Referat "Mustaqillik va din"


Muhammad ‘alayhissalomning hadislaridan birida


Download 32.98 Kb.
bet3/4
Sana02.01.2022
Hajmi32.98 Kb.
#184499
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
Mustaqillik va din

Muhammad ‘alayhissalomning hadislaridan birida: “Ey ummatlarim! Men sizlar uchun Qur’on-i karim bilan o’zimning sunnatim — yo’l-yo’riqlarimni qoldirdim. Sizlar shu ikkalasini qattiq tutib, (ularga) amal qilsalaringiz, to’g`ri yo’ldan aslo adashmaysizlar”, deyiladi.

Hozirgi davrda Islom. Saudiya Arabistoni - islom muqaddas yerlarining vatani bo'lib, mustaqil islom davlatidir. Davlat dini - islom, mamlakat konstitusiyasi - Allohning kitobi va payg'ambar sunnasidir. Mamlakatni boshqarish shakli monarxiyadir. Uning negizida "adolat, tenglik va kengash" degan so'zlar yotadi. Davlatning iqtisodiy va ijtimoiy asosini xususiy mulk, boylik (kapital) va mehnat tashkil qiladi. Davlat xususiy mulkning daxlsizligiga kafolat beradi. Davlat ijtimoiy ta'minot tizimini qo'llab-quvvatlaydi va xayriya ishlariga katta e'tibor beradi.

Ikki buyuk muqaddas joy - Makka va Madinaning Saudiya Arabistoni yerlarida joylashishi uning musulmon olamida obro'-e'tiborining baland bo'lishida birinchi omildir. Islom nufuzining ortishida ommaviy axborot vositalarining roli katta bo'ldi. Mamlakatning katta-katta shaharlarida hojilarni qabul qilish uchun yangi avtomobil yo'llari, aeroport, mehmonxonalar qurildi.

Islomning tasavvuf yo`nalishidagi ta`limoti mazmun-mohiyatida ma`naviy yetuk, komil inson – nafs ehtiyojlariga tobe bo`lmagan, aqlni ustun qo`yuvchi, fayzu karomatga boy, ezgulikka intiluvchi, rahmdil, 
Hozirgi vaqtda mintaqa xalqlari hayoti va kishilarning ma`naviy – axloqiy qarashlari shakllanishida islom dinining o`rni va ahamiyatining o`sishi haqida fikr yuritilsa, islom falsafasida ma`naviy-ma`rifiy, ahloqiy omil jamiyat rivojida yetakchi o`ringa qo`yiladi. Shuning uchun mintaqamizda islom ma`naviyati va ma`rifati milliy qadriyatlarimiz bilan yashaydigan Turon zamin xalqlarining dunyoqarashi, e`tiqodi, ibodati, ma`naviy-ahloqiy hayoti, ijtimoiy va insoniy munosabatlarda islom tarbiyasi ijobiy inqilob yasab, yangi davrni boshlagan ma`naviy omil hisoblanadi. Bu g`oyalar Qur`oni Karim va Hadisi Sharifda yaqqol namoyon bo`ldi.

Mustaqillik tufayli o`zligimizni anglayotgan, an`anaviy qadriyatlarimizni qayta tiklayotgan hozirgi vaqtda g`urur bilan bemalol aytishimiz mumkinki, ota-bobolarimiz dini, imoni, e`tiqodi, vijdoni bo`lib kelgan islom dinimiz o`ziga xos o`zbekona urf-odatlar bilan o`yg`unlashib ketgandir. 


Shu nuqtai nazardan birinchi prezidentimiz I. Karimov islom dinini xalqimiz ma`naviyati va ma`rifatini yuksalishiga katta hissa qo`shib kelgan, milliy va umuminsoniy qadriyat sifatida ta`riflab, «O`zbekistonning siyosiy – ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari» nomli asarida islom dini ota-bobolarimiz dini, ahloqi, diyonati hamda ma`rifati ekanligini unutmaylik. U quruq aqidalar yig`indisi emas. Ana shu ma`rifatni kishilarimiz jon-jon deb qabul qiladilar va yaxshi o`gitlarga amal qiladilar. Mehr-oqibatli, nomusli, oriyatli bo`lishga, izzat-ehtirom tushunchalariga rioya etishga harakat qiladilar» deb yozadi.

Download 32.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling