Referat oits infeksiyasi 2023 yil oiv kilinikasi


Download 92.04 Kb.
Sana08.03.2023
Hajmi92.04 Kb.
#1251118
TuriReferat
Bog'liq
OIV klinikasi


OHANGARON SHAHAR TIBBIYOT BIRLASHMASI

Tug’ruq bo’limi navbatchi hamshira Erimbetova Maxbuza Niyazovna

REFERAT


OITS infeksiyasi

2023 yil
OIV kilinikasi

OIV infeksiyasi bu og'ir. uzoq kechuvchi. hozirgi kunga qadar samarali davolash usuli topilmagan, bemorning oxir-oqibatda halok bo'lishi bilan yakunlanuvchi kasallikdir. Amalga oshirilayotgan antiretovirusli davo va opportunistik kasalliklarni davolash bemorning umrini uzaytiradi va hayot sifatini biroz yaxshilaydi. xolos. Kasallikning klinik manzarasini quyidagi reja b o ‘yicha ko'rib chiqish maqsadga muvofiq bo'ladi:


1. Ushbu infeksion jarayon haqida umumiv tushuncha.
2. Organizmda infeksiyaning o'tkir boshlanishining klinik manzarasi.
3. Kasallik kechishining bosqichlari klassifikatsiya bo'yicha.
4. OITS indikatorli kasalliklar.
5. Infeksiyaning rivojlanish dinamikasi va unga olib keluvchi omillar.
6. Infeksiyaning bolalarda kechishi.
Infeksion jarayonning kechishi haqida umumiv tushuncha shundan iboratki, dastlab kasallikning yuqishi amalga oshadi. keyin infeksiyaning latent davri boshlanadi. undan so'ngra virusli infeksiyaning birlamchi o'tkir klinikasi namoyon bo'ladi. so'ngra kasallikning laboratoriya tekshirish usullarida aniqlash mumkin bo'lgan belgilari (qonda antitanachalarning aniqlanishi. viremiya. antigenemiya) yuzaga chiqadi. keyin esa kasallikning klinik belgi lari kuchavib borib. sof OITS rivojlanadi va bemorning halok bo'lishi bilan yakunlanadi. Kasallikning yuqishi yuqorida ta'kidlanganidek. jinsiy aloqa orqali. qon va uning hosilalarini quyganda. parenteral (ko'pincha nosteril shprislar orqali. ammo jarrohlik amaliyoti paytida, stomatologlar tomonidan tishni davolash muolajalari paytida yu48 www.ziyouz.com kutubxonasi qishini ham inkor etib boTmaydi) yo'l bilan va vertikal (platsenta orqali yoki tugMsh paytida, bundan tashqari bemor onaning sutini emish orqali) yo'l bilan amalga oshadi. Adabiyotlarda shikastlangan teriga yoki shilliq qavatlarga qon yoki boshqa biologik suvuqliklar sachraganda \ uqish hollari keltirilgan. ammo bunday usulda yuqishlar juda kam uchraydi. shuning uchun ortiqcha ahamiyatga ega emas, lekin bolalarda, ayniqsa. demensiya alomatlari kuzatilgan bemor bolalardan boshqa sogMom bolalarga shu usulda yuqib qolishxavfini inkor etmaslik kerak, chunki bolalar o'ynayotgan, bir birlari bilan muloqotda bo'layotgan paytda har qanday holat bo'lishi mumkin. Kasallikning latent davri yoki inkubatsion davri kasallikni yuqtirib olingandan keyin to hozirgi zamonaviy usullar bilan kasallikni aniqlash imkoniyati mumkin bo'lgan paytgacha davom etadi, ko'pincha bu davr 2-8 haftani (o'rtacha 3-6 hafta) tashkil etadi, ammo adabiyotlarda bu davrning 10 oygacha davom etganligi haqida ma'lumotlar bor (V. 1. Pokrovskiy maMumotiga ko'ra. 1.5 yil va undan ortiq bo'lishi mumkin). Bu davr o'tkir serokonversion sindrom (yoki retroviral sindrom) bilan yakunlanadi, uni o'tkir OIV infeksiyasi, o'tkir harorat (isitma) fazasi deb ham ataladi. Shundan keyin yuzaga chiqadigan kasallikning klinik alomatlarsiz davrining davomiyligi, Jahon Sog'liqni Saqlash Tashkiloti (JSST) ma'lumotiga ko'ra 10 yilgacha bo'lishi mumkin, ammo adabiyotlarda kasallik yuqqandan keyin 2 oydan so'ng sof OITS rivojlanganligi haqida ma'lumotlar ham bor. Bu davrdan keyin esa kasallikning klinik alomatlari yuzaga chiqqan davri boshlanadi va endi u to'xtovsiz ravishda rivojlanib, oxiri terminal fazasiga, va'ni OlTSga olib keladi va bemorning halok bo'lishi bilan yakunlanadi. OIV infeksiyasi uchun bosqichma-bosqich kechish. retsidivlarning remissiyalar bilan almashinishi, kasallikning klinik alomatlari va laboratoriva belgilarining to'xtovsiz ravishda tobora og'irlashib borishi xosdir.
Download 92.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling