Referat o’qituvchi: Toshkent 2022 reja: Kirish
Byudjet va byudjetdan tashqari jamg’armalar bilan hisoblashuvlar hisobi
Download 222.11 Kb.
|
referat doston
- Bu sahifa navigatsiya:
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
3. Byudjet va byudjetdan tashqari jamg’armalar bilan hisoblashuvlar hisobi.
Byudjet tashkilotlari tomonidan qonunchilikka muvofiq byudjet bilan, shuningdek,byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ajratmalarga doir, jamg‘arib boriladigan pensiya tolovlari bo‘yicha va boshqa byudjetdan tashqari jamg‘armalar bilan hisob-kitoblar olib boriladi. Davlat maqsadli jamg‘armalari va boshqa byudjetdan tashqari jamg‘armalarga byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi, Respublika yo‘l jamg‘armasi, ta’lim hamda tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi va boshqa jamg‘armalar kiradi. Byudjet bilan soliqlar va boshqa to’lovlar bo‘yicha hisoblashuvlami amalga oshiradi. Ma’lumki, 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-sentabrdagi 414-sonli “Budjet tashkilotlarini mablagmbilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 2015-yil 1-yanvargacha byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag'lari davlat byudjetiga undiriladigan soliqlar va yig‘imlaming barcha turlaridan ozod qilinishi, bo‘shab qolgan mablaglar moddiy-texnika va ijtimoiy bazani mustahkamlashga, shuningdek, ulaming xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga maqsadli yo‘naltirilishi belgilangan. Shuning uchun byudjet tashkilotlarida soliqlar bo‘yicha faqat xodimlrni ish haqidan qonunchilikda belgilangan miqdorda daromad solig‘i ushlanmalari amalga oshiriladi va budjetga o‘tkazib beriladi. Lekin buxgalteriya hisobida soliqlar bo‘yicha imtiyozlar hisobi alohida aks ettiriladi. Majburiy ajratmalar bo‘yicha yagona ijtimoiy to‘lov qonunchilikda belgilangan tartibda hisoblanadi va o‘tkazib beriladi. Xodimlami ish haqiga nisbatan belgilangan tartibda shaxsiy jamg‘arib boriladigan Pensiya hisobvaragi badallari Xalq banki bo’limlarida ochilgan shaxsiy hisobvaraqlarga olkazilib boriladi. Bundan tashqari xodimlaming ish haqiga nisbatan Pensiya jamg‘armasiga ushlanma (badal) amalga oshirilib olkazib beriladi. Shuningdek, Pensiya jamg‘armasi mablag’lari hisobidan xodimlarning ijtimoiy to’lovlarini (qonunchilikda belgilangan miqdorda ishlovchi xodimlarga nafaqalar va boshqalar) qoplash uchun ajratiladigan mablag’lar bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi bilan hisoblashuvlar amalga oshiriladi. Bulardan tashqari, qonunchilikda belgilangan tartibda Davlat maqsadli jamg‘armalari (Respublika yol jamg‘armasi va boshqalar) bilan hisoblashuvlar amalga oshirilib hisoblangan ajratmalar imtiyoz ko‘rinishida aks ettiriladi. Byudjet va byudjetdan tashqari jamg‘armalarga hisoblangan majburiy ajratma va ushlanmalar bo‘yicha buxgalteriya ma’lumotnomalari, raschyotlari tuzilib 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob- kitoblar daftarida (kartochkasi) aks ettiriladi va bir vaqtni o‘zida tegishli buxgalteriya yozuvlari berilib tegishli memorial order - jamlanma qaydnomalariga tushiriladi. Memorial order - jamlanma qaydnomalar asosida 308-son shakldagi Bosh jurnal kitobi va hisobot shakllari toldiriladi. Buxgalteriya hisobida yuqorida keltirib o‘tilgan byudjet va byudjetdan tashqari jamg‘armalarga majburiy ajratmalar, ushlanmalar va boshqalar bo‘yicha hisoblashuvlar hisobi kiradi. 16 “Byudjet va byudjetdan tashqari jamg‘armalar bilan hisob- kitoblar” schyotida quyidagi subschyotlarga bo‘lingan holda yuritiladi: 160 “Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha byudjet bilan hisob-kitoblar”; 161 “Yagona ijtimoiy to‘lov bo'yicha hisob-kitoblar”; 162 “Shaxsiy jamg‘arib boriladigan Pensiya hisobvarag‘I badallari bo‘yicha hisob-kitoblar”; 163 “Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bilan hisob-kitoblar”; 169 “Boshqa byudjetdan tashqarijamg‘armalar bilan hisob-kitoblar”. 160 “Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha byudjet bilan hisob-kitoblar” subschyotida byudjet bilan quyidagilar bo‘yicha qilinadigan hisob- kitoblar hisobi yuritiladi: ish haqi va boshqa to’lovlardan ushlab qolingan soliqlar, aybdor shaxs hisobiga olib borilgan va budjetga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan kamomadlar summalari, moddiy qimmatliklami sotishdan tushgan va qonunchilikka ko‘ra byudjet daromadiga o‘tkazilishi kerak boigan summalar va boshqa byudjet bilan hisob-kitoblar aks ettiriladi. Bu subschyotning kredit tomonida hisoblangan soliqlar summasi, debet tomonida hisoblangan soliqlami o‘tkazilishi yoki hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.Byudjetga to’lovlar bo‘yicha byudjet bilan hisob-kitoblar buxgalteriya o‘tkazmalarida quyidagicha aks ettiriladi. Analitik hisob har bir hisob-kitoblar turlari bo'yicha 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftarida (kartochkasi)da olib boriladi. 161 “Yagona ijtimoiy to‘lov bo‘yicha hisob-kitob subschyotida mehnatga haq to‘lash jamg‘armasidan hisoblangan yagona ijtimoiy to‘lovlaming hisobi olib boriladi. Bu schyotning kredit tomonida belgilangan tartibda xodimlaming ish haqiga nisbatan hisoblangan yagona ijtimoiy to‘lov summasi, debet tomonida hisoblangan yagona ijtimoiy to‘lov summasining o‘tkazib berilishi aks ettiriladi. 161“Yagona ijtimoiy to‘lov bo‘yicha hisob-kitoblar” subschyot bo‘yicha analitik hisob 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftarida (kartochkasida) olib boriladi. 162 “Shaxsiy jamg‘arib boriladigan Pensiya hisobvarag‘i badallari bo‘yicha hisob-kitoblar” subschyotida tashkilotlar xodimlarining jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlari bo‘yicha badallari hisobi yuritiladi. Bu subschyotning kredit tomonida xodimlar ish haqiga nisbatan hisoblangan shaxsiy jamg‘arib boriladigan Pensiya hisobvarag‘i badallari summasi, debet tomonida hisoblangan badallami o‘tkazib berilishi aks ettiriladi. Analitik hisob har bir shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga majburiy badallarni o‘tkazuvchi xodimlar bo‘yicha alohida holda yuritiladi. 163 “Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bilan hi kitoblar” subschyotida tashkilotlaming xodimlariga hisoblangan ish haqlaridan byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ajratma qilinadigan badallari, qonunchilikka muvofiq sotilgan mahsulot (ish, xizmat)laming haqiqatdagi hajmidan majburiy ajratmalaming hisobi, shuningdek, davlat ijtimoiy sug‘urtasi va boshqa byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladigan to‘lovlar bo‘yicha byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bilan olib boriladigan hisob-kitoblari hisobi yuritiladi. Bu schyotning kredit tomonida xodimlariga hisoblangan ish haqlaridan byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga hisoblangan badallar qonunchilikka muvofiq sotilgan mahsulot (ish, xizmat)larning haqiqatdagi hajmidan Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalar summasi, shuningdek, Pensiya jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladigan to‘lovlaming kelib tushishi aks ettiriladi. Debet tomonida Pensiya jamg‘armasiga hisoblangan badallar va ajratmalaming o‘tkazib berilishi va Pensiya jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladigan to‘lovlarning hisoblanishi aks ettiriladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI1. Normativ-huquqiy hujjatlarO‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi “Xalq so‘zi” gazetasi, 1992 yil 15 dekabr, 243 (494)-son (o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan); O‘zbekiston Respublikasining Byudjet Kodeksi. //O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013 y., 52-I-son (o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan); O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 9.12.2019 yildagi “2020 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-589-son Qonuni,“Xalq so’zi” gazetasida e’lon qilingan va 10.12.2019 yildan kuchga kirgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasida loyiha boshqaruvi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5120 sonli Farmoni; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-avgustdagi “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat va korporativ xaridlarini amalga oshirishning zamonaviy shakl va uslublarini yanada joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-3237 sonli Qarori; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametlari to‘g‘risida”gi PQ-2455 sonli qarori // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018 y., 06/18/5428/1158-son, 04.01.2019 y., 07/18/4088/2412-son; 7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 27-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2017-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametlari to‘g‘risida”gi PQ-2699-sonli qarori // Национальная база данных законодательства, 30.09.2017 г., № 06/17/5197/0045; 30.09.2017 8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga byudjet moʻljallari toʻgʻrisida”gi PQ-4086-sonli qarori, Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 28-fevraldagi “Davlat byudjetining g‘azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-594-sonli qarori, Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.11.2017-y., 06/17/5228/0210-son; O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirining “O’zbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetlarining g’azna ijrosi qoidalarini tasdiqlash haqida”gi 88sonli buyrug’i. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2018 y., 10/18/2850-2/1918-son Download 222.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling