Referat o’qituvchi: Achilov. U toshkent 2022 r e j a
-rasm. 2021-yilda O'zbekistonda
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
53-02
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Byudjet muassasalari buxgalteriya balansining tarkibiy tuzilishi tahlili
1-rasm. 2021-yilda O'zbekistonda
YaIM hajmining hududlar kesimida taqsimoti (foizda) 1 Yuqoridagi 1-rasmda 2021-yilda O’zbekistondagi yalpi ichki mahsulotning hududlar kesimidagi taqsimoti aks etgan. Rasmdan ko’rinadiki mazkur yilda yaIM ning 19 foiz hissasi Toshkent shahriga to’g’ri kelgan, ikkinchi va uchinchi o’rinlarda mos ravishda Toshkent (13%) va Navoiy (9%) viloyatlari egallagan. YaIMning eng kam hissasi Sirdaryo (2%), Xorazm (4%), Jizzax (4%) hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi (4%) ni tashkil etgan. Buning asosiy sabablari sifatida Toshkent shahri mamlakatning iqtisodiy, infratuzilmaviy va sanoat jihatdan eng rivojlangan regionidir. Toshkent viloyati esa iqtisodiy jihatdan eng sanoatlashgan regiondir, xususan, mamlakatdagi eng yirik sanoat korxonalarining aksariyati shu hududda joylashgan. Navoiy viloyati mamlakatdagi hududiy jihatdan eng katta va tabiiy qazilma boyliklarining katta ko’lami shu hududda joylashgan, shu sabbali ham mazkur regionlarga YaIM ning eng salmoqli hissasi to’g’ri keladi. 1 Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari asosida talaba tomonidan tayyorlandi 4. Byudjet muassasalari buxgalteriya balansining tarkibiy tuzilishi tahlili Balans (1-shakl)ni tuzishdan oldin barcha mavjud memorial order-lar bilan rasmiylashtirilgan buxgalteriya provodkalarini dastlabki hujjatlarga muvofiq holda to’g’ri tuzilganligi hamda «Bosh-jurnal kitobi» (308-shakl)ga to’g’ri yozilganligi, subschyotlar bo’yicha oylik aylanmalar va hisobot davri oxiriga «Bosh-jurnal kitobi» (308-shakl) bo’yicha qoldiqlar to’g’ri hisoblanganligi tekshirib chiqiladi. Hisobot davri oxiriga «Bosh- jurnal kitobi» (308-shakl)dagi chiqa-rilgan qoldiqlar balansning «Yil (chorak) oxiriga» ustuniga ko’chirib yoziladi. Debitor va kreditor qarzlarni hisobga oluvchi subschyotlarda debitorlar va kreditorlar summalari o’zaro hisobga olmagan holda, ya’ni, mavjud debitorlar balansning aktiv qismida, kreditorlik qarz esa, passiv qismida ko’rsatiladi. Debitorlik va kreditorlik qarzlari to’g’risidagi ma’lumotlarni aks ettirishda Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to’g’risidagi yo’riqnoma (ro’yxat raqami 2169, 2010 yil 22 dekabr) (O’zbe-kiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2010 y., 51-son, 502-modda) bilan tasdiqlangan 285-son shakldagi aylanma qaydnoma va boshqa tegishli hisob registrlari ma’lumotlaridan foydalaniladi. «Yil boshiga» ustuni bo’yicha ko’rsatkichlar o’tgan hisobot yili balansining «Yil (chorak) oxiriga» ustuni bo’yicha ko’rsatkichlarga aynan bir xil holda ko’chiriladi. Agarda, tashkilot hisobot yilining 1 yanvaridan keyin tashkil topgan bo’lsa, u holda balansning ushbu «Yil boshiga» ustuni to’ldirilmaydi. Balansning aktiv qismidagi «Yil (chorak) oxiriga» ustuni bo’yicha: 1- Asosiy vositalar va boshqa uzok muddatli nomoliyaviy aktivlar» paragrafining «Asosiy vositalar: Boshlang’ich (qayta tiklash) qiymati» qatorida tashkilotlarning hisobot davri oxiriga mavjud barcha asosiy vositalari, shu jumladan, ijaraga berilganlari ham dastlabki (tiklanish) qiymati bo’yicha aks ettiriladi. Qayta baholash natijalari bo’yicha aniqlangan asosiy vositalarning tiklanish qiymati yillik va choraklik balanslarda «Yil boshiga» ustunida kasr chizig’i bilan (maxrajida) aks ettiriladi;«Eskirish summasi» qatorida asosiy vositalarning balans tuzilgan hisobot davri oxiriga hisoblangan eskirish summasi aks ettiriladi; «Qoldiq (balans) qiymati» qatorida asosiy vositalarning dastlabki (tiklanish) qiymati bilan eskirish qiymati o’rtasidagi farq (010-qatorda aks ettirilgan asosiy vositaning dastlabki (tiklanish) qiymatidan 011-qatorda aks ettirilgan eskirish summasini ayirmasi) aks ettiriladi; «Nomoddiy aktivlar» qatorida tashkilotning hisobot davri oxiriga mavjud nomoddiy aktivlarining qiymati ko’rsatiladi; 2- Noishlab chiqarish aktivlari» qatorida ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lmagan kapital xarajatlar, jumladan, erni obodonlashtirish bo’yicha xarajatlar (040-subschyot) aks ettiriladi; 3- Tovar-moddiy zaxiralar» qatorida hisobot davri oxiriga mavjud bo’lgan tayyor mahsulot, qurilish materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon va yarani boglash vositalari, inventar va xo’jalik jihozla-ri, yonilg’i, yoqilg’i-moylash materiallari, mashina va asbob- uskunalarning ehtiyot qismlari va boshqa tovar-moddiy zaxiralari qoldiq summalari ko’rsatiladi, balansdan tashqari 10 «Foydalanishdagi inventar va xo’jalik ji-hozlari» va 12 «Eskirganlarining o’rniga berilgan transport vositalarining ehtiyot qismlari» schyotlarida aks ettirilgan tovar-moddiy zaxiralarning qoldiqlari bundan mustasno; 4- Nomoliyaviy aktivlarga qo’yilmalar» qatorida o’rnatish uchun mo’ljallangan asbob- uskunalar, tugallanmagan qurilish, asosiy vositalar-ga boshqa xarajatlar, nomoddiy aktivlarga boshqa xarajatlar, tovar (ish, xizmat)larga xarajatlar va tovar-moddiy zaxiralarga boshqa xarajatlarni hisobga oluvchi subschyotlarning «Bosh-jurnal kitobi» (308-shakl) bo’yicha hisobot davrining oxiriga qoldiq summasi aks ettiriladi; «Moliyaviy aktivlar» bo’limida mavjud hisobvaraqlardagi pul mablaglari, akkreditivlar, kassadagi nakd pul qoldiqlari va boshqa pul mablaglarining, shuningdek g’aznachilik bo’linmalaridagi shaxsiy hisobvaraqlardagi pul mablag’larining qoldiq summalari aks ettiriladi; «Debitorlar» bo’limida yil (chorak) oxiriga barcha hisob-kitoblar bo’yicha qoldiq summalar (debitorlik qarzlar) aks ettiriladi. Balansning passiv qismidagi «Yil (chorak) oxiriga» ustuni bo’yicha: «Kreditorlar» bo’limida yil (chorak) oxiriga barcha hisob-kitoblar bo’yicha qoldiq summalar (kreditorlik qarzlar) aks ettiriladi; «Moliyaviy natijalar» bo’limida tashkilotning joriy yilga moliyaviy natijalari (300 - 343 qatorlar), shuningdek yakuniy moliyaviy natijala-ri (350 - 356 qatorlar) har bir daromad (tushum)larning turlari bo’yicha alohida holda aks ettiriladi. Bunda, joriy yilga moliyaviy natijalar (300 - 343 qatorlar) bo’yicha ko’rsatkichlar yillik balansda aks ettirilmaydi. «Balansdan tashqari schyotlar» bo’limida hisobot davri oxiriga aks ettirilgan balansdan tashqari schyotlar summasi ko’rsatiladi. Balans (1-shakl) tashkilotlar tomonidan har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar topshiriladi, mazkur Qoidalarning 146-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno. Balansni to’g’ri tuzish bo’yicha talablarining bajarilishi ustidan nazorat O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va hududiy moliya organlari tomonidan qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. Tashkilotlarning rahbarlari va bosh hisobchilari balans ma’lumotlarining to’liqligi, to’g’riligi hamda o’z vaqtida taqdim kilinishi yuzasidan javobgardirlar. XULOSA Byudjet tashkilotlarida nazoratni tashkil qilish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 15 noyabrdagi 393-son qarorida taftish va tekshirishni asosiy vazifalari aniqlangan. Byudjet mablag’larini kelib tushishi va sarflanishi, byudjetdan tashqari mablag’lardan foydalanish, davlat mulki bo’lgan mulkdan, daromadlarni taftish hamda tekshirish rejali tartibda, rejadan tashqari tartibda amalga oshiriladi. Byudjet tashkilotlarida nazoratni tashkil qilish va o’tkazish bo’yicha nazorat taftish bosh boshqarmasi va nazorat taftish boshqarmasi taftishchilar ishi ustidan uslubiy rahbarlik hamda nazoratni amalga oshiradi, amaliy yordam ko’rsatadi. Taftish va tekshiruvlarni o’tkazish muddati, taftish guruhi tarkibi, har bir taftish va tekshiruvni aniq vazifasidan, taftish qilinayotgan tashkilotning xususiyatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Byudjet tashkilotlarida taftish va tekshiruvlarni o’tkazish muddati – 30 kungacha qilib belgilangan. Birinchi marta belgilangan muddat taftish guruhi rahbari (taftishchi) tomonidan asoslansa, u holda muddati uzaytirilishi mumkin. Taftishda o’tgan 3 kalendar yili moliyaviy faoliyatini, oldingi taftish o’tgandan keyingi davrni o’z ichiga oladi. Byudjet tashkilotlari taftish va tekshirilayotganda xarajatlar smetasini bajarilishi taftish qilinadi, bunda kassa va g’aznachilikda ochilgan har bir schyot bo’yicha operatsiyalar bilan bog’liq hujjatlar, o’tgan taftishdan keyingi davrdan hozirgi taftishgacha bo’lgan davr, agar suiiste’molchiliklar aniqlansa, undan ko’proq davrni o’z ichiga olishi mumkin. Byudjet tashkilotlaridagi mavjud reja, hisobot, statistik ma’lumotlar hamda materiallar batafsil o’rganiladi. Taftish va tekshirishga kirishdan oldin taftish guruhi rahbari o’zining vakolati doirasida tegishli moliya va g’aznachilik organlari rahbarlariga taftish va tekshirish belgilanganligi to’g’risida axborot beradi. Buxgalteriyani taftish va tekshiruv o’tkazishda guruh rahbari markazlashgan buxgalteriya to’g’risidagi nizom va uning tarkibi, uning shtati, tashkilotning xarajatlar smetasi bo’yicha umumiy summasi bilan tanishib chiqadi. Bundan tashqari, buxgalteriya xodimlari o’rtasida xizmat vazifalarini taqsimlanishi va hujjatlar aylanishi bilan tanishadi. Shundan keyin taftish va tekshirishlar ishchi rejasi tuziladi va unda aniq muddatlar va ishning taqsimlanishi amalga oshiriladi. Ishchi reja tuzilayotganda markazlashgan buxgalteriya ishlari funktsional belgilari bo’yicha taqsimlanishini hisobga olish tavsiya qilinadi. Taftishchi tekshirish jarayonida moddiy javobgar shaxsining ishtirok etishini ta’minlashi, bajarilgan ishlar xajmini nazorat o’lchovini amalga oshiradi, nusxa va namunalar olinadi hamda ular asosida moddiy javobgar shaxs tekshiriladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1. O’zbekiston Respublikasining “Buxgaltetriya hisobi to’g’risida”gi Qonuni. 2016 y. 13 aprel 2. “Buxgalteriya hisobida xujjatlar va xujjatlar aylanuvito’g’risidagi Nizom” O’z.R AV. tomonidan2004 yil14 yanvarda№1297-sonbilanro’yxatdano’tgan. 3. “O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetida turuvchi tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tuzish, ko’rib chiqish, tasdiqlash va ro’yxatdan o’tkazish tartibi to’g’risida” Nizom O’z.R AV. tomonidan 2010 yil 19 noyabrda № 2157-son bilan ro’yxatdan o’tgan. 4. “Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Yo’riqnoma O’z.R AV. tomonidan 2010 yil 22 dekabrda № 2169-son bilan ro’yxatdan o’tgan; Internet saytlari: - www.ziyonet.uz (Ta`lim portali) - www.lex.uz (O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi) - www.mf.uz (O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi sayti). Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling