murakkabgacha dasturlarning barchasida muloqat oynalarining, menyularining, vositalar panelining va boshqalarning yagona ko’rinishga ega ekanligi va hokozo imkoniyatlar aytish mumkin.



  • Universal grafika-WINDOWS dasturlarining qurilmalarga va dastur ta’minotiga bog’liqsizligini ta’minlaydi.



  • Ma’lumotlar almashuvi- Windows dasturlararo ma’lumotlar almashish imkoniyatiga ega.



  • Windows muhitida electron pochta va faksdan foydalanish mumkin va hokozo.


Download 172.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling