Referat o’qituvchi: Toshkent 2022 reja: Kirish
Byudjet tashkilotlarida debitorlik va kreditorlik majburiyatlar hisobini tashkil etish
Download 222.11 Kb.
|
referat doston
1.Byudjet tashkilotlarida debitorlik va kreditorlik majburiyatlar hisobini tashkil etish.
Byudjet tashkilotlari tomonidan daromadlar va xarajatalar smetalarini ijrosini amalga oshirish jarayonida jismoniy va yuridik shaxslar bilan hisoblashuvlarni amalga oshiradi. Bu hisoblashlarning pirovard natijasi debitorlik va kreditorlik majburiyatlar bo‘yicha hisoblashuvlarni yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Debitorlik majburiyat – bu boshqa korxonalarni, (xaridorlarga sotilgan mahsulot (ish va xizmatlar), mol yetkazib beruvchilarga oldindan to‘langan mablag‘lar va boshqalar bo‘yicha), byudjet, byudjetdan tashqari jamg‘armalarni (soliqlar, majburiy ajratma va ushlanmalar bo‘yicha oldindan to‘langan mablag‘lar bo‘yicha) xodimlarni (hisobini berish sharti bilan olingan mablag‘lar va boshqalar bo‘yicha) tashkilot oldidagi qarzdorligidir. Kreditorlik majburiyat– bu tashkilotning boshqa korxonalardan (xaridorlarga sotilgan mahsulot (ish va xizmatlar) uchun olingan avanslar, mol yetkazib beruvchilardan olingan mahsulot(ish va xizmatlar) va boshqalar bo‘yicha), byudjet, byudjetdan tashqari jamg‘armalardan (soliqlar, majburiy ajratma va ushlanmalar bo‘yicha), xodimlardan (ish haqi va unga tenglashtiriladigan to‘lovlar va boshqalar bo‘yicha) qarzdorligidir. Kreditorlik majburiyatlari qarshi tomonga korxonaning to’laydigan majburiyatlarini xarakterlaydi. Biz yuqorida uning tarkibiga nimalar kirishini va ularning yuzaga kelish sabablarini tarkiblab o’tgan edik. Kreditorlik majburiyatlarining yuzaga chiqishining asosiy sababi sifatida bevosita debitorlik majburiyatlarining vaqtida kelib tushmasligini ham tarkiblash mumkin. Kreditorlik majburiyatlarining tarkibi tahlilida qarzdor bo’lgan tomonlar bo’yicha majburiyatlarning qatorlanishi, ularni to’lash muddatlari bo’yicha tarkiblanishiga baho beriladi. Shuningdek, debitorlik majburiyatlarining aylanish koeffitsiyenti va aylanish davrini aniqlashdagi kabi bunda ham kreditorlik majburiyatlarining aylanishi koeffitsiyenti va davri aniqlanadi. Lekin, bunda qatnashuvchi ko’rsatkichlar farqlanadi. Kreditorlik majburiyatlari aylanishini o’rganishda assosiy ko’rsatkichlar sifatida nasiyaga olingan yoki hali puli to’lanmagan mollar, ashg’lar, ish va xizmatlar summasiga hamda kreditorlik majburiyatlarining haqiqiy ko’rsatkichlariga murojaat qilinadi. Kreditorlik majburiyatlarining to’lash muddatlari bo’yicha quyidagi tarkibini berib o’tish mumkin: -To’lash muddati kelgan majburiyatlar; -To’lash muddati o’tib ketgan majburiyatlari. Yil kalendar davrining taqsimi bo’yicha kreditorlik majburiyatlarining quyidagi shakllarini berish mumkin: - 1 oygacha bo’lgan majburiyatlar; - 1 oydan 2 oygacha bo’lgan majburiyatlar; - 2 oydan 3 oygacha bo’lgan majburiyatlar; - 3 oydan 6 oygacha bo’lgan majburiyatlar; - 6 oydan 1 yilgacha bo’lgan majburiyatlar; - 1 yildan ortiq mududatga bo’lgan majburiyatlar. Korxonalar o’rtasida bo’ladigan, shuningdek, kredit tashkilotlari va nazorat tashkilotlari o’rtasidagi hisob kitoblarda to’lovlar bo’yicha kechiktirilgan vaqt bo’yicha farqlanishlar kelib chiqadi. Bunda korxona tomonidan to’lanishi lozim bo’lgan majburiyatlar kreditorlik majburiyatlari, olinishi lozim bo’lgan majburiyatlar esa debitorlik majburiyatlar hisoblanadi. Debitorlik va kreditorlik majburiyatlariga quyidagicha sharx berish mumkin. Qarshi tamonga to’lanishi lozim bo’lgan majburiyatlar kreditorlik majburiyatlari, qarshi tamondan olinishi lozim bo’lgan majburiyatlar debitorlik majburiyatlari deyiladi. Debitorlik va kreditorlik majburiyatlari hisob kitoblarning doimiy yo’ldoshi hisoblanadi. Lekin ularning to’lov muddatining oshib ketishi korxonalar moliyaviy ahxvoliga katta ta’sir o’tkazadi. Shu maqsadda korxonalar faoliyatini yuritishda debitorlik va kreditorlik majburiyatlarini to’g’ri boshqarish masalasiga alohida ahamiyat beriladi. Tahlil etishning asosiy maqsadi – debitorlik va kreditorlik majburiyatlari aylanish davrini tezlashtirish asosida korxonaning moliyaviy holatini yaxshilash borasida chora-tadbirlar belgilashdan iborat. Debitorlik va kreditorlik majburiyatlari bo’yicha hisobot, ma’lumotnoma har oyning 1-sanasida tuzilib, tegishli tashkilotlarga topshiriladi. Ushbu ma’lumotnomadan korxonaning majburiyatlar balansini ham tuzish mumkin.Tahlil etishda korxonalarning muayyan davrga bo’lgan o’zaro debitorlik va kreditorlik majburiyatlarining holatiga, tarkibiga, tashkil topish muddatlariga, yuzaga chiqish sababalariga, debitorlik va kreditorlik majburiyatlarning oqlanuvchanligiga, debitorlik va kreditorlik majburiyatlari bo’yicha dargumon qarzlarning yuzaga chiqishiga baho beriladi. Debitorlik va kreditorlik majburiyatlari bevosita korxona bilan qarshi tamon o’rtasidagi o’zaro hisob kitoblarda kelib chiqadigan majburiyatlardir. Bu majburiyatlar korxona bilan mol yetkazib beruvchilar yoki xaridorlar o’rtasidagi munosabatlarda, korxona bilan bank tashkilotlar o’rtasida, korxona bilan soliq organlari o’rtasidagi, korxona bilan ijtimoiy taminot bo’limlari va turli jamoat tashkilotlari, shuningdek, xodimlar, mulk egalari, aksionerlar va investorlar bilan bo’ladigan munosabatlarda yuzaga keladi. Ularning yuzaga kelishining asosiy sababi hisob kitoblarda vaqtning o’zgaruvchanligidir. Ya’ni bugun ortilgan mahsulot ham puli to’langunga qadar debitorlik va kreditorlik majburiyatlar qatoriga kiritiladi. Bunda daromad va xarajatlarning yuzaga chiqishi bilan ular bo’yicha hisob kitoblarning amalga oshishi orasida farqlanish kelib chiqadi. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan ular yetkazib bergan tovar moddiy qimmatliklari, ajargan ishlari va ko‘rsatgan xizmatlari uchun olib boriladigan hisob-kitoblar, byudjet hamda ijtimoiy sug‘urta to‘lovlariga ajratmalar bo‘yicha, kasaba uyushma tashkilotlari, hisobdor shaxslar, xodimlar, stipendiya oluvchilar, deponent qilingan summalar, ta’lim muassasalarida bolalarni saqlaganlik uchun ularning ota-onalari, shuningdek boshqa debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar hisobi byudjet tashkilotlarida debitorlar va kreditorlar hisobi ko‘rinishida yuritiladi. Ana shu o’rinda O‘zbekiston Respublikasi byudjet hisobining standarti (3-sonli BHS) “Byudjet hisoboti” dan bir qancha qoidalarni keltirib o’tamiz. Debitorlik va kreditorlik qarzlar to‘g‘risidagi ma’lumot 1. Debitorlik va kreditorlik qarzlar to‘g‘risidagi ma’lumot byudjet tashkilotning hisobot davri oxirida davlat byudjeti va budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan mavjud debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish va tahlil qilish uchun tuziladi. 2. “Debitor qarzdorlik” qismida byudjet tashkilotining barcha mavjud debitorlik qarzlari aks ettiriladi. 3. “I-guruh bo‘yicha jami. Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar” qatorida xarajatlar iqtisodiy tasnifining I-guruh xarajat moddalari, kichik moddalari va elementlari bo‘yicha mavjud debitorlik qarzlar aks ettiriladi. 4. “II-guruh bo‘yicha jami. Ish haqiga qo‘shimchalar” qatorida xarajatlar iqtisodiy tasnifining II-guruh xarajat moddalari, kichik moddalari va elementlari bo‘yicha mavjud debitorlik qarzlar aks ettiriladi. 5. “III-guruh bo‘yicha jami. Kapital qo‘yilmalar” qatorida xarajatlar iqtisodiy tasnifining III-guruh xarajat moddalari, kichik moddalari va elementlari bo‘yicha mavjud debitorlik qarzlar aks ettiriladi. 6. “IV-guruh bo‘yicha jami. Boshqa xarajatlar” qatorida xarajatlar iqtisodiy tasnifining IV-guruh xarajat moddalari, kichik moddalari va elementlari bo‘yicha mavjud debitorlik qarzlar aks ettiriladi. 7. “Xarajatlar guruhlari bo‘yicha jami” qatorida yuqoridagi xarajat guruhlari bo‘yicha jami debitorlik qarzlar aks ettiriladi. 8. “Byudjet tashkilotlarining to‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblardan debitor qarzlari” qatorida yuqoridagi xarajat guruhlari bo‘yicha aks ettirishning imkoni bo‘lmaydigan quyidagi hisob-kitoblar natijasida yuzaga kelgan debitorlik qarzlar aks ettiriladi: bolalarning maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanganligi; bolalarning musiqa va san’at maktablarida o‘qitilganligi; tarbiyalanuvchilarning maktab-internatlarda va boshqa ta’lim muassasalarida tarbiyalanganligi; ish joyida ovqat bilan ta’minlanganligi uchun xodimlar bilan va boshqa shu kabi hisob-kitoblar natijasida yuzaga kelgan debitorlik qarzlar. 9. Mazkur debitorlik qarzlar Bosh jurnal kitobi va Balans (1-son shakl)da aks ettirilgan 151 400 — “Byudjet tashkilotlarining to‘lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblardan debitor qarzlari” subschyotining hisobot davrida mavjud debet qoldig‘iga mos bo‘lishi lozim. 10. “Byudjet tashkilotlarining Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi (bundan buyon matnda Pensiya jamg‘armasi) bilan debitor qarzlari” qatorida budjet tashkilotlarining Pensiya jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladigan to‘lovlar bo‘yicha debitorlik qarzlari aks ettiriladi. 11. “Byudjet tashkilotlarining kamomadlarga doir debitor qarzlari” qatorida pul mablag‘lari va tovar-moddiy qimmatliklar kamomadlari bo‘yicha hamda aybdor shaxslar hisobiga aks ettirilgan va belgilangan tartibda undirib olingan tovar-moddiy qimmatliklar qiymati bo‘yicha yuzaga kelgan debitorlik qarzlari, shuningdek boshqa hisob-kitoblar hisobi aks ettiriladi. Mazkur debitorlik qarzlar Bosh jurnal kitobi va Balans (1-son shakl)da aks ettirilgan 153 100 — “Byudjet tashkilotlarining kamomadlarga doir debitor qarzlari” subschyotining hisobot davrida mavjud debet qoldig‘iga mos bo‘lishi lozim. 12. “Byudjet tashkilotlarining talabalar bilan boshqa debitor qarzlari” qatorida ta’lim muassasalarida talabalar bilan to‘lov-kontrakt mablag‘lari bo‘yicha, jumladan to‘lov-kontrakt mablag‘larining hisoblanishi natijasida yuzaga kelgan debitorlik qarzlar aks ettiriladi. Mazkur debitorlik qarzlar Bosh jurnal kitobi va Balans (1-son shakl)da aks ettirilgan 153 600 — “Byudjet tashkilotlarining talabalar bilan boshqa debitor qarzlari” subschyotining to‘lov-kontrakt mablag‘larining hisoblanishi natijasida talabalardan yuzaga kelgan debitorlik qarzlar qismi bo‘yicha hisobot davrida mavjud debet qoldig‘iga mos bo‘lishi lozim. 13. “Byudjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan debitor qarzlari” qatorida vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning ajratmalar, shuningdek turli xil jarimalar va penyalar hisobidan shakllanadigan byudjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘larining budjet tashkilotlari o‘rtasida taqsimlanishi bo‘yicha yuzaga kelgan debitor qarzdorliklar aks ettiriladi. 14. Mazkur debitorlik qarzlar “Bosh jurnal kitobi” (308-son shakl) va Balans (1-son shakl)da aks ettirilgan 154 000 — “Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan debitor qarzlari” subschyotining hisobot davrida mavjud debet qoldig‘iga mos bo‘lishi lozim. 15. “Yuqoridagi aks ettirilganlardan tashqari boshqa hisob-kitoblar bo‘yicha debitorlik qarzlar” qatorida yuqorida keltirilmagan boshqa debitorlik qarzlar aks ettiriladi. 16. “Hammasi” qatorida byudjet tashkilotining barcha mavjud debitorlik qarzlari aks ettiriladi. 17. “Kreditor qarzdorlik” qismida byudjet tashkilotining barcha mavjud kreditorlik qarzlari aks ettiriladi. 18. “I-guruh bo‘yicha jami. Ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar” qatorida xarajatlar iqtisodiy tasnifining I-guruh xarajat moddalari, kichik moddalari va elementlari bo‘yicha mavjud kreditorlik qarzlar aks ettiriladi va hakozo. Download 222.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling