Referat "Mustaqillik va din"
Islom dinining vujudga kelishi
Download 32.98 Kb.
|
Mustaqillik va din
Islom dinining vujudga kelishi. Islom vujudga kelishi arafasida Janubiy Arabiston e’tiqotida katta o'zgarishlar yuz berdi. Arabiston yarim orolining janubida ham, shimolida ham aksariyat aholi har xil but-sanamlarga sig'inardi, ya'ni ko'pxudolik e'tiqodida edi. Ammo arablarning butparastligi faqat totemizm, fetishizm kabi ibtidoiy, ilk din shakllari emas, balki uzoq yo'lni bosib o'tgan, nisbatan rivojlangan ko'pxudolik edi. Islom jahon dinlari ichida eng yoshi hisoblanadi. “Islom” – (arabcha - “boʼysunish”, “itoat etish”) – Аllohga til bilan imon keltirib, dil bilan tasdiqlash, uning koʼrsatmalariga boʼysunishni anglatadi.
Muhammad paygʼambar hayoti. Muhammad ibn Аbdulloh ibn Аbd al-Muttalib Аrabiston tarixida “fil voqeasi” nomi bilan mashhur jangdan 50 kun keyin tavallud topgani haqida ilk islom manbalarida xabar beriladi. Misrlik astronom Mahmud poshoning taʼkidlashicha, Paygʼambarning tavallud sanasi milodiy 570- yil 21 aprelga toʼgʼri keladi. Otalari Аbdulloh oʼz oʼgʼli Muhammad tugʼilmasidan oldin savdo ishi bilan Shomdan qaytayotib Yasribda (hozirgi Madina shahrida) vafot etgan. Onalarining ismi Omina bint Vahb boʼlib, Banu Zuhra urugʼidan edi. Manbalarda Paygʼambarning tavallud kunlarida turli moʼʼjizalar roʼy bergani haqida xabar beriladi. Ushbu hodisalar haqida koʼplab tarixchilar oʼz asarlarida rivoyatlar qoldirganlar. U kishining onalari homilador boʼlganida tushida “Sen butun insonlarning ulugʼiga homilador boʼlding, u dunyoga kelgach, ismini Muhammad qoʼygin” degan ovoz eshitdi. Shunga koʼra tugʼilgan paytlarida bobolari “Muhammad”, yaʼni “gʼoyat maqtovli” degan ismni qoʼydilar. Islom taʼlimotiga koʼra, Muhammad paygʼambar nomlari zikr etilganda “sallallohu alayhi vasallam” (qisqacha: s.a.v.: “unga Аllohning rahmat va salomi boʼlsin”) yoki “alayhis-salom” (qisqacha: a.s.: “unga salom boʼlsin”) iborasi hurmat yuzasidan aytiladi.. Аrablarda bola sogʼlom va ziyrak boʼlib oʼsishi uchun sahroyi ayollardan sut-ona topib emizish odati bor edi. Аna shu odatga koʼra, Muhammad (a.s.)ga Bakriy qabilasidan boʼlgan Halima ismli ayol sut-ona boʼldi. Rasulullohni toʼrt yildan ortiq vaqt ichida emizgan Halimaning oilasiga baraka yogʼilib turgan edi. Besh yoshli Muhammad oʼz onasi Omina bilan birgalikda Yasribga ota qabrini ziyorat qilish uchun boradilar. Bu safardan qaytib kelayotganlarida Аbvo degan joyda onalari Omina vafot etadi. Makkaga otalarining choʼrisi Ummu Аyman bilan birga yetib keladilar. Shundan soʼng Muhammadni sakkiz yoshgacha bobosi Аbdulmuttalib oʼz qoʼlida tarbiyaladi. Аbdulmuttalib oʼz nevarasi Muhammadni juda yaxshi koʼrar edi. Shuning uchun oʼzi hastalanib, oʼlim toʼshagida yotgan paytda oʼgʼillari orasida eng saxovatli va mehribon boʼlgan Аbu Tolibni chaqirib, Muhammadni oʼz qaramogʼiga olishni buyuradi. Otasi vafotidan soʼng amakilari Аbu Tolib oʼz otasining vasiyatiga binoan Muhammadni oʼz qarmogʼiga oldi. Paygʼambar yoshlik chogʼlarida ikki marta Shomga, bir marta Yamanga karvon bilan birga safarga chiqdilar. Shomga birinchi marta 12 yoshga toʼlganda, ikkinchi marta 25 yoshga, Yamanga 17 yoshga toʼlganda safar qildilar. 12 yoshga yetganda amakilari Аbu Tolib Shomga safarga otlandi. Eng yaqin kishisidan ayrilib qolish Muhammadga qattiq taʼsir qilib, maʼyus qolganini koʼrgan Аbu Tolib bolani birga olib ketishga jazm qildi. Ularning karvoni Shom yoʼlidagi Busro nomli mavzeda toʼxtadi. Yahudiylarning olimlaridan Buhayro ismli bir rohib uzoqdan karvonning kelishini kuzatib turar edi. Koʼrdiki, karvon bilan birga bir bulut ham kelayapti. Karvon bir daraxt ostiga toʼxtadi. Bulut ham oʼsha daraxt tepasiga qoʼndi. Buhayro darhol bir ziyofat tayyorladi. Аbu Tolibni sheriklari bilan ibodatxonaga taklif qildi. Muhammad (s.a.v.) haqidagi maʼlumotlarni bilib olish uchun bir necha savollar berdi. Olgan javoblaridan hayratlangan Buhayro Muhammadning ikki kuraklari oʼrtasidagi paygʼambarlik muhrini ochib koʼrdi. Shundan soʼng Аbu Tolibga Muhammadning porloq kelajak egasi ekanini bashorat qildi va uni ehtiyot qilishni uqtirdi. Islom dunyoda keng tarqalgan jahon dinlaridan biri. Osiyo qit'asidagi Eron, Pokiston, Afg'oniston, Turkiya kabi ko'pgina davlatlar, Arabiston yarim oroli, Iordaniya, Suriya, Afrika qit'asidagi Marokash, Jazoir, Tunis, Liviya, Misr Arab Respublikasi, Somali singari mamlakatlar xalqlari, Efiopiya, Sudan, Malayziya, Indoneziya xalqlari, Livan, Hindiston, Xitoy hamda Filippin aholisining ma'lum bir qismi, Yevropa qit'asida esa Bolqon yarim orolida yashovchi xalqlarning bir bo'lagi islomga e'tiqod qiladi. Islom Markaziy Osiyo, Zakavkazye va Shimoliy Kavkaz, Volgabo'yi, g'arbiy Sibir va boshqa ayrim rayonlarda yashovchi aholining bir qismi ongi va turmushida mavjud bo'lib, bu xalqlar turmush tarziga o'z ta'sirini ko'rsatib kelmoqda. Yer yuzida islomga e'tiqod qiluvchilar, ya'ni musulmonlar qariyb 1,5 milliardga yetadi. XIX asr dastlabki yillaridan islom dini tarqalgan mamlakatlar iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy hayotida katta tarixiy o'zgarishlar yuz bera boshladi. Bu o'zgarayotgan yangi sharoitlarga diniy-falsafiy, huquqiy normalarning XIX asr yarmidan boshlangan moslashuvi fanda "Islomiy islohotlar" nomini oldi. Lekin bu jarayon haddan tashqari cho'zilib ketdi va ko'p sohalarda ziddiyatli hollarni keltirib chiqardi. Ular orasida panislamizm va musulmon jamoalarining boshqa konfessiyalardan ajratish g'oyasini aytishimiz mumkin. XX asrga kelib dunyoda islom omilining ta'siri kuchaydi. Bunga sabab qilib, bir tomondan, dunyoda bu dinga e'tiqod qiluvchilarning soni ko'payib borayotganligi ko'rsatilsa, ikkinchi tomondan, turli rasmiy va norasmiy islomiy tashkilotlar faoliyatlarining kuchayishini ko'rsatish mumkin. XIX asrning boshlarida Misrda boshlangan mustamlakachilikka qarshi g'oyaviy kurashlar panarabizm (arab birligi) g'oyasini keltirib chiqardi. XIX asrning ikkinchi yarmida esa bu g'oya panislomizm bilan almashdi. Panislomizm g'oyasini birinchi bo'lib ilgari surgan kishi Jamoliddin al-Afg'oniy (1839-1897) hisoblanadi. U diniy-siyosiy arbob bo'lib, 1884 yili Parijda Muhammad Abduh (1849-1905) bilan birgalikda "al-Urvat al-vusqo" jurnalini nashr etdi va unda panislamizm g'oyalarini targ'ib qila boshladi. Afg'oniyning g'oyalarini keyinchalik "Musulmon birodarlar" radikal shakllarida rivojlantirildi. "Musulmon birodarlar" ("al-Ixvon al-muslimun") - 1928 yili Misrning Ismoiliya shahrida Misrlik shayx Hasan al-Banno tomonidan tashkil etilgan diniy-siyosiy tashkilotdir. Hasan al-Banno Jamoliddin al-Afg'oniy, Muhammad Abduh, Rashid Rizo asarlaridan ta'sirlanib, panislomizm g'oyasi bilan "jihod", "islomiy millatchilik", "islomiy davlat" ta'limotlarini ishlab chiqdi. "Musulmon birodarlar" bu ta'limotlar asosida islom dini tarqalgan mamlakatlarda Qur'on va shariatda ifodalangan qoidalarga to'liq rioya qiluvchi, "islomiy adolat" prinsiplari o'rnatilgan jamiyat qurish uchun siyosiy kurashni boshlab yubordi. Tashkilotning asosiy maqsadi islom dinini afsonalardan tozalash, omma orasida islom ta'limotlarini keng yoyish va mamlakatni inglizlardan ozod qilish edi. O'zbekiston mustaqillikka erishganidan so'ng Misr Arab Respublikasi bilan mamlakatimiz orasida do'stona aloqalar yanada mustahkamlanib bormoqda. Yurtimiz dunyoga yuz tutgan bir paytda boshqa davlatlar qatori Misr Arab Respublikasi bilan ham diplomatik aloqalar o'rnatildi. Toshkentda Misr elchixonasi ochildi. 1995 yil 1 sentabri - O'zbekiston mustaqilligining 4 yillik bayrami bilan bir vaqtda Qohirada O'zbekiston elchixonasining tantanali ravishda ochilish marosimi bo'ldi. Toshkentda Misr elchixonasi qoshida Misr madaniyat markazi o'z faoliyatini davom ettirmoqda. Mamlakatimiz fuqarolari bu yerda Misr madaniyati, tarixi, uning erishgan yutuqlari haqida o'zlarini qiziqtirgan ma'lumotlarni olishlari mumkin. Hadislarning yozma holatga keltirilmaganligiga yana bir asosiy sabab, payg’ambarning Qur’on bilan chalkashib ketmasligi uchun ularni yozishdan ta’qiqlaganliklari bo’ldi. Lekin payg’ambar a.s. bir guruh sahobalarga hadislarni yozishga ruxsat berganlar, shuningdek, ba’zi bir shaharlarga yuborgan maktublarida ham hadislarning yozma holatini uchratishimiz mumkin.
Download 32.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling